️CHILONZOR_24
6.57K subscribers
34.8K photos
592 videos
10 files
271 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#Aziz_va_Qadrli_yoshlar!
Millat g’ururi bo’lgan 🇺🇿O’zbek tili bayrami barchamizga muborak bo’lsin!
#Chilonzor_yoshlari
#Til_millatning_yuzi
#Qadring baland bo’lsin, Ona tilim.

Chilonzor tumani hokimligi tashabbusi bilan 21-oktabr-O’zbek tili bayrami munosabati bilan Qadring baland bo’lsin, Ona tilim loyihasi ishlab chiqildi.

▶️Loyiha doirasida 14-19-oktabr kunlari barcha ta’lim muassasalarida
#Til_millatning_yuzi mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida #davra_suhbatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek loyiha doirasida
#diktant, #insho yozish tanlovlari, Adiblar xiyoboni va Yozuvchilar uyushmasiga yoshlar sayohatlarini tashkil etish ham mo’ljallangan.

Loyiha doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok eting.
#Til_millatning_yuzi

Chilonzor tumani hokimligi, 114-sonli maktab ma’muriyati tashabbusi bilan O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ishlab chiqilgan Qadring baland bo’lsin, Ona tilim loyihasi doirasida #Til_millatning_yuzi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Ismoil va Nizomiy nomidagi TDPU prorektori Vahobjon Rajapovlar ishtirok erishdi.

📚Tadbir yakunida o’quvchi-yoshlarga kitoblar tuhfa etildi.

#Chilonzor_tumanida loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#Til_millatning_yuzi

Chilonzor tumani hokimligi, 181-281-sonli maktablar ma’muriyati tashabbusi bilan O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ishlab chiqilgan Qadring baland bo’lsin, Ona tilim loyihasi doirasida #Til_millatning_yuzi mavzusida davra suhbati, va ko’rgazmali targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

#Chilonzor_tumanida loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.