Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'tayotgan haftada 30-iyun — "Yoshlar kuni" respublikamizda keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram yoshlar uchun alohida sana bayram sifatida belgilanishining o‘ziyoq davlatimiz rahbari tomonidan o‘sib kelayotgan avlod taqdiri masalasiga qaratilgan alohida e’tiborning yaqqol namunasidir.
Statistikaga qaraydigan bo'lsak, qishloq xo‘jaligi tizimidagi xodimlarning 40 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yaʼni vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparatlarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan 3 152 nafar yoshlardan iborat.
Ularning 110 nafari vazirlik markaziy apparati, 1 441 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy boshqarmalarda, 1 081 nafari tizim tashkilotlari hamda 520 nafari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritishmoqda.
Mana shunday katta va kuchli jamoa orasidan o‘z mehnati va iqtidori bilan eʼtiborga tushgan va eʼtirofga sazovor bo‘lgan yoshlar bizning filmimiz qahramonlariga aylanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM