PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tanqid

"Erta tongdan yaxshi kayfiyat bilan ishga otlansam, mana bu holat kayfiyatimni buzdi,-deb yozmoqda Birlik mahallasi fuqarosi.- Suratdagi piyodalar yo‘lagi qurib bitkazilganiga hali 3 oy bo‘lmadi. Afsuski o‘zimiz shu ahvolga solyapmiz. Biz yaxshi yashashga munosibmizmi,bir o‘ylab ko‘ring..." deyiladi xabarda.

Mulohaza o‘rinlimi?

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid

Bugun bir guruh fuqarolar tuman hokimligiga murojaat bilan kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular "Real agro cotton" UK ishchi xodimlari bo‘lib, 2 oy mobaynida ish haqlari to‘lab berilmagan.

Qonunlar ustuvor davlatda yashayapmiz. Bu salbiy holat tuman hokimi va prokuratura nazoratiga olindi.

Hokimlik zalida murojaatchi ishchilar va korxona rahbari P.Esonovning yuzma yuz muloqoti taskil qilib, zudlik bilan 37 nafar ishchiga maoshini to‘lab berish topshirig‘i berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid

Murojaat qilish oson, nazorat qilishchi?

So‘nggi vaqtlarda aholi murojaatlarining asosiy qismini kommunal sohalarga oid yechimini kutayotgan muammolar tashkil etmoqda. Davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 408-sonli qarori ushbu muammolarga eng yaxshi yechim bo‘lmoqda. Masalan Piskent tumanida 27 mlrd so‘m mablag‘ suv, yo‘llardagi masalalarni hal etish uchun 16 ta loyihaga yo‘naltirildi.

Ammo bunda qurilish-ta’mirlash ishlarini kim nazorat qilmoqda? Xalq deputatlari Piskent tumani kengashi deputatlari, keng jamoatchilik va eng ko‘p murojaat yo‘llagan fuqarolar qurilish ishlaridan boxabarmi? Piskent tumani hokimligi Axborot xizmati bunyodkorlik ishlarni tasvirga olish jarayonida afsuski, biror bir jamoatchilik vakilini uchratmadi! Murojaat qilish oson, nazorat qilishchi?

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid
#Murojaat

"Assalom alaykum, men Piskent tumani Birlik mahallasi Gulshan massivida yashayman. Bizni doim kuz, qish faslida bitta muammo qiynaydi, ya’ni ko‘p qavatli uyimiz tomidan chakka o‘tib turadi. Shaxsan men va ayrim qo‘shnilarim o‘rtada pul yig‘ib, tomni amallab remont qildik, lekin mana yomg‘ir yog‘di deguncha yana suv tomyapti. Tuman hokimidan amaliy yordam so‘rab qolamiz.

Gulshan massivi fuqarolari."

Darhaqiqat, ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumida bunday noqulayliklar ko‘plab uchraydi. Ushbu murojaatni tuman Uy-joy kommunal bo‘limiga yetkazib, hal etilishi nazoratga olinadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid
#Murojaat

Piskent tumani Bekobod mahallasida suv quvuri yorilib, yo‘lning qatnov qismiga toshib ketgan. Ham suv isrof bo‘lmoqda, ham yo‘lovchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Tuman Suv ta’minoti korxonasining holatni bartaraf etishi nazoratga olinadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid

Yong‘inni o‘chirishga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan to‘siqlar to‘sqinlik qildi

Bugun Oybek MFY Toʻmaris koʻchasida fuqaro Yo.A. xonadonida yongʻin sodir boʻldi.

Yongʻin haqida xabar tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi dispetcherlik xizmatiga ertalab soat 9:08 da kelib tushgan boʻlib, yongʻin oʻchirish brigadasi va maxsus transport soat 9:15 da yetib bordi.

Ammo ushbu Toʻmaris koʻchasiga oʻrnatilgan temir toʻsiq sababli suv ortilgan oʻt oʻchirish transporti yongʻin sodir boʻlgan xonadonga kirishga xalal bergan. Shunga qaramay, toʻsiqdan oʻtib, oʻt oʻchirish brigadasi tomonidan soat 9:40 da yongʻin batamom bartaraf etildi.

‼️Shu oʻrinda fuqarolardan aholi yashash punktlarida yoʻllarga toʻsiqlar oʻrnatmaslik, koʻchalarni turli noqonuniy qurilmalar bilan yopmaslikni soʻrab qolamiz. Bunday holatlar odamlarning hayotiga, yillar davomida orttirgan mol-mulkiga katta zarar yetkazishi mumkin.

R.Axrorov, Piskent tumani FVB boshligʻi, podpolkovnik.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanqid
#Murojaat

2022 yilda Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida og‘ir hudud sifatida ichimlik suvi, yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilgan, qish mavsumida ko‘mir muntazam yetkazib berilgan. Yo‘llarni shag‘allashtirish muammosi ham tegishli korxona mutasaddilari tomonidan oxiriga yetkaziladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi