Piskent tuman hokimligi
9.58K subscribers
4.13K photos
282 videos
1 file
1.85K links
Download Telegram
#Live #Sport

Tumanda kurash boʻyicha "Prokuror kubogi" musobaqasi oʻtkazildi

Davlatimiz rahbarining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uni xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlarlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ayni damda Piskent tumani sport maktabida kurash boʻyicha "Prokuror kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

"Polvonlari koʻp yurt qudratli boʻlur" shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada 14-15 yoshli oʻsmirlar va qizlar oʻzaro kuch sinashmoqda.

Musobaqa davom etmoqda.

Кириллда ўқиш

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Piskent tumanida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan bayramda turli xildagi sahnaviy chiqishlar va qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari namoyish qilinmoqda.
#Live

Ayni damda Piskent tumanidagi Amfiteatr majmuasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram dasturlari boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur bayram dasturlarida bolajonlarimiz uchun turli xildagi sahnaviy chiqishlar va qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari namoyish qilinmoqda.

Bayramga farzandlaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring, aziz tumandoshlar! Konsert dasturlari kechga qadar davom etadi.

КИРИЛЛДА ЎҚИШ

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Live

Bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanda tashkil qilingan bayram dasturlari davom etmoqda.

Bayram tadbirlariga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva tashrif buyurib, barchani bugungi shodiyona ayyom bilan tabrikladi.

Shuningdek, Piskent tumani hokimligining alohida nazoratida turuvchi bolajonlarga esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Кириллда ўқиш

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Live

Bayram tantanalaridan lavhalar..

Bolajonlar bayrami Piskent tumanida koʻtarinki ruhda oʻtmoqda. Amfiteatr maydoni odamlar bilan gavjum.

Atrofda bolalar oʻyingohi, turli koʻngilochar attraksionlar, shuningdek, tasviriy sanʼat maydonlari tashkil qilingan.

Tumanimiz fuqarolari oila aʼzolari, farzandlari bilan birgalikda tashrif buyurib, maroqli hordiq chiqarishmoqda.

Aziz tumandoshlar!

Bayramning eng qaynoq daqiqalari hali oldinda, Sizni kutmoqda. Kechki shoularda ham ishtirok etishni unutmang. "Yurtim munavvar oqshomlari" konsert dasturida xonanda-yu sozandalarning chiqishlari rejalashtirilgan.


Кириллда ўқиш

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Videolavha

Piskent tumanida 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri maydonidan videorolik

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Live #Uchrashuv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda


Ayni damda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdugapur Axmedov viloyat yoshlari va yoshlar tizimidagi rahbarlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuv Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Astrum" IT akademiyasida boʻlib oʻtmoqda va unda Piskent tumani yoshlari ham ishtirok etishmoqda.

Кириллда ўқиш


Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Live #Futbol

.Piskent tumanida "DXX kubogi" doirasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtmoqda.

Unda ishtirokchilar uchinchi oʻrin uchun maydonda toʻp surmoqda.

Ayni daqiqalarda "Doʻstlik" va "Birlik" MFY jamoalari bellashishdi.

Oʻyin 3:3. hisobida yakunlandi "Birlik" MFY jamoasi penaltilar seriyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Navbatdagi final oʻyinini Ahil MFY va Mustaqillik MFY jamoalari maydonda to‘p suradi.


Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#LIVE
 
Muloqot davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan sohada yoshlar bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida qilinayotgan ishlar, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash masalalariga toʻxtaldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, viloyat aholisining 50,7 foizi (1 million 542 ming 922 nafar) yoshlardir.

Yil boshidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida 33 mlrd. 406 mln.soʻm mablagʻlar shakllantirilib, 10 ming 543 nafar yoshlarning turli ijtimoiy-maishiy muammolari hal etilishiga erishildi.

Misol uchun, 1524 nafar yoshlarga kontarkt toʻlovi mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan miqdorida qoplab berildi. 500 nafardan ziyod yoshlarga davolanish hamda sogʻliqlarini tiklash uchun mablagʻlar ajratildi. 6 ming 118 gektar sugʻoriladigan unumdor yer maydonlari yoshlarga ajratilib, bugungi kunga qadar 9 ming 484 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi.

Viloyatda 7 ta toifadagi jami  296 ming 542 nafar yoshlar ajratib olinib, 1862 nafar huquq tartibot va mudofaa organlari ofitserlariga biriktirildi.

📹 Muloqot davom etmoqda, uni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn kuzatishingiz mumkin.

Jonli efir: Facebook

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram #Live

Ayni damda Piskent tumanidagi Yoshlar markaziy o‘yingohida “Yoshlar oyligi” doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi gala-konsert boshlandi.

Yoshlar oyligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalariga tumanimizning yigit-qizlari yigʻilgan.

Bugungi koʻtarinki ruhda boshlangan tadbir davomida yoshlarni estradamiz yulduzlarining chiqishlari, turli koʻngilochar oʻyinlar va bayram yakunida salyut-shou kutmoqda.

Xitoy davlatida bo‘lib turgan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov yoshlarni bayram bilan tabriklab, video tabrik yo‘lladi.

Video yoshlarga bayram maydonidagi katta ekran orqali namoyish qilinmoqda.

Bayram dasturlarini bizning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali, toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bayramga keling yoshlar!!!

Кириллда ўқиш

Telegram | Instagram |YouTube  |Website
#Xitoy #Live

☄️Xitoyning Shinjon-uygʻur avtonom tumanida Xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda

➡️Batafsil

➡️Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Festival

📸 Piskent tumanida “Bir bo‘lsak, yagona xalqmiz – birlashsak, Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan Ma’naviyat festivalidan fotolavhalar.



📸 Пискент туманида “Бир бўлсак, ягона халқмиз – бирлашсак, Ватанмиз!” шиори остида ташкил этилган Маънавият фестивалидан фотолавҳалар.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Festival

“Bir bo‘lsak, yagona xalqmiz – birlashsak, Vatanmiz!” shiori ostidagi Ma’naviyat festivali bo‘lib o‘tmoqda

🟢Ayni damda Piskent tumani "Kultepa" mahallasida joylashgan 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida “Bir bo‘lsak, yagona xalqmiz – birlashsak, Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan Ma’naviyat festivali boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿Yurtimiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mantiqiy davomi sifatida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida taʼkidlandi.

📌Ma’naviyat festivali doirasida maktab stadionida turli milliy oʻyinlar, tennis, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha musobaqalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli muassasalardan keltirilgan qoʻl mehnati naʼmunalari koʻrgazmasi tashkil etildi.

✔️Shuningdek, yoshlar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini, oilalar oʻrtasida "Milliy taomlar" kabi musobaqalar oʻtkazilmoqda.

🧬Hudud boʻylab milliy liboslar va milliy hunarmandchilik naʼmunalari koʻrgazmasining tashkil qilingani festivalga oʻzgacha koʻrk bagʻishlamoqda.

➡️Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Sayyor_qabul

🟢Ayni damda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov boshchiligida tumandagi "Chimqo'rg'on" mahallasida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

Unda sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas'ullar ishtirok etmoqda.

🟢Sayyor qabulda 30 dan ortiq murojaat tinglandi. Tuman rahbari avvalgi qabullarda bildirib o'tilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan mas'ullarning hisobotini tingladi.

Qabul davomida hozirgacha 10 dan ortiq murojaat joyida hal etildi. Qo'shimcha o'rganish va muddat talab etilgan muammo va masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun, bugun sayyor qabul tumandagi "Suvti" va "Do'mqo'rg'on" mahallalarida ham o'tkazilishi belgilangan.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Sayyor_qabul

🟢Ayni damda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov boshchiligida tumandagi "Suvti" va "Do'ngqo'rg'on" mahallalari aholisi uchun sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

➡️Unda sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas'ullar ishtirok etmoqda.

🟢Fuqarolar tomonidan bildirib o'tilayotgan murojaatlarning asosiy mazmunini elektr tarmog'i, suv ta'minotidagi muammolar, yo'l ta'miri kabi masalalar tashkil etmoqda.

⚡️Sayyor qabulda 40 dan ortiq murojaat tinglandi. 14 ta murojaat shu joyning o'zida ijobiy yechim topdi.

📌Shuningdek, qo'shimcha o'rganish va muddat talab etilgan muammo va masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berib o'tildi.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Hashar – elga yarashar!

🟢Ayni damda Yoshlar ishlari agentligi Piskent tuman bo'limi masʼullari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida, hashar boʻlib oʻtmoqda.

"Biz bir bo'lsak, yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!" shoiri ostida uyushtirilgan hasharda tumanning "Mo'minobod" mahallasida joylashgan "Yoshlar bog'i" obodon holga keltirilmoqda.

🟡Atrof turli chiqindilardan tozalanib, yoʻllar tekislandi. Shuningdek, koʻngilli hasharchilar uchun doshqozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Hurmatli tumandoshlar‼️

#Obod_yurt_yoshlari_chellenjida Siz ham faol ishtirok eting va tumanimiz farovonligiga o'z hissangizni qo'shing!

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

"Ustozlar milliy forumi" boʻlib oʻtmoqda

🔗Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shoiri ostida "Ustozlar milliy forumi"ning Piskent tumani bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Forum doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli kabi mavzular muhokama qilinmoqda.

⚡️Shuningdek, aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, o‘quvchilarda muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda treninglar olib borilmoqda.

🗣️Ma’lumot o‘rnida, forum doirasidagi mahorat darslari joriy yilning 22-avgust kuni tuman, 27-30-avgust sanalarida esa barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️ Кириллда ўқиш

📸 Tadbirdan fotolavhalar

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Videolavha

Bayram boshlanish arafasida..

🟢Ayni damda Piskent tumani "Yoshlik" markaziy oʻyingohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan tashkil qilingan tantanavor tadbirga tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.

☝️Eslatma, bayram bugun soat 18:00 da boshlanadi.



Байрам бошланиш арафасида..

🟢Айни дамда Пискент тумани "Ёшлик" марказий ўйингоҳида Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 33 йиллик байрами муносабати билан ташкил қилинган тантанавор тадбирга тайёргарлик жараёнлари олиб борилмоқда.

☝️Эслатма, байрам бугун соат 18:00 да бошланади.

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM