PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kasbga_oʻqitish

200 nafar ayolni kasbga o‘qitish imkoniyati yaratildi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xuzuridagi Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida xotin-qizlar uchun oʻquv kurslari tashkil etildi.

Ayollarning shaxsiy tomorqa va yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻnikmasini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish maqsadida oʻquv kurslarida Piskent tumanidagi ishsiz ayollar va “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan bir guruh xotin-qizlar yuborilmoqda.

4 bosqichda tashkil etiladigan oʻquv kursi 22-yanvardan 3-fevralgacha davom etib, piskentlik 200 nafar ishsiz ayollarni oʻqitish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7👏1😍1