PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Forwarded from Korrupsiyasiz jamiyat
⚡️Давлат фуқаролик хизматчиси томонидан халқаро ва бошқа расмий тадбирларда совға олиш тартиби белгиланди

Давлат фуқаролик хизматчиси томонидан хизмат сафарлари, халқаро ва бошқа расмий тадбирлар муносабати билан олиниши мумкин бўлган совға қиймати, шунингдек уни тасарруф этиш тартиби тўғрисидаги низом
Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилди (рўйхат рақами – 3425, 13.03.2023 й.)

Низомга кўра, давлат фуқаролик хизматчиси Ўзбекистондан ташқаридаги хизмат сафарлари, халқаро ва бошқа расмий тадбирлар, Ўзбекистонда ўтказиладиган халқаро ва бошқа расмий тадбирларда совға олиши мумкин.

Ўзбекистондаги бошқа хизмат сафарларида совға олиш мумкин эмас.

Давлат фуқаролик хизматчиси оладиган совға қуйидаги талабларга жавоб бериши керак:

▫️миллий қонунчилигимизда тақиқланмаган ашёлар бўлиши;
▫️совға халқаро ва бошқа расмий тадбирда ихтиёрий берилган бўлиши;
▫️совға очиқ ва ошкора қабул қилиниши;
▫️давлат органининг обрўсига путур етказмаслиги;
▫️манфаатлар тўқнашуви ёки коррупциявий омилни келтириб чиқармаслиги.

Давлат фуқаролик хизматчиси совғани тадбирдан келгандан сўнг 3 иш кунида хўжалик бўлимига беради ва бунда далолатнома тузилади.

Совғанинг қиймати аниқ бўлмаса, хўжалик бўлими уни баҳолайди ва унинг қиймати БҲМнинг 4 бараваридан (1,2 млн сўмдан) кўп бўлмаса, совға давлат фуқаролик хизматчисига берилади.

Совға қиймати БҲМнинг 4 бараваридан кўп бўлса, у молия-иқтисод бўлинмаси томонидан давлат органи балансига кирим қилинади ҳамда давлат органи эҳтиёжи учун фойдаланилади.

Мазкур низом талаблари барча давлат фуқаролик хизматчилари учун мажбурий ҳисобланади.

#yangilik

👉https://t.iss.one/antikor_society
👍7
#Avtobus_yoʻnalishi #Yangilik

O'zbekiston Respublikasi PQ-59-sonli qarori bo'yicha Toshkent  viloyatining Angren shahar "Bunyodkor" ko'chasi bo'ylab hokimiyat oldidan 5/5 dahasigacha 1.23 yo'lning belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun yo'l yotiq chiziqlari chizildi hamda harakatlanish tasmasi 1.1 o'q chiziqlar bilan ajratildi.

Shu bilan birga, chorraxalarda burilish tasmasiga yetmasdan, tutashmalarga kirish va chiqish joylarida 1.1 o'q chizig'iga qo'shimcha tarzda 1.5 yo'l yotiq chiziqlari chizildi, 5.10.3 yo'l belgilari o'rnatildi.

Eng asosiysi, Angren shahrida mazkur yo'llarda avtobus harakatlanish yo'nalishini bildiruvchi "A" avtobus belgilari chizildi.

Ushbu belgilar yaqin kunlar ichida Olmaliq shahrida ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik #IT

Toshkent viloyatidagi barcha shahar va tumanlarning yangi rasmiy veb sayti bugundan ish boshladi


Yangi saytlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyunda qabul qilingan PF-6247 sonli farmoni talablari asosida “Toshkent viloyati axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish markazi” dasturchilari tomonidan yaratilgan. Har bir sayt alohida, mustaqil resurs sifatida tashkil qilingan boʻlib, hozirda “Respublika kiberxavfsizlik markazi”ning maxsus sertifikati talablariga mosligi tekshirilmoqda va test rejimida ishlab turibdi.

Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar hokimliklarining yangi rasmiy veb-sayti:

▶️
Ohangaron tumani
▶️
Parkent tumani
▶️
Toshkent tumani
▶️Olmaliq shahar
▶️
Qibray tumani
▶️
Zangiota tumani
▶️
Angren shahar
▶️
Bekobod tumani
▶️
Bo'ka tumani
▶️
Bo'stonliq tumani
▶️Quyi Chirchiq tumani
▶️
O'rta Chirchiq tumani
▶️
Yuqori Chirchiq tumani
▶️
Piskent tumani
▶️
Yangiyo'l tumani
▶️Oqqo'rg'on tumani
▶️Ohangaron shahar
▶️Chinoz tumani
▶️Nurafshon shahar
▶️Yangiyo'l shahar
▶️Bekobod shahar
▶️Chirchiq shahar

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti 2023-yilning III-choragida ishga tushirilgan edi. Ayni paytda shahar va tuman hokimliklarining saytlari zarur axborotlar majmui bilan toʻldirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1