Qaraqalpaqstan Respublikası Awıl xojalıģı ministrligi.
1.79K subscribers
8.61K photos
1.3K videos
1 file
3.41K links
Қорақалпоғистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Матбуот хизмати


Веб-сайт
https://qqragro.uz
Download Telegram
QORAQALPOG‘ISTONNING AGRAR SOHADAGI IMKONIYATLARI O‘RGANILMOQDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish, joylarda amalga oshirilayotgan loyihalarning izchilligini ta’minlash maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Dastavval vazir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi – AKISning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiali uchun foydalanishga taklif etilgan binosi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Xo‘jayli tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi “Mild Asia tekstile” MChJning 45,8 gektar yer maydoniga paxta ekilgan. 90 gektar yerga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.

Mazkur klasterning hududiga yondosh 8 gektar yer maydonida yangi intensiv bogbarpo qilish rejasi aynan shu yerda ma’lum qilindi. Yangi loyiha muhokamasi chog‘ida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladigan bog‘ning Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos bo‘lishi nuqtai-nazaridan fikrlar bildirildi.

#vazir #tashrif #AKIS #intensiv_bog #paxta #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram