PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.79K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hokim_qarori

Piskent tumanida 1 yarim ming gektar bog‘ tartibga keltirilib, qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari joylashtiriladi

Bu haqda tuman hokimi Nodirbek Yakubov 198-10-142-Q/23-sonli qarorni imzoladi. Mazkur qarorga ko‘ra, agrar soha mutaxassislari va mas’ullaridan iborat ishchi guruhi mavjud bog‘larni nazorat qilib, tartibga keltirish, qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari ekishni tashkil etadi.

Tumandagi 10 ta agrar hududda jami 1814 gektar bog‘ va tokzor mavjud. Shundan ekin joylashtirish imkoni bo‘lgan 1555 gektari tartibga solib, qator oralariga kuz oylarida 450 gektar piyoz, 180 gektar sarimsoqpiyoz, 103 gektar sabzi, 18 gektar ko‘katlar, 40 gektar karam, 15 gektar rediska, jami 645 gektar qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish rejalashtirilgan.

Buning natijasida bog‘lar va tokzor maydonlardan samarali foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport xajmini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hokim_qarori

Futbol sport turiga eʼtibor yanada yaxshilanadi

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yoshlar oʻrtasida futbol, minifutbol va futzal sport turlarini keng ommalashtirish, yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida Piskent tumani hokimining 2023-yil 29-dekabrdagi 273-10-142-Q/23-sonli qarori imzolandi.

Mazkur qaror asosida taʼlim muassasalari va sport maktabidagi mavjud hamda egasi nomaʼlum boʻlgan stadionlar xatlovdan oʻtkazilib, tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hamda qonunchilikda taʼqiqlanmagan manbalar hisobidan infratuzilmasini yaxshilash, sport seksiyalari faoliyatini rivojlantirish va tizimli ravishda musobaqalar oʻtkazish belgilangan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hokim_qarori

Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarida ijara to'lovi narxlari o'zgardi

Toshkent viloyatidagi bozor va savdo komplekslari ma'muriyati tomonidan 2024-yilda undirib olinadigan bir martalik yig'imlar, ijara to'lovlari va ko'rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari joriy etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, xalq iste'moli mollari, poliz ekinlari, gul va ko'chatlar, idishli hamda o'ramli tovarlar sotishda belgilangan savdo o'rinlarining hajmi va narxlari tasdiqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

"Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron va Piskent tