Prezident maktablariga tayyorlov
5.71K subscribers
1.1K photos
169 videos
398 files
925 links
🏛Prezident maktabiga tayyorgarlik uchun namunaviy savollar va repetitsion testlar

🗂 Cambridge Assessment testlari
📢Prezident maktabi yangiliklari
📚Prezident maktabiga tayyorlov kurslari
@PrmaktabAdmin

🇺🇿 Prezident ishonch bildirgan maktabda o'qi!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI
EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍21
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi!

😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📝Talabgor uchun eslatma:

🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa.

📶 Eslatib o'tamiz:

✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

📍IMTIHON BOʻLIB OʻTADIGAN MANZILLAR.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍9🔥2🕊1