𝑸𝑨𝑳𝑩 𝒀𝑶'𝑳𝑰 - Niyatullo Elbek o'g'li
331 subscribers
1.71K photos
178 videos
11 files
120 links
Kanalda navoiylik ijodkor Niyatullo Elbek o‘g‘lining she’r, aforizm va kechinmalarini o'qib borishingiz mumkin 𝑲𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒈𝒂𝒄𝒉𝒂...

01.01.2017
Creator @Niyatullo_n7
Admins @Erkinjon_xojimamatov
@Qalbyoli_bot
Download Telegram
— "Duel" degani oʻzi nima?
— Men buni bilaman. Kinoda koʻrganman. Hozir ikkovi bir birini otib oʻldiradi...

"Chinor ostidagi duel" filmidan.
😁14🔥2😢1
#premyera

Ancha vatqdan buyon tayyorgarlik koʻrilgan, intiqib kutilgan adabiyot – Sheʼriyat yoʻnalishida katta loyiha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan "Sheʼriyat teatri” loyihasining Premyerasiga barcha kuzativchilarimizni taklif etamiz! Shoir haqida, umuman bir ijodkor tugʻilishi, uning yuzaga chiqishi haqida katta yozuvchi, dramaturg ustozimiz Qoʻchqor Norqobilning ssenariylari asosida poyaxtimizda ijod qilayotgan yosh shoirlar va Muqimiy teatrining taniqli va mahoratli aktyorlari birgalikda goʻzal bir spektakl tayyorlashibdi. Ertangi Premyerada barcha kuzatuvchilarimizni kutamiz!

@Qalb_yoli
#тавсия

Бир вақтлар ўзбекзабон ёш шоирларининг илк адабий минбарига айланган «Ravzai Nazm» телеграм канали яна ўз фаолиятини тикламоқда.

Каналга обуна бўлинг ва ўзбек адабиётидан дурдона асарларни мутолаа қилинг.

Манзил: @Nazmiy
2❤‍🔥2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-iyun kuni soat 17:00 da "XIYOBON OQSHOMLARI" doirasida navbatdagi "IJODIY BAHS" kechasi o‘tkaziladi. Unda SURXONDARYO - SIRDARYO YOSH IJODKORLARI bellashadilar.

Barchani kutamiz.
Ishtirokchilar va hakamlar haqida ma'lumotlar shu o‘zanda berib boriladi.
1🔥1👏1
Adabiyot yoʻnalishida "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti bilan taqdirlangan ijodkor ukalarimiz Qobiljon Shermatov, Faxriyor Baxtiyorov, Sanjar Toshbekovlarni mukofot bilan qutlaymiz! Ilohim bu muvaffaqiyatlaringizni boshlanishi boʻlsin!

@Qalb_yoli
👏5🔥1
BOYCHIBOR TILIDAN

Bu taloto‘p ichinda dunyo toʻzonlab ketdi,
Qancha bahodirlarning umri xazonlab ketdi,
Hayvonku mayli odam joni arzonlab ketdi,
Koʻtarmoqqa dosh bermay yer ham larzonlab ketdi.

Dunyoning bu holidan dili kuyib turgan alp,
Olislarga termulib ne xayollar surgan alp,
Begʻubor koʻzlarida toza dunyo qurgan alp,
Xudo degan alplarga, Xudo, yor boʻlay oʻzim,
Alpomish boʻlganlarga Boychibor boʻlay oʻzim.

Bir-birin yoqib yotar Atoning bolalari,
Sotib yotar qayda bir otaning bolalari,
Yonib yotar bagʻri cho‘gʻ adoning bolalari,
Bularni yoqqan ham bir xatoning bolalari.

Ne taqdirki Ato ham xatoga ohangdoshdir,
Inson zoti bor ekan balolarga yondoshdir,
Alpim, ogʻriqlaringdan mening koʻzlarim yoshdir,
Xudo degan alplarga, Xudo, yor boʻlay oʻzim,
Alpomish boʻlganlarga Boychibor boʻlay oʻzim.

Baqirmoqqa darding bor, tilingni tishlagansan,
Qoʻling yetmas yovlarga, koʻksingni mushtlayapsan.
Goʻyo cho‘gʻ ushlaganday kuyib yotar bilaging,
Qafasda turgan kabi gʻijimlangan yuraging.

Sen chuh desang Buroqday uchgim kelayotirman,
Bagʻri alvon yerlarim quchgim kelayotirman,
Sen ichgan ishq daryodan ichgim kelayotirman,
Xudo degan alplarga, Xudo, yor boʻlay oʻzim,
Alpomish boʻlganlarga Boychibor boʻlay oʻzim.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
3❤‍🔥3🔥2
#tahrirsiz_xayollar

Bizni kuchli qilganlarni boshimizga qoʻyib, qoʻllarini oʻpmagunimizcha erishgan barcha narsamiz oʻrtoqlik oʻyinida urilgan goldek beqadr.

© Niyatullo Elbek oʻgʻli
🔥42🐳2❤‍🔥1👏1😍1
Bugun 13-iyul TURKSOY xalqaro turkiy tashkilotining 32 yilligi kuni hamda Qirg‘iziston xalq yozuvchisi,
TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sultan Rayevning tavallud sanasi. Tavallud kun qutlugʻ boʻlsin, Sulton ogʻa! Turkiy ellarning birlashuvida hamda turkiy tilli yosh ijodkorlarning ogʻa-ini va bir musht boʻlib shakllanishida Xudo kuch-quvvat bersin.

Hurmat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Niyatullo Elbek oʻgʻli!
🔥1
OʻZBEGIM

Oʻzligidan tonmoqda oʻzbek,
O, bu qaygʻu soldi xavotir.
Qizga nomus havoyi soʻzdek,
Yigitin or qoʻzgʻamayotir.

Tarmoqlarga namoyish qilsa,
Uy ichini soʻlaxmon erlar.
Or tiyinga qimmat, shan esa,
Pullanmoqda oilaviy sirlar.

Nahot, bari tuyilsa oddiy,
Koʻz yumilsa boʻlarmi, axir.
Gʻarbliklarga oʻxshab sal modniy,
Yashash mening shaʼnimga ogʻir.

Kimning ori qoʻzgʻamayotir?
Yurak bagʻrim qoʻzgʻalayotir.
Axir, mening oʻzligim tirik,
Oʻzbekligim qizgʻanayotir.

Qanday edi bu millat nasli,
Dehqon emas hoqon edilar.
Har bolasin qalbida asli,
Bek edilar, Sulton edilar.

Soʻra tarix koʻrgan Turonni,
Faranglardan Temur Sultonni.
Buyuk oʻtmish javob beradi,
Kimligini Oʻzbekistonni.

Boʻlsang agar lafzingga sodiq,
Aytsa boʻlar bitta soʻzliksan.
Gʻururing bor togʻlardan baland,
Kerilib ayt, demak, oʻzbeksan!

Qiziq. Lekin gʻazabim qaynar,
Mushting olib tursa dunyoni.
Yigitman deb likkillab oʻynar,
Yo qosh terib yurar bir yoni.

Tum taraqay boʻlgay yov albat,
Ey oʻzbek gar nafasing kelsa.
Shu holingda yumshoq tabiat,
Ovroʻplarga havasing kelsa.

Aytmoqlikka yuzing boʻlmasa,
Ichingda bir oʻzing boʻlmasa,
Kimsan oʻzi, ey badbaxt kimsa,
Oʻz tilingda soʻzing boʻlmasa?

Vijdon bormi uni ham soʻysang,
Har ne borki yeya olasan.
Oʻzligingni yoʻqotib qoʻysang,
Keyin kimman deya olasan?

Nahot oring qoʻzgʻamayotir?
Yurak bagʻrim qoʻzgʻalayotir.
Oʻzligimning tirikligida,
Oʻzbegimdan oldim xavotir.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
🔥5❤‍🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir yomon xabar eshitib kayfiyatim tushdi hozir. Mana shu goʻzal sheʼrga sabab boʻlgan ustozimiz onalari Moʻtabar xoji ona omonatlarini topshirbdilar. Ohiratlari obod boʻlsin. Ustozimizga sabru jamiyl bersin Ollohim! Juda samimiy video boʻlgan ekan.

ОНАЖОН

Гоҳо сизнинг борлигингиз унутдим,
Йўлларимга зорлигингиз унутдим.
Умидлари кесилган бу дунёда
Ёлғиз умидворлигингиз унутдим.
Ғаниматим, омонатим – онажон.

Ошно топдим ва лекин дўст топмадим,
Оқкўнгилли бир қоракўз топмадим.
Шамолларга совурдим гул сўзларни,
Лекин Сизга бир ширин сўз топмадим.
Ғаниматим, омонатим – онажон.

Баъзан фалак менга бағритош келди,
Ишонганим ғанимга йўлдош келди.
Омад кетса, ҳамма кулди устимдан,
Фақат Сизнинг кўзингизга ёш келди.
Ғаниматим, омонатим – онажон.

Фурсат ўтиб, сочга қиров қўнаркан,
Севги оташлари аста сўнаркан.
Барча туйғу алдамчи ва ўткинчи,
Она меҳри ёлғиз собит қоларкан.
Ғаниматим, омонатим – онажон.

Хоки пойингизни кўзимга сурай,
Ўзим ярим кўнглингизни тўлдирай.
Бир чеккага суриб қўйиб дунёни,
Ўғил бўлиб ёнингизда ўлтирай.
Ғаниматим, омонатим – онажон.

Iqbol Mirzo

@Qalb_yoli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qaqnus
("Sheʼriyat teatri"ga bagʻishlangan soni)

20-iyul
19:10 da


Oʻtkazib yubormang
@qaqnus_klubi
5❤‍🔥1🔥1
Хусусийлаштириш бўлиб, одамлар
Кўп нарсага эга чиқди бу дамлар,
Хусусий дардларга очилди кенг йўл,
Йўқолди қайгадир умумий ғамлар.

Шукур Қурбон

@Qalb_yoli
🔥2😢2
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tavallud topgan kun!

Ustozimiz, taniqli jurnalist Sharofiddin Toʻlaganov Shavkat Miromonovichning prezidentlikka saylanganlaridan buyon amalga oshirgan ijobiy oʻzgarishlardan bir nechtasini keltiribdilar. Juda oʻrinli va asosli misollar. Balki biz mana shu jarayonda, shu yurtda yashayotganimiz uchun bizga sezilmay goʻyo tabiiydek qabul qilayotganimiz bu ijobiy oʻzgarishlar xalqqa ancha yengilik berdi. Balki kuzatuvchilarimiz orasida ham oʻzlariga tegishli, hayotida osonchilik bergan qonun va qarorlarni eslab oʻtishlari mumkin. Men esa bugungi tavallud kun bilan yurtboshimizni qutlab qolaman! Umrlari uzoq boʻlsin, xalqimiz uchun qilayotgan manfaatli ishlarida Xudoyim kuch va quvvat beraversin!

1. Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi
2. Valyuta bozorining erkinlashtirildi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi
3. Inson huquqlari kafolatlari kuchaytirildi, majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnati tugatildi
4. Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizim joriy etildi
5. Media muhitning kengaytirilishi: OAVlarning jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlar qabul qilinishidagi roli oshirildi
6. Kambag‘allikni rasmiy darajada tan olinganligi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllandi
7. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibi. joriy etildi.
3🔥1😇1
Xoji onamizni Olloh rahmatiga olsin. Oʻzi ortlarida qolganlarga sabr bersin. Botirjon aka, Xudo sabr bersin, akajon!

ОНА

Она, кўпдир сизни ранжитган пайтим,
Мен каби нотавон, саркашдан узр.
Гоҳо сиздан азиз бўлди бир байтим,
Гоҳ сизни унутиб, изладим ҳузур.

Тақдир тўпдай тепди, айблайман кимни,
Учиб, сиздан анча узоққа тушдим.
Сизнинг пойингизда турган бахтимни,
Ўз пойимдан излаб тузоққа тушдим.

Йўлак бўлсам арзир йўлингизга мен,
Аммо корингизга қачон ярадим.
Бошимни силаган қўлингизга мен,
Дастхатга чўзилган қўлдай қарадим.

Қишлоқда дуодан эзгу ўй қилиб,
Пойтахтда бахт қасрим қуриб қўйибсиз.
Ҳар йил пахта териб, ҳар йил тўй қилиб,
Пайғамбар ёшига кириб қўйибсиз.

Ўзимча кўчада бекман, тўраман,
Лек сиздан қувончни аритган менман.
Ўзимни жудаям ёмон кўраман,
Она, сизни эрта қаритган менман.

Нега тиз чўкмоқни кўрмаяпман эп,
Ахир сизсиз менинг шону шаъним йўқ.
Юрибсиз, ўғлимни эл танийди деб,
Мен ҳали ўзимни таниганим йўқ.

Етар, сиз томонга юрмас қадамнинг,
Изини тиндириб ташлайман, она.
Етар, мадҳингизни ёзмас қаламни,
Керакмас, синдириб ташлайман, она.

Botirjon Ergashev

@Qalb_yoli
2🔥2