Qaraqalpaqstan Respublikası Awıl xojalıģı ministrligi.
1.46K subscribers
8.35K photos
1.26K videos
1 file
3.33K links
Қорақалпоғистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Матбуот хизмати


Веб-сайт
https://qqragro.uz
Download Telegram
#Eurasia_SDI #O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Bugun Belorussiya respublikasining Minsk shaharida «Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha VII-Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI)» bo’lib o’tmoqda.

Ushbu konferensiyada dasturiy ta'minot, sun'iy yo‘ldosh, uchuvchisiz uchish qurilmalariga doir yetakchi xalqaro kompaniyalarning taqdimotlari, davra suhbatlari tashkil etilib, ko‘rgazma stendlari namoyishi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI Qishloq xo’jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va unda fazoviy ma’lumotlar o’rni mavzusi bo’yicha taqdimot bilan chiqishi belgilangan.

VII- Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI) - ma'muriy samaradorlik, yangi iqtisodiy qiymatni yaratishdagi axborot infratuzilmasi uchun ma'lumot bilan ta'minlovchi vosita bo‘lib, u ko‘p tarmoqli sanoatni kengaytirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
Koreya texnologiyasi asosida sholichilik sohasi modernizatsiya qilinmoqda

Bugun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyadan keltirilgan texnikalar yordamida sholining serhosil navlarini ekish, zamonaviy texnologiyalarga ega urugʻchilik asosida Oʻzbekistonda barqaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dala seminari boʻlib oʻtdi.

📌Unda Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov, Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov, Janubiy Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi vazifasini bajaruvchi Chang Hyun Kuk, KOPIA markazi direktori Oh Sun Jong, sholichilik klasteri vakillari, loyiha koordinatorlari va institut jamoasi ishtirok etdi.

Seminarda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi va bajariladigan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi hamda koordinatorlarning vazifa va majburiyatlari belgilab olindi.

❗️Loyiha doirasida ilmiy xodimlarning tajriba almashish imkoni yaratilib, Koreya davlatida tajribalar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilmoqda.

#Xalqaro_hamkorlik #sholichilik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM