PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Imkoniyatlar_daftari
#Murotali_yoshlari

Murotalilik yoshlar bugun nima bilan band?

Murotali mahallasi ahli asosan dehqonchilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishadi.
Bugungi kunda mahalla ahlining 810 nafarini 14-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hududlarda yoshlar yetakchilari faoliyat boshlaganida, murotalilik Hayot To‘xtaxo‘jayev mahalla yoshlarga yetakchi bo‘ldi.

-Tengdoshlarimning hayotini foydali va mazmunli o‘tkazishiga, foydali yumush bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashishni maqsad qilganman,-deydi Hayot.

Faoliyati avvalida 14-30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlarni imkoniyatlari, qiziqishlari, shart-sharoitiga ko‘ra xatlovdan o‘tkazgach, ularning 36 nafari “Yoshlar daftari”ga olindi. Hozirgi kunda yoshlar yetakchisi yordami bilan ularning 5 nafari imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini boshlab yuborgan. 3 nafari subsidiya, 3 nafari o‘zini band qilgan bo‘lsa, boshqalari 10 yilga ijara asosida yer olib, dehqonchilik bilan shug‘ullanishmoqda.