Piskent tuman hokimligi
10.4K subscribers
3.84K photos
249 videos
1 file
1.65K links
Download Telegram
#Xushxabar

Piskent tumani 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Behruz Toshmamatov Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan, respublika miqyosida tashkil etilgan mental arifmetika bo‘yicha tanlovda faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Husanboy Isoqjonov hamda 16-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari Shaxriyor Shuhratov, Eldor Boymirzayev, Charos Ilhomova, Elshod Abdumavlonov, Neʼmatilla Eshmatovlar ham muvaffaqiyatli natijalarni qoʻlga kiritishdi.

Tumanimizning jajji bolajonlarini gʻalaba bilan muborakbod etamiz!

Кириллда ўқиш👈

Telegram | Instagram |YouTube |Website
#Xushxabar

Boʻka va Piskent tumanida birinchilardan boʻlib, pilla rejasi bajarildi

Boʻka tumani pillakorlari tomonidan bu yil 3636 quti ipak qurti parvarishlandi, 215,1 tonna “kumush tola” yetishtirilib, viloyatda birinchilardan boʻlib rejani bajardi.

Taʼkidlash joizki, tumandagi 556 ta fermer xoʻjaliklari va 651 nafar kasanachilar bilan “Tashkent Silk Pro” MCHJ korxonasi oʻrtasida pilla yetishtirish boʻyicha shartnomalar hamda fermer xoʻjaliklari bilan 3391 nafardan ziyod qurt boquvchilar oʻrtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.

Tuman boʻyicha qoʻshimcha yana 19 tonna pilla yetishtirish va rejani ortigʻi bilan bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

Piskent tumani boʻyicha ham joriy yilda 2840  quti ipak qurti parvarishlandi. Bugun tuman pillakorlari 168, 1 tonna  davlat shartnoma rejasini uddaladi. Jarayonda 6 ming 130 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yosh pillakorlarga bosh agronom Sanobar Joʻrayeva oʻz tajribalarini ayamadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #Good_news #Xорошаяновость

Viloyatda pilla rejasi bajarildi

 👉 Batafsil
_
____

The cocoon(silkworm) plan was completed in the region

👉 In detail
__
_

В области выполнен план по сдаче коконов шелкопряда

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Piskentlik yoshlar xalqaro g‘alabani qayd etdi

Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Mental arifmetika" davlatlararo "THE WORLD MEMO" Xalqaro musobaqasida Piskent tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a’zolari ishtirok etib, katta natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, 8 yoshli bolalar o‘rtasida, "Mental arifmetika" to‘garagi bo‘yicha Zilola Abduvaliyeva va Osiyo Ravshanova 1-o‘rinni, 9 yoshli bolalar o‘rtasida, "Ingliz tili" to‘garagi bo‘yicha Nargiza Boboyeva va Maftuna Gʻulomjonova 1-o‘rinni egalladi.

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni erishgan yutug‘i va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pog‘onaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Кириллда ўқиш👈

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Xushxabar #Good_news #Хорошая_новость

Piskent viloyatda birinchi boʻlib, gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardi

👉
Batafsil
_____________________________

Piskent was the first in the region to successfully implement the grain plan.

👉
In detail
_____________________________

Пскентские зерноводы первыми в области перевыполнили план

👉
Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #Yoshlar

☄️Tojikiston Respublikada sportning MMA turidan o’tkazilgan "Jahon kubogi" musobaqasida Piskent tumani "Do'stlik" MFY fuqarosi Jasur Alimqulov 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

⚡️Piskentlik Jasur 90 kg vazn toifasida raqibini mag'lub etib, "Jahon kubogi" sohibi bo’ldi.

Tumandoshimizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Xushxabar

📣Ish haqi, nafaqa va pensiyalar 15 foiz oshiriladi

Joriy yilning 1-sentabr sanasidan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1-oktabrdan e’tiboran esa, byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” farmon imzoladi.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Kambag‘al oilalarga foizsiz kredit beriladi

🟢Kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi.

🔗Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺

Камбағал оилаларга фоизсиз кредит берилади

🟢Камбағал оилаларга 30 миллион сўмгача ускуна, кўчма дўкон (fud-trak), мотороллер, скутер каби воситалар 5 йилда бўлиб тўлаш шарти билан берилади.

🔗Камбағал оила фарзандларига компютер сотиб олиш учун 5 йилга 2 йиллик имтиёзли давр билан фоизсиз кредит aжратилади.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️Ish haqi miqdori oshirildi

2024-yil 1-oktabrdan boshlab:

➡️byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga оshiriladi.

➡️byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi.

Shuningdek,

➡️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

➡️bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.

➡️Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🔺2025 yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

😀Bu haqda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida aytib oʻtildi.



🔺2025 йил 1 январдан бошлаб умумтаълим мактабларида миллий сертификатга эга бўлган ўзбек тили ўқитувчиларига маошининг 50 фоизи миқдорида ойлик устама ҳақ тўланади.

😀Бу ҳақда Ўзбек тили байрами муносабати билан Президентнинг Ўзбекистон халқига йўллаган табригида айтиб ўтилди.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

💠Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

💠bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);

💠PF–213-son (31.08.2022 y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);

💠o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

💠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

💠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

🔺Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

➡️Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Gazlashmagan hovlilarga "svet" uchun chegirma beriladi

1-yanvardan boshlab tabiiy gazdan uzilgan hovlilarga elektr energiyasi uchun 50 foiz chegirma berilishi rejalashtirilmoqda.

Bu borada qaror loyihasi tayyorlanib, tegishli tashkilotlarga yuborilgan.



Газлашмаган ҳовлиларга "свет" учун чегирма берилади

1 январдан бошлаб табиий газдан узилган ҳовлиларга электр энергияси учун 50 фоиз чегирма берилиши режалаштирилмоқда.

Бу борада қарор лойиҳаси тайёрланиб, тегишли ташкилотларга юборилган.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashabbusi bilan "Jadidlar izidan" nomli respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilgan edi. Mazkur tanlovning respublika bosqichida Piskent tumanining o‘quvchi-yoshi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🟢Ayni damda poytaxtimizning "Turkiston" san’at saroyida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. Tantanali tadbirda taqdirlanganlar orasida tumanimiz farzandi ham bor.

Piskentlik Shoxjahon Bohodirov g'oliblikni qo'lga kiritgani sabab, xorijga sayohat qilish uchun yo‘llanma oldi.

Tumandoshimizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omadlar tilaymiz!

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM