Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.24K subscribers
14.3K photos
1.55K videos
95 files
4.66K links
Download Telegram
Forwarded from Renessans oromgohi
“Quvonch”

Bu tunlar sevinchdan uxlay olmayman,
Jo’sh urar qalbimda vatanim madhi.
Men yurtni shunchaki seva olmayman
Bobolar izidan ketganim sari.

Qodiriy-najotim,
Cho‘lpon-g’ururim
Ko’zlarimda qalqir tomchi tomchi yosh.
Moziyni eslatar menga har kuni
Tog’lar orasidan porlagan quyosh.

Orzu yuragimda guldek ochilar,
Menga erklik berar ozod diyorim.
Men seni shunchaki seva olmayman,
Davomli baxt bergan O’zbekistonim.

Yoshlik chog’larida ilhomga to’lib,
O’zimni yo’qotdim sevinchdan gohi.
Ko‘hna tariximni yodimga solib,
Qalbimni uyg’otding,
Renessans oromgohi.

—————————————————-

✏️ © Marjona Eshqulova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

🫥 Oromgohda dam olgan o‘quvchimiz ijodiy qobiliyatini namoyon etib, ushbu she’rni yozib yubordi. She’r - uning qalbi va hissiyotlaridan tug‘ilgan samimiy ifodadir.

Bizni kuzatib boring👇
📱Telegram I📱InstagramI 📱FacebookI📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍4🔥21❤‍🔥1🏆1🤝1
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLAR TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🔍 Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

👩‍🎓 Ta'lim tizimida o‘zgarish qilishga, innovatsion g‘oya olib kirishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

💡 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📎 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz - yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥33
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Xorijdagi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 30 nafar o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi uchun bir haftalik malaka oshirish kursi boshlandi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
❤‍🔥41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

HUDUD - MY5 TV – Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun kirish imtihonlari o'tkazildi
Madaniyar va marifat telekanali – Ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning filiallariga qabul imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichi
O‘zbekiston 24 – Buxorodagi Prezident maktabida navbatdagi sinov
O‘zbekiston 24 – Ortga qaytmas islohotlar
Surxondaryo MTRK – Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
Samarqand MTRK – PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONINING IKKINCHI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI
Sevimli TV – ENG IQTIDORLI OʻQUVCHILAR SARALANMOQDA
UzA – Bahodir Jalolov boks maktabiga qabul imtihonlari boshlandi
UzA – Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina sport maktablarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi
UzA – Oksana Chusovitina maktabida o‘tayotgan qabul imtihonlaridan fotoreportaj

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
41👍1
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Tayinlov!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori buyrug‘i bilan Ashirov Said Anorbayevich Ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Said Anorbayevich! Ixtisoslashtirilgan ta’lim sohasida sifat va samaradorlikni yanada oshirish yo‘lida olib boriladigan ishlarda ulkan yutuqlar hamrohingiz bo‘lsin!

🔹Telegram |🔹Facebook |
🔹Instagram | 🕊Twitter |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥2👏2💯2🏆2
#imtihon_natijalari_2025
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ijod maktablarda e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52❤‍🔥1
#imtihon_2025

▶️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqichi kirish imtihonlarini jonli efir orqali kuzatib boring.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.


Yigʻilishda taʼlim tizimini barcha boʻgʻinini oʻzaro integratsiya qilgan holda yangi sifat bosqichiga olib chiqish va uni samarali tashkil qilishga doir aniq vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim standartlari xalqaro meʼyor talablariga muvofiqlashtirilib, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligi taʼminlanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2009

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kelib tushgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar


🎙 Savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova javob berdi.

📹 Batafsil ma’lumot — videomurojaatda

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1