𝑸𝑨𝑳𝑩 𝒀𝑶'𝑳𝑰 - Niyatullo Elbek o'g'li
340 subscribers
1.69K photos
172 videos
11 files
120 links
Kanalda navoiylik ijodkor Niyatullo Elbek o'g'lining she'r, aforizm va kechinmalarini o'qib borishingiz mumkin 𝑲𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒈𝒂𝒄𝒉𝒂...

01.01.2017
Creator @Niyatullo_n7
Admins @Erkinjon_xojimamatov
@Qalbyoli_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olti_oylik_muborak_bösinmi

Shogird ustozi piri komildan soʻradi:
«Ustoz, har ijodkor adabiyotga turlicha kirib keladi. Kimdirlar vulqonday yonib, yana kimlar chaqmoqday chaqnab. Siz adabiyotga qanday kirib kelgansiz?»
Ustoz donishmandilik va ulugʻvorlik bilan javob qildi:
«E-e-e-y bo‘tam, meni tishim chiqmasi adabiyotga qiziqtirishgan, shuning-chun men adabiyotga emaklab kirib kelganman» deyamush Muhammad Umarxon hazratlari)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAKLIFNOMA

Yozuvchilar uyushmasida 25-dekabr kuni soat 15:00da yosh ijodkorlarning “BIRINCHI KITOBIM” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#tavallud

Ayajonim, Sizlar bizga hayot berdingiz, yemay yediridingiz, kiymay kiydirdingiz, yoshliklaringiznida qizg'anmadingiz, bizlar uchun sarf qilib yubordingiz!... Faqat "bolam" dedingiz. Bolalaringiz boshlaringizga ilohim toj kiydirsin! Toki bu dunyo boshimizda bor ekan sizlar borligi sabab! Ilohim, dadam bilan shu dunyo turgunicha sog'-omonlikda haqimmizga duo qilib yuringizlar. Tavallud kuningiz bilan, ayajonim!

#tōrtlik

Xizmatni rozilik qasdidan qidir,
Mehrni izlasang rostidan qidir,
Koʻklardan qidirib yurma Jannatni
Onaning oyogʻin ostidan qidir!

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
Shunday ulugʻ kunda qardoshim, Fatih Sultan Yılmaz Toshkentga kelib bizni xursand qildi, Jahongir Jabborov bilan ham shu kunda tanishish nasib qildi. Adabiyot bor boʻlsin! Adabiy doʻstligimiz abadiy boʻlsin!

NAVOIY DUOSI

Nomi qolgan kamdir, nomsizlar bisyor,
Oʻynashib boʻlmas vaqt bahosi bilan.
Necha asrdirkim maydonda viqor,
Toʻkib turar Hazrat dahosi bilan.

Soʻzdan gullar ekib boʻston qilingan,
Ul boʻston ichra xoʻp doston qilingan,
Dunyoda shoirga mezon qilingan,
Ulugʻ Navoiyning siymosi bilan.

Soʻz mulkiga podshox qilgandir kadar,
Shoiri she’r bitar qiyomat qadar,
Kitobi yetsada bulutga qadar,
Tenglashmas ul zotning merosi bilan.

Mudroq yuraklarni etdi pardozlar,
Butun zamin boʻylab qildi parvozlar,
Yaraldi qanchalab oltin ovozlar,
Navoiy boboning navosi bilan.

Men ham ishq jomidan bir bora qonsam,
Millatning dardiga yuragim qorsam,
Adabiyot eshik ochgaydir borsam,
Hazrat Navoiyning duosi bilan.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
Tomirimiz kesilgan butkul,
Bor budimiz boʻlajak cho‘gʻdir.
Bandimizda gʻunchalar uchun,
Yiqilishga haqqimiz yoʻqdir.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
SEN KITOB O'QIYSAN...

Sen kitob o'qiysan, tegrangda quyosh,
Xayoling tumandek tarqab ketadi.
Yuraging tubidan qo'zg'algan ko'zyosh,
Ko'zing qirg'og'ida qalqib ketadi.

Har kitob boshida dunyoga kelib,
Asar yakunidan cho'chib yashaysan.
Gohi jilmayasan, goh shodon kulib,
Barcha iztirobin kechib yashaysan.

Qo'yningda kitoblar ko'targan ko'yi,
Ko'chaga chiqasan kezib hayotni.
Mo'jiza bo'lishin kutar bir o'ying,
Qidira boshlaysan adabiyotni.

Lekin hayot boshqa, yo'llar poyonsiz,
Qaytolmaysan bir bor o'tgan yeringdan.
Termulganing bilan yo'liga sonsiz,
Kutganing kelmaydi kutgan yeringdan.

Xayol ummoningda bo'ron bo'laman,
Dengizdek quyilib jismu joningga.
Kitoblar ichidan chiqib kelaman
Bir kun aylanaman qahramoningga...

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
Audio
Sunʼiy intellekt orqali qoʻshiq qilishibdi. Hayratlantirdi. Eʼtibor uchun rahmat dedik!

@Qalb_yoli
MOHI RAMAZON KELDI

Shaytonlar kishanlanar shunday bir zamon keldi,
Tavba qilsa, gunohlar kechilar imkon keldi.
Savob qilsa, ming hissa qo'shilar ehson bilan,
Sinovlarning ichida eng zo'r imtihon keldi.
Nafs ila kurash uchun Mohi Ramazon keldi,
Oylarning eng ulug'i Shahri Ramazon keldi.

Shunday go'zal oy keldi qutlug' bo'lsin yoronlar,
Jinlar bandi aylandi ne qilasiz yomonlar?
Dunyo nurga cho'mildi, dil iymonga ko'mildi,
Farishtalarga to'ldi samo-yu to'rt tomonlar.
Shaytonlar kishanlanar shunday bir zamon keldi,
Jannatga yo'llash uchun Mohi Ramazon keldi.

Qurmoqqa bir payt keldi Jannatiy bog'imizni,
Poklamoqqa vaqt berdi dildagi dog'imizni,
Rahm qildi Rahim zot, kechirimning chog'i deb,
Dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechdi gunohimizni.
Tavba qilsa, xatolar kechilar imkon keldi,
Bizni qutqarish uchun Mohi Ramazon keldi

Juda xatarli manzil ikki dunyo orasi,
Tan olmas na kimliging, na olmaydi porasin.
Qay manzilga borarni bu dunyo naqd qilmasa,
Oraliqda hal bo'lmas, topilmaydi chorasi.
Sinovlarning ichida eng zo'r imtihon keldi,
Oylarning eng ulug'i Shahri Ramazon keldi!

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
Niyatullo she'ri
Mulkijahon
Niyatullo Elbek o'g'li
🎙 Mulkijahon


Tavba qilsa, xatolar kechilar imkon keldi,
Bizni qutqarish uchun Mohi Ramazon keldi...

@Qalb_yoli
@kongil_tomonlarda
#Toshkent_uchun

Ramazon ayyomi qutlugʻ boʻlsin barchamizga!
Xayol boʻlay, uchqur boʻlay, shitob boʻlay,
Tillaringda takrorlangan xitob boʻlay,
Makkor gʻamlar qoʻllarida betob boʻlma,
Meni oʻqi sen sevgan bir kitob boʻlay.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
RASSOM QIZGA

Jiddiy tortib qolgan bu dunyo,
Men ham jiddiy qovogʻim soldim.
Xorgʻin turgan suratlarim koʻp,
Sen jilmaygan suratim solgin.

Hayot vaxshiy – och quzgʻun misol,
Gohi qopar goh qilar zarda.
Koʻrinaylik baxtliroq biroz,
Hech bolmasa esdaliklarda.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YUKSALISH DAVRI

Yuksalmoq safarin anglamoq uchun,
Xotirlamoq arzir moziyni koʻp bor.
Gʻoliblar, fotihlar yotgan yurt bu kun,
Baland marralarni koʻzlagan takror!

Asli shu zamindan yoyilgan taʼlim,
Uygʻonish davrining boʻlgan mayog‘i.
Qancha allomalar bergani maʼlum,
Xorazm Maʼmunning bilim oʻchogʻi.

Yana ogʻir kechmish oʻtkardi Vatan,
Koʻtardi qancha yov tahdidlarini.
Bitmas chandiqlardan ozor chekdi tan,
Boy berdi kechilmas jadidlarini.

Yelkasi yer koʻrmas botirlar hamon,
Qancha mard ketsa ham tugamas janglar.
Vatan deb nomusni saqlarlar omon,
Gʻururi Boysun togʻ, yelkasi Langar.

Keldi ajdodlarning orzu roʻyobi,
Uygʻonish davri shu, yuksakka safar.
Poklandi bobolar qurgan mehrobi,
Toʻkilgan qon uchun quchildi zafar.

Har tomon turli bir soha ayvoni.
Har tomon yetkazar gʻalaba sori,
Yo gʻazal ayyomi, yo futbol maydoni,
Bir zum tin olmagay bu yurt meʼmori.

Demak, shak-shubha yoʻq, aylanaverar,
Otasi botir yurt har bahodirga.
Tugʻilaveradi, yuksalaverar,
Muhammadqodirlar, Abduqodirlar.

Bitmas xazinadir olim, arbobi,
Tugamas jahongir arslon, sherlari.
Shoh Boburga oʻxshar uchragan Bobur,
Navoiyga oʻxshar Alisherlari.

Til bilgan el bilar, ham elning gʻamin,
Ibrat farzandlari ilmga ibrat.
Mutolaaxonaga aylansa zamin,
Zukko kitobxonga aylanar millat.

Baland marralarda yuksalmoq davri,
Keldi maʼrifatla uygʻonish oni.
Bu buyuk millatning yuragin zarbi.
Suronga toʻldirsin butun dunyoni.

Niyatullo Elbek oʻgʻli
Turkiy dunyoning eng mashhur va katta jurnali Turkiyada chop etiladigan Qardosh qalamlar (Kardesh Kalemler) jurnali soʻnggi sonida koʻplab turkiy tilli ijodkorlar qatorida oʻzbek adabiyotining yosh ijodkorlari safida bizning ham sheʼrlarimiz berilibdi. Bu yuzasidan ijodiy ishlarimizni soʻrab olgan va tarjima qilib turkchaga oʻgirgan qadrdon doʻstimiz, qardoshimiz Fotihbeyga tashakkurlar aytamiz! Olloh rozi boʻlsin! Jurnal qoʻlimizga tekkanida ichidagi tarjimalardan ham havola qilamiz.

https://www.kardeskalemler.com/sayi/kardes-kalemler/67d3ef002ccc0
ИШОНИШ ҚИЙИН, АММО...

Арслон овлаган кийигини ейишни бошлар экан, қорнида боласи борлигини сезиб қолди.Ўлган кийикнинг боласини онасининг қорнидан тортиб чиқарди. Бола ўлиб бўлган, энди кеч эди. Арслон ўлик болани онасининг жонсиз танаси ёнига қўйиб, оғир қадамлар билан бир четга узанди. Бу ҳолатни тасвирга олган сураткаш, арслоннинг узоқ вақт ҳаракатсиз ётганидан шубҳаланди. Бутун жасоратини жамлаб унга яқинлашди. Арслон ўлик эди. Арслоннинг ўлими сабабига қизиққан сураткаш, жасадни ветеринарга олиб борди. Ветеринар арслоннинг қорнини ёриб, унинг юрак ёрилишидан ўлганини аниқлади.

"Шерюрак" дейилишининг битта маъноси шу бўлса керак. Арслон ўзи сабабидан бир айбсизга етган зарарни ҳазм қила олмади. Ҳайвон деб билганларимиз, баъзи одамлардан кўра марҳаматлироқ.

@Qalb_yoli
NECHUK JONMAN

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.

Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.

Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?

Olib kasbi halolim deb, haqi mardumni molim deb,
Yesin ahli ayolim deb yugurgan qavli yolg’onman.

Amal uqboni darkori, bu dunyodir ekinzori,
Husulum ma’siyat bori, gunah dashtiga dehqonman.

Bo’ynimda ishqi tavqi yo’q, dilimda haqni shavqi yo’q.
Tilimda tavba zavqi yo’q, g’ariqi bahri isyonman.

Netarman go’r azobig’a, maloyikni javobig’a,
Qiyomatni hisobig’a, yomon oluda domonman.

Turar Mahsharda g’ovg’olar, boshimda qancha savdolar,
Bo’lurman anda rasvolar, na qilg’um ahli tug’yonman.

Qani Jamshid taxtida, Skandar bormu baxtida,
Manam o’tkinchi vaqtida gadoman, garchi sultonman.

Qulingdirman manam, yo Rab, gunohimdin na g’am, yo Rab,
Agar qilsang karam, yo Rab, zihi mamnuni ehsonman.

Inoyatlik ilohimsan, panohim, takyagohimsan,
Na qilsang podshohimsan, sanga bo’ynumni sungonman.

Gunahim haddin oshti, lek g’ufroningga Rojiyman,
Qiyomat shiddati vahmi bilan tarsonu larzonman.

Rojiy Marg'iloniy

@Qalb_yoli
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi muborak Juma kuni qutlugʻ boʻlsin. Har tunimiz qadr boʻlib, har kunimiz Navroʻzga aylansin! Barchangizga Navroʻz ayyomi muborak, yaxshilar! Bugungi bayram konserti Yangi Oʻzbekiston bogʻidan boshlandi. Shundayin katta sahnada katta shoirlar Shodmonqul Salom, Nuriddin Rasulov va Burhon Rahmatovlar bilan sheʼr aytib chiqish nasib qildi. Bardavom qilsin!

@Qalb_yoli