Professor Trilounining yuzi soyada yashirin bo'lgani uchun, ularni eshitgan-eshitmaganini aytish qiyin edi. Shunga qaramay, u huddi eshitmagandek davom etdi.
- Kristallga tikilish bu o'ziga hos murakkab jarayon, - dedi u berilib. - Men sizlar birinchi marta Sharning cheksiz tubiga tikilganingizda Ko'ra olishlaringizni kutmayman. Biz mashg'ulotlarni ongni va tashqi ko'zlarni tinchlantirishdan boshlaymiz, - Ron o'zini tuta olmay xiringlay boshlaganidan, shovqin chiqarmaslik uchun mushtini og'ziga tiqib oldi, - va Ichki Ko'z va ichki xotirjamlikka erishamiz. Balki, agar omadimiz chopsa, darsimiz tugagunicha Ko'rishni boshlarsizlar.
Shunday qilib ular darsni boshlashdi. Harry o'zini axmoqdek his qilib, kristal sharchaga tikilib o'tirarkan, hayolida "bu axmoqlik" degan fikr aylanardi. Ronning ovoz chiqarmay xiringlashiyu, Germionaning xo'rsinishlari ham tinmadi.
- Biror narsa ko'rdinglarmi? - so'radi Harry ulardan, kristalga tikilib 15 daqiqa o'tkazarkan.
- Ha, stolni kuygan joyi bor ekan, - dedi Ron ishora qilib. - Kimdir shamni yiqitib yuborgan bo'lsa kerak.
- Vaqtni bekorga sarflayapmiz, - shivirladi Germiona. - Men bironta foydali mashg'ulot bilan band bo'lishim mumkin edi. Kuldirish Afsunini o'rganib olsam bo'lardi. . .
Professor Trilouni yaqinlashib qolgandi.
- Birortangizga Sharchadagi xira manzarani sharxlab beraymi? - g'udrandi u.
- Menga yordam kerak emas, - dedi Ron pichirlab. - Bu nimani anglatishini yaxshi bilaman. Bugun kechasi tumanli havo bo'larkan.
Harry va Germiona xiringlab kulib yuborishdi.
- Qo'ysangizchi! - dedi professor Trilouni va hammaning boshi ular tarafga burildi. Parvati va Lavender daxshatga tushib qolishgandi. - Siz ruhlar to'lqinini chalg'ityapsiz! - u stolga yaqinlashib, kristal sharchaga tikildi. Harry yuragi cho'kib borayotganini his qildi. U hozir nima bo'lishini aniq bilardi. . .
- Buyerda nimadir bor! - shivirladi professor Trilouni, boshini sharchaga yaqinlashtirib va ulkan ko'zoynagida ham sharchaning aksi ko'rina boshladi. - Nimadir qimirlayapti. . . Nima ekan?
Harry Yashiniga qo'shib o'zidagi hamma narsani tikishga tayyor edi, u nima bo'lishidan qat'iy nazar, yaxshi xabar bo'lmasdi. Va kutilganidek. . .
- Azizim. . . - professor Trilouni hansirab Harryga tikildi. - U shuyerda. . . Avvalgidan ko'ra aniqroq. . . Azizim. . . Siz tarafga yaqinlashib. . . Gr. . .
- O, xudo haqqi! - dedi Germiona baland ovozda. - Yana axmoqona Grim emas, faqat!
Professor Trilouni ulkan ko'zlarini ko'tarib, Germionaga yuzlandi. Parvati Lavenderga nimadir deb pichirlab qo'ygach, ular ham Germionaga yuzlanishdi. Professor Trilouni o'rnidan turarkan, Germionaga jahl bilan tikilardi.
- Buni aytayotganimdan afsusdaman, azizam, lekin Bashoratshunoslikni o'rganishda talab etiladigan qobiliyat sizda yo'qligi aniq. G'alati tuyulishi mumkin, bu vaqtgacha ongi bunchalik zerikarli bo'lgan talabani ko'rmagandim.
Oraga bir zum sukunat cho'kdi. Keyin. . .
- Juda soz! - dedi Germiona to'satdan, o'rnidan turib, "Kelajakni ochish" kitobini sumkasiga joylay boshladi. - Juda soz! - qaytardi u, sumkasini yelkasiga osarkan, Ronni yiqitib yuboray dedi. - Men to'xtataman! Men ketyapman!
Va butun sinfni ajablantirib, Germiona tuynuk tomon yaqinlashib, uni tepki bilan ochdi va narvondan pastga tushib, ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Sinfdagilar biroz moslashib olishlari uchun biroz vaqt ketdi. Aftidan, Professor Trilouni Grim haqidagi gaplarni unutgandi. U qo'rslik bilan Harry va Ron o'tirgan stoldan o'girilarkan, sholro'molini to'g'rilagancha hansirab nafas olardi.
- Ooooo! - deb yubordi Lavender behosdan, hammani o'ziga qaratib. - Ooo, professor Trilouni, hozirgina eslab qoldim! Siz uni ketishini ko'rgandingiz, shunaqami? Shundaymi, professor? "Pasxa bayramiga yaqin oramizdan birimiz umrbod tark etamiz!" Buni ancha avval aytgandingiz, professor!
Professor Trilouni unga qarab nomiga jilmayib qo'ydi.

- Ha, azizam, Miss Grenjer bizni tark etishini bilgandim, albatta. Shunga qaramay, Belgilarni ko'rishda ham xato qilish mumkin. . . Ichki Ko'z katta mas'uliyat degani. . .
Lavender va Parvati hayajon bilan qarab, surilisharkan, Professor Trilouni ularni yoniga qo'shildi.
- Germiona bugun boshqachami, a? - pichirladi Ron Harryga, to'lqinlanib.
- Ha. . .
Harry kristall sharchaga tikilarkan, oq tumandan boshqa narsa ko'ziga ko'rinmasdi. Professor Trilouni yana Grimni ko'rganmikan? O'zi Kviddich finali yaqinlashib turganda bunaqa xavf kamlik qilayotgandi.
Pasxa ta'tili unchalik ham yoqimli bo'lmayotgandi. Uchinchi kurslarda hech qachon bunchalik ko'p uyga vazifa berilmagandi. Nevil Longbottom hayajondan zo'rg'a turganlarni ichida yagonasi emasdi.
- Shu ham ta'til bo'ldimi? - baqirdi Simus Finnigan umumxonada. - Imtixonlarga hali ancha bor, nima qilishmoqchi o'zi?
Lekin hech kimning vazifalari Germionanikichalik emasdi. Hatto Bashoratshunoslikni hisobga olmaganda ham, u boshqalardan ko'ra ko'proq fanlarda qatnashayotgandi. U odatda tunda umumxonani hammadan keyin tark etar, ko'zlari ostida huddi Lyupinnikidek soyalar paydo bo'lib qolgandi.
Ron esa Tumshuqqanotning appelyatsiyasi uchun mas'uliyatni zimmasiga olgandi. U bo'sh vaqtlarida "Gippogriflar Psixologiyasi" va "Qushmi yo Maxluq? Gippogriflardagi Shavqatsizlik Nazariyasi" nomli ulkan kitoblarni titkilardi. U shunchalik band bo'lib qolganidan, Baroqvoyga jahl qilishni ham unutgandi.
Bu vaqtda esa, Harry kunlik Kviddich mashg'ulotlarigacha vazifalarini bajarib olishi kerak edi. Vudning poyonsiz ma'ruzalariniku, aytmasa ham bo'laveradi. Griffindor-Slizerin matchi pasxa ta'tilidan keyingi birinchi shanbada bo'lib o'tardi. Slizerin turnirda 200 ball oldinda edi. Bu degani (Vud har doim eslatib turganidek) ular Kubokni qo'lga kiritishlari uchun matchda bu balldan ko'ra ko'proq farq bilan g'alaba qilishlari kerak edi. Buning yana bir ma'nosi, g'alaba qilish asosan Harryga bog'liq edi, chunki Snitchni qo'lga kiritish 150 ball olib kelardi.
- Sen uni biz 50 balldan ko'proq oldinga o'tib olganimizdagina ushlashing kerak, - derdi Vud Harryga doim. - Faqatgina biz 50 balldan ko'proq oldinga o'tganimizda, Harry, aks holda, matchni yutsak ham, Kubokni yutolmay qolamiz. Buni tushunding, a? Snitchni faqatgina kamida. . .
- BILAMAN, OLIVER! - baqirdi Harry.

Butun Griffindor fakultetining hayoli kelayotgan match bilan band edi. Griffindor Kviddich Kubogini afsonaviy Chali Uizli (Ronning to'ng'ich akasi) Iztoparlik qilgan davrdan beri qo'lga kiritmagandi. Lekin Harry hatto Vud ham o'zichalik g'alabani xohlashiga ishonmasdi. Harry va Malfoyni o'rtasidagi dushmanlik o'zining cho'qqisiga chiqqandi. Malfoy hali ham Hogsmiddagi loy chaplanganidan alamzada, Harry bu ishdan quruq chiqqanidan esa battar yonayotgan edi. Harry Malfoyning Ravenklo bilan bo'lgan matchdagi qilig'ini unutmagan, lekin uni butun maktab oldida mag'lub qilmoqchi ekanining asosiy sababi Tumshuqqanot edi.
O'quvchilar hayotida hech qachon bunday muhitdagi match bo'lmagan edi. Ta'til tugashi bilan ikki jamoa va ularning fakultetlari orasidagi ziddiyat ham o'z cho'qqisiga chiqqandi. Bunday ziddiyatlardan biri korridorda jangga aylanib, Griffindorning 4-kurs talabasi va Slizerinning 6-kurs talabasi quloqlaridan ko'kpiyoz o'sib, Kasalxona bo'limiga tushishi bilan tugadi.
Harry bu voqealardan o'zini yomon his qilardi. U xonaga kirganida Slizerinliklar uni chalmoqchi bo'lib oyoqlarini cho'zishar, u qayoqqa bormasin, yo'lidan Krab va Goyl paydo bo'lar, u ko'pchilik hamroxligidaligini ko'rishganlarida esa, hafa bo'lgandek ko'rinib, g'oyib bo'lishardi. Slizerinliklar uni o'yindan chiqarishga urinishlarini sezgan Vud Harryga qayerga borsa ham, odamlar hamroxligida borishini tayinlagandi. Butun Griffindor fakulteti bu ishni o'z zimmasiga olgan, shu sababli g'ala-g'ovur qilayotgan ulkan olomon orasidagi Harry darslarga vaqtida yetib borishi qiyin edi. Harry o'zidan ham ko'ra Yashinning xavfsizligi haqida ko'proq qayg'urardi. U supurgisida uchmayotgan vaqtda uni chamadoniga qulflab qo'yar va tanaffus vaqtlarida Griffindor Minorasiga chiqib, xavfsiz turganini tekshirib turardi.
Matchdan avvalgi tunda barcha odatiy mashg'ulotlar bekor qilindi. Hatto Germiona ham kitoblarini qo'ldan qo'yishiga to'g'ri kelgandi.
- O'qiy olmayapman, diqqatimni jamlay olmayapman, - dedi u hayajonlanib.
Ichkari juda shovqin edi. Fred va Jorj Uizli doimgidan ham qiziqqon va jo'shqinlik bilan shovqin solishardi. Oliver Vud burchakda Kviddich maydoni modeli bilan o'tirar, kichik figuralarni tayoqchasi bilan harakatlantirib, o'ziga pichirlab nimalardir derdi. Anjelina, Alisia va Keti Fred va Jorjning latifalaridan kulishardi. Harry Ron va Germionaning yonida o'tirar, ertangi match haqida o'ylamaslikka urinardi. Chunki har safar o'ylaganida ichida qandaydir hissiyot g'ujg'on o'ynab, qornidan chiqib ketishga uringandek bo'lardi.
- Hammasini eplaysan, - dedi Germiona unga, o'zi qo'rquvda ko'rinsa ham.
- Senda Yashin bor! - dedi Ron.
- Ha. . . - dedi Harry, qorni g'o'ldirab.
Vud to'satdan o'rnidan turib, baqirgani esa, unga yordam bergandek bo'ldi:
- Jamoadagilar! Yotib uxlanglar!

Ma'lumki, kanalimiz tarjimasida Garri emas Harry deya ishlatganmiz. Bu borada sizning fikringiz qanday? Do'stlaringizga ham yuboring buni
Anonymous Poll
46%
Harry - yaxshi variant
54%
Garri ma'qul
Kanalimizning barcha a'zolariga salomlar! Bir yillik tanaffusdan so'ng, qaytishga qaror qildim😜
Quruq qo'l bilan qaytmay deb, sizlar uchun birinchi kitobning qulay pdf-variantini ishlab chiqdim.
Ushbu kitobda:
🔸 Tarjimamdagi Harry eski Garri bilan almashtirildi
🔹 Imlo va tipografik xatoliklar imkon boricha to'g'rilandi
🔸 Tasavvur osonlashishi uchun kitob suratlar bilan boyitildi
🔹 Ko'zni og'ritmasligi uchun kitobning foni sarg'ish rangga o'zgartirildi

Demak, yangilangan kitoblarni davom ettiramiz.😉
Nihoyat, 2-kitobni ham imlo va tipografik xatolardan qo'ldan kelgancha tozalab, o'qish uchun qulay kitobcha holiga keltirdim🤓
Endi birgalikda Garri Potter bilan maxfiy hujra sirini ochishga kirishamiz! Sahifamizni kuzatib boring!

Garri Potter va Azkaban Mahbusi. 15-bob. Kviddich finali. Boshi yuqoriroqda.
Garri yaxshi uxlay olmadi. Avvaliga uxlab qolib, o'yinga bora olmaganini, Vud unga qarab "Qayerda eding? Seni o'rningga Nevilni qo'shishga majbur bo'ldik!" deya baqirayotganini tush ko'rdi. Keyin esa Malfoy va Slizerinning qolgan a'zolari matchga ajdarlar minib kelganini tush ko'rdi. U Malfoyning ajdari tuflayotgan olovlarga chap berib, katta tezlikda ucharkan, Yashinini unutib qo'yganini angladi. U osmonda qulab tushib, cho'chib uyg'onib ketdi.
Bir muddatdan so'nggina Garri match hali bo'lmaganini esladi, u hozir yotoqxonasida xavfsiz edi va shubhasiz, Slizerin jamoasi matchga ajdarlarda kelishiga ruxsat berilmasdi. U juda chanqab ketganini his qildi. Ovoz chiqarmaslikka harakat qilib, u krovatidan tushib, deraza tokchasidagi idishdan ozroq suv quydi.
Deraza tashqarisi jim-jit edi. Ta'qiqlangan O'rmondagi daraxtlar uchlari shamoldan qimirlamas, Qaysar Majnuntol ham bezarar, harakatsiz edi. Aftidan, match uchun barcha sharoit bor edi.
Garri qo'lidagi qadahni qo'yib, ortiga o'girilmoqchi bo'lib turganida ko'ziga nimadir ko'rindi. Tashqaridagi kumushrang tovlanayotgan o'tloqda qandaydir jonivor pisib harakatlanayotgandi.
Garri krovati yonidagi stol taraf shoshilib, ko'zoynagini qo'lga olib, taqib, deraza yoniga qaytdi. Faqat Grim bo'lmasinda. . . Hozir emas. . . Match oldidan emas faqat. . .
U tashqariga ko'z tashlab, bir daqiqa davomida izlanib, nihoyat uni topdi. U hozir o'rmon chetida yurib borayotgandi. . . U umuman Grim emasdi. . . U mushuk edi. . . Garri baroq dumni tanirkan, deraza tutqichini mahkam ushlab oldi. Bu shunchaki Baroqvoy ekan. . .
Yoki Baroqvoyni o'zi emasmikan? Garri ko'zini qisib, burnini derazaga botirib, tashqariga tikildi. Ko'rinishidan, Baroqvoy to'xtab turardi. Garri daraxtlar soyasida nimadir u tarafga yaqinlashayotganini sezdi.
Shundan keyin u ko'zga ko'rindi - katta, tim qora it o'tloq bo'ylab harakatlanar, yonida Baroqvoy birga yurardi. Garrini og'zi ochilib qoldi. Bu nimani anglatadi? Agar uni Baroqvoy ham ko'rayotgan bo'lsa, u qanaqasiga ajal alomati bo'lishi mumkin?
- Ron! - dedi Garri shivirlab. - Ron! Uyg'on!
- Nima?
- Menga birnimani ko'rayapsanmi, yoki yo'qmi, aytib berishing kerak!
- Hammayoq qorong'i, Garri, - g'udrandi Ron. - Yana nimani o'ylayapsan?
- Buyoqqa. . .
Garri tezda derazadan tashqariga qaradi.
Baroqvoy va boyagi it g'oyib bo'lgandi. Garri derazaga tokchasiga chiqib, qasr ostini ko'zdan kechirmoqchi bo'ldi, lekin uyerda ham ular yo'q edi. Ular qayoqqa yo'qoldi ekan?
Baland xurrak ovozidan Ron yana uyquga ketganini anglash mumkin edi.

Garri va Griffindor jamoasining boshqa a'zolari ertasi kuni Katta Zalga kirib borisharkan, olqishlar yog'ila boshladi. Garri Ravenklo va Haflipuf stolidagilar ham ularni olqishlayotganini ko'rib, iljayishdan o'zini tiya olmadi. Slizerin stolidagilar ularni ortidan vishillab qo'yishardi. Garri Malfoyning rangi odatdagidan ham oqarib ketganini sezdi.
Vud butun nonushta davomida jamoadagilarga yaxshi ovqatlanishni tayinlar, lekin o'zi hech nima yemasdi. Keyin u boshqalardan avval borib, holatni muhokama qilib olish uchun jamoadagilarni maydonga boshladi.
- Omadingni bersin, Garri! - baqirdi Cho. Garri o'zini qizarib ketayotganini his qildi.
- Yaxshi, nolishga arziydigan shamol yo'q, quyosh charaqlab turibdi, bu ko'zingizni olishi mumkin, ehtiyot bo'linglar, yer esa qattiq, bu havoga oson ko'tarilishimizda qo'l keladi. . .
Vud maydon bo'ylab jamoani ortidan ergashtirib borardi. Nihoyat, ular qasrning old eshiklari ochilib, uzoqdan maktab o'quvchilari yo'lak bo'ylab yog'ilib kelishayotganini ko'rdilar.
- Yopiq xonaga, - dedi Vud qisqa qilib.
Ular qizg'ish mantiyalarini kiyib olisharkan, hech kim bir og'iz ham gapirmasdi. Garri ular ham o'zidek hisni tuyishyaptimikan, deb o'ylardi, huddi nonushtaga yomon narsa yegandek bo'lardi. Vaqt tugagandek bo'lganida Vud ularga yuzlandi:
- Yaxshi, vaqt bo'ldi. Qani, ketdik. . .
Ular maydonga tushib borisharkan, maydonda shovqin ko'tarildi. Olomonning to'rtdan uch qismi bo'yniga qizg'ish yaltiroqlar o'rab olishgan, qo'llarida Griffindor arsloni tasvirlangan bayroqlarni hilpiratar, bannerlarga "Olg'a, Griffindor!" yoki "Kubok Arslonlarniki!"ga o'xshash shiorlar yozib olishgan. Shunga qaramay, Slizerin gol halqalari ortida ikki yuzga yaqin o'quvchilar ko'kish kiyinib olishgan, bayroqlarida ko'k tusdagi ilon tasvirlangan va old qatorda hamma qatori ko'k kiyib olgan professor Sneyp jilmayib o'tirardi.
- Mana Griffindorlar ham keldi! - baqirdi Li Jordan, doimdigek sharxlovchilik qilib. - Potter, Bell, Jonson, Spinnet, Uizli, Uizli va Vud. Ko'pchilik orasida Hogvartsning anchadan beri eng yaxshi jamoasi sifatida ko'rilmoqda. . .
Lining gaplarini Slizerin tarafdan kelayotgan "vuu!" kabi chinqiriqlar bosib ketdi.
- Buyoqda esa, Kapitan Flint boshchiligidagi Slizerin jamoasi chiqib kelmoqda. U jamoasida bir qancha o'zgarishlar qilgan ko'rinadi va aftidan, qobiliyatdan ko'ra gavdaga qarab tanlagan shekilli. . .
Slizerin tarafdan yana "vuu"lar eshitildi. Shunday bo'lsa ham, Garri Lining gapida jon borligini sezdi. Malfoy jamoadagi eng kichik ishtirokchi bo'lib, undan boshqa hamma gavdali edi.
- Kapitanlar, qo'l siqib qo'yinglar! - dedi Madam Huch.
Flint va Vud bir-biriga yaqinlashib, bir-birlarini qo'lini qattiq siqib qo'yishlaridan ular bir-birini barmoqlarini sindirmoqchimi, deb o'ylash mumkin edi.
- Supurgiga mininglar! - dedi Madam Huch. - Uch. . . Ikki. . . Bir. . .
Madam Huchning hushtagi o'n to'rt o'yinchi osmonga parvozi ortidan kelgan shovqindan eshitilmay qoldi. Garri peshonasidagi sochlari shamoldan uchayotgani, havoga ko’tarilishi bilan ichidagi hayajon uni tark etganini, ortidan Malfoy dumdek ergasha boshlaganini his qilib, Snitchni izlab tezlikni oshirdi.
- Griffindor hujumda, Griffindorlik Alisia Spinnet Kvofl bilan to’g’ri Slizerin halqalari tomon uchmoqda, barakalla, Alisia! E, yo’q, Kvoflni Slizerinlik Vorrington qo’lga kiritdi, Vorrington maydon bo’ylab katta tezlikda. . . BAM! Jorj Uizli tomonidan yo’llangan ajoyib zarba bilan Bladjer Vorringtonga urildi va Vorrington Kvoflni tushirib yubordi, uni Jonson tutib oldi, Griffindor yana hujumda, bo’laqol, Anjelina. Montaguga ajoyib tarzda chap berdi, o’tir, Alisia, Bladjer kelyapti! U GOL URDI! O’N-U NOL HISOBI BILAN GRIFFINDOR OLDINDA!
Anjelina maydon chetidan turib havoga tezlik bilan ko’tarilarkan, qizg’ish kiyimdagi olomon o’rnidan turib qiyqira boshladi.
- A-ah!
Anjelinani Markus suurgisida turtib o’tib, deyarli yiqitib yuborgandi.
- Kechirasizlar! – dedi Flint, ortidagi olomon g’azab bilan baqirarkan. – Uzr, uni ko’rmay qolibman!

Zum o’tmasdan Fred Uizli o’zining hujumchilar tayog’i bilan Flintning orqa miyasiga zarba berdi va Flintning burni zarb bilan supurgisining dastasiga urilib, qon oqa boshladi.
- Yetarli! – baqirdi Madam Huch, ularni atrofidan uchib. – To’purariga yetkazilgan jarohat uchun Griffindorga penalti belgilanadi. To’purariga uyushtirilgan jarohat yetkazilgani uchun Slizeringa ham penalti belgilanadi.
- Qo’ysangizchi, xonim! – deya baqira boshladi Fred, lekin Madam Huch hushtagini chalib bo’lgan va Alisia penalti urish uchun uchib ketmoqda edi.
- Bo’laqol, Alisia! – baqirdi Li jim turgan olomon uzra va hamma qiyqira boshladi. – HA! U DARVOZABONNI YENGDI! YIGIRMA-YU NOL HISOBI BILAN GRIFFINDOR OLDINDA!
Garry burilib, hali ham burni qonayotgan Flint penalti urish uchun uchayotganini kuzata boshladi. Griffindor halqalari uzra uchayotgan Vud tishlarini gichirlatib turardi.
- Albatta, Vud bebaho darvozabon! – dedi Li Jordan, Flint Madam Huchning hushtagini kutarkan. – Judayam bebaho! Uni chetlab o’tish deyarli imkon. . . HA! BUNGA ISHONGIM KELMAYDI! U GOLNI TO’SIB QOLDI!
Ko’ngli to’lib, Garri maydondan uzoqlashib, atrofdan Snitchni qidira boshlarkan, Li Jordanni har bir sharxini diqqat bilan tinglardi. Chunki Griffindor 50 ball oldinga o’tib olmagunicha u Malfoyni Snitchni tutishdan to’xtatib turishi kerak edi.
- Kvofl Griffindorda, yo’q, Slizerinda endi. . . yo’q! Griffindor yana hujumda va Kvofl Keti Bellda, u Kvoflni tutgancha Griffindor foydasiga gol urish uchun. . . MANA BU UYUSHTIRILGAN JAROHAT BO’LDI!
Slizerin to’purari Montagu Ketining oldida uchib borar, lekin u Kvoflni o’rniga Ketining boshini mahkam ushlab olgandi. Keti havoda aylana yasab uchib, supurgidan yiqilmay qolishga erishgan bo’lsada, Kvoflni tushirib yuborgandi.
Yana Madam Huchning hushtagi jaranglab, Montagu tomonga uchib, unga qarab baqira boshladi. Keyingi daqiqada esa, Keti Slizerin Darvozaboniga chap berib, penaltida gol urishni eplagandi.
- O’TTIZGA NOL! MANA SHUNAQA BO’LADI, YARAMAS, G’IRROM. . .
- Jordan, tarafkashlik qilmasdan sharxlay olasizmi?
- Men shunga o’xshash bo’ldi demoqchi edim, professor.
Garrini tanasini o’zgacha zavq egallab oldi. U Snitchni ko’rgandi, u Griffindor halqalari tomonda uchib yurgandi. Lekin u hali beri Snitchni ortidan tushmasligi kerak, agar Malfoy ko’rib qolsa. . .
O’zini huddi to’satdan diqqatini jamlagandek tutib, Garry Slizerin tomon uchdi va bu ish berdi. Malfoy Garry o’sha tarafda Snitchni ko’rgan degan hayol bilan uni ortidan ergashib kela boshladi.
VUUUM!
Garrini o’ng qulog’ini Bladjer silab o’tdi, uni Slizerin Hujumchisi Derrik yuborgandi. Keyin esa. . .
VUUUM!
Ikkinchi Bladjer Garrining yelkasini shilib o’tdi, bunisini yana bir Slizerin Hujumchisi Boul yuborgandi.
Garri Boul va Derrik unga ergashib kelioshayotganiga ko’zi tushib, uchishda davom etdi, u Hujumchilarning tayoqlari ko’tarilganini his qildi. . .
Garri so’nggi soniyada Yashinni yuqoriga burib yubordi va Boul bilan Derrik boshqaruvni yo’qotib, bir-biriga urilib ketishdi.
- Ha-ha! – baqirdi Li Jordan, Slizerin Hujumchilari bir-biridan ajralib, boshlarini silasharkan. – Judayam sekin harakat qildingiz, yigitlar, Yashinni yutish uchun bundan ko’ra ancha chaqqon bo’lishingiz kerak! Hujumda yana Griffindor va Kvofl Anjelinada, uni yonida esa, Flint uchib bormoqda. Uni yuziga tushir, Anjelina! Hazillashyapman, professor, hazil edi, o yo’q, Kvofl endi Flintda va u Griffindor halqalari tomon uchmoqda, bo’laqol, Vud, to’sishga. . .
Lekin Flint gol urib bo’lgandi, tomoshabinlar orasidagi Slizerinlar qiyqira boshlashdi, Li Jordan esa, shunday yomon so’kindiki, professor Makgonagal undan megafonni olib qo’ydi.
- Kechirasiz, professor, kechirasiz! Boshqa takrorlanmaydi! Demak, o’ttizga o’n hisobida Griffindor oldinda.

Bu Garri qatnashgan eng g’irrom o’yinga aylanib bormoqda edi. Griffindor o’yin boshidanoq peshqadamlikni qo’lga olganidan achchiqlangan Slizerinlar Kvoflni qo’lga olish uchun hech nimadan toyishmayotgan edi. Boul tayog’i bilan Alisiani boshiga tushirib, uni Bladjer deb o’ylaganini bahona qilmoqchi bo’ldi. Bunga javob tarzida Jorj Uizli Boulning yuziga tirsagi bilan tushirib qoldi. Madam Huch ikkala jamoaga ham penalti berdi va Vud keyingi golni ham to’sib qolishga erishib, Griffindor 40ga 10 hisobida oldinda edi.
Snitch yana g’oyib bo’lgandi. Malfoy hali ham Garrini ortidan ergashib uchar, Garri esa, maydon bo’ylab uchib, Snitchni izlardi. Tezroq Griffindor 50 ball oldinga chiqib olsa edi. . .
Keti gol urdi. 50ga 10. Fred va Jorj Uizlilar tayoqlarini ko’tarib olgancha uni atrofida uchishar, Slizerinlarning tasodifiy hujumiga tayyor turishardi. Boul va Derrik Fred va Jorjning yo’qligidan foydalanib, ikkala Bladjer bilan Vudning qorniga zarba berishgan, Vud esa supurgisiga mahkam yopishib olgancha havoda gandiraklab qolgandi.
Madam Huch o’yindan unchalik qoniqmayotgandi.
- KVOFL HALQALAR ATROFIGA KELMAGUNICHA DARVOZABONGA HUJUM QILISHINGIZ MUMKIN EMAS! – deya baqirdi u, Boul va Derrikga qarab. – Griffindorga penalti!
Va Anjelina ham gol urdi. 60ga 10. Bir zumda Fred Uizli Bladjer bilan Varringtonga zarba berdi va u qo’lidagi Kvoflni tushirib yubordi, Alisia uni qo’lga kiritib, Slizerin halqasiga qarab otdi – 70ga 10.
Pastdagi Griffindor muxlislari quvonchdan qiyqirib yuborishdi – Griffindor 60 ball oldinga o’tib olgandi va agar Garri hozir Snitchni ushlasa, Kubok ularniki bo’lardi. Garri maydon bo’ylab ucharkan, yuzlab odamlarning ko’zi unda ekanini, Malfoy hali ham ergashib kelayotganini his qilardi.
Keyin u ko’rdi. Snitch undan 15 metrcha balandlikda yarqirab turardi.
Garri birdaniga tezlikni oshirdi, qulog’iga shamolning gurillashi urilarkan u qo’lini oldinga cho’za boshladi. Lekin to’satdan Yashin sekinlasha boshlagandi. . .
Qo’rquvga tushib, u atrofga qaradi. Malfoy o’zini oldinga otib, Yashinning dumidan ushlagancha pastga tortqilayotgandi.
- Sen. . .
Garri jahli chiqqanidan Malfoyni yuziga tushirishga tayyor edi, lekin unga qo’li yetmadi. Malfoy supurgini pastga tortqilab hansirab qolgan, ko’zlari qahrga to’la edi. U o’zi xohlagan ishni uddalagandi – Snitch yana g’oyib bo’lgandi.
- Penalti! Griffindorga penalti! Hecham bunday o’yinni ko’rmagandim! – chiyilladi Madam Huch, Malfoy Nimbus-2001 supurgisiga qayta minayotgan tarafga uchib.
- YARAMAS G’IRROMCHI! – deya baqirardi Li Jordan megafon orqali, professor Makgonagalning qo’li yetmaydigan joyga qochib. – ABLAX G’IRROMCHI MA. . .
Professor Makgonagal uni tinchlantirishga urinib ham o’tirmadi, aksincha, uning o’zi ham Malfoy tarafga ishora qilganicha g’azab bilan baqirayotgandi.
Alisia Griffindor penaltisini urishga harakat qildi, lekin alamzada bo’lganidan bir necha metrga adashdi. Griffindor jamoasi diqqatini jamlayolmay qolgan, Slizerinlar esa, Malfoyning qilig’idan xursand bo’lganicha, o’ziga ishonch bilan davom etishmoqda edi.
- Slizerin hujumda, Slizerin gol urishga kirishdi, Montagu gol urdi. . .- dedi Li ming’irlab. – 70ga 20 hisobida Griffindor oldinda. . .
Garri esa hozir Malfoy bilan shunchalik yaqin uchayotgandiki, ularning tizzalari ba’zida tegib ketardi. Garri Malfoyni Snitchni yaqiniga ham yo’latmoqchi emasdi. . .
- Yo’ldan qoch, Potter! – baqirdi Malfoy dovdirab, burilganida Garri yo’lni to’sib qo’yganini ko’rarkan.
- Anjelina Jonson Kvoflni qo’lga kiritdi va hujumda Griffindor, bo’laqol, Anjelina, BO’LAQOL!
Garri atrofga qaradi: Malfoydan tashqari barcha Slizerin jamoasidagilar Anjelinaning oldiga o’tib, yo’lni to’sishga urinishmoqda edi, hatto Slizerin Darvozaboni ham, ularni bari yo’lni to’sishmoqchi edi. . .
Garri Yashinni ortga burib, shunchalik engashib oldiki, supurgi dastasiga yotib olayozgandi va tezlik bilan ucha boshladi. Huddi o’q kabi u Slizerin tomon otildi.
- AAAAAAH!

Ular o’zlariga qarab Yashin otilib kelayotganini ko’rib, tipirchilab chetga chiqishdi, Anjelinaning yo’li endi ochiq edi.
- U GOL URDI! GOL URDI! Griffindor 80ga 20ga hisobida oldinda!
Ustunlarga urilib ketishiga sal qolgan Garri supurgisini ortga burib, maydondan uzoqlashib, yuqorilay boshladi.
Keyin u ko’rgan narsasidan yuragi to’xtab qolay dedi. Malfoy yuzida g’alaba ishorasi bilan pastga sho’ng’ir, uyerda esa, pastdagi o’tloqdan biroz balandda kichkinagina oltin bo’lagi yarqirab turardi. . .
Garri Yashinni tezligini oshirib, otildi, lekin Malfoy undan ancha oldinda edi. . .
- Bo’laqol, bo’laqol, - dedi Garri supurgisiga, u Malfoyga yetib olayotgandi. Garri Boul unga Bladjer yo’llaganini ko’rib, yotib oldi, u Malfoyga yetib olgandi, shundoq yerdan biroz. . .
Garri ikkala qo’lini ham supurgisidan olib, o’zini oldinga otdi. U Malfoyning qo’lini chetga olgan va. . .
- HA!
U o’rnidan turarkan, qo’lini yuqoriga ko’tararkan, butun stadion qiyqirib yubordi. Garri olomonga yuzlanarkan, qulog’iga g’alati qitirlash eshitilardi. Qo’lidagi Snitch qanotlarini qoqishga harakat qilardi.
Keyin u tomonga ko’zini ko’zyoshlari to’sib qo’ygan Vud uchib kela boshladi, u Garrini yelkasidan mahkam quchoqlagancha yig’lab yubordi. Garri yelkasiga Fred va Jorj ham urib qo’yganini his qildi, keyin Keti, Alisia va Anjelinaning “Biz Kubokni yutdik! Biz Kubokni yutdik!” deya chinqirishlari eshitildi. Bir-birini quchgancha, Griffindor jamoasi qiyqira boshlashdi.
Tomoshabinlar o’rnidagilar ham otilib maydonga kirib kela boshlashgandi. Ularni hamma qucha boshladi. Garri buncha ko’p odam uni tabriklayotganidan dovdirab qoldi. Keyin u va jamoadagilarni yelkalariga ko’tarib, olqishlay boshlashdi. Narigi tomonda esa, Hagrid qizg’ish lentani silkigancha baqirardi: “Ha, Garri! Barakalla! Buni Tumshuqqanotga aytishim kerak!”. Bu tarafda esa, Persi huddi aqldan ozgandek tipirchilar, tavoze qilishni butkul unutgandi. Professor Makgonagal esa, Vuddan ham kuchliroq yig’lar, ko’zlarini ulkan Griffindor bayrog’i bilan artib qo’yardi. Anavi tarafda esa, Garriga qarab Ron va Germiona intilib kelishayotgandi. Ular Garriga qarab shunchaki jilmayib qo’yishar, Garri esa o’rindiqlar tomonda qo’lida Kviddich Kubogini ushlab turgan Dambldorga qarab qo’ydi.
Agar shuyerda dementor bo’lganida edi. . . Yig’lamsiraganchga Vud Kubokni Garriga uzatarkan, uni yuqoriga ko’targanicha, Garri hozir dunyoning eng zo’r Patronusini amalga oshira olishiga amin edi.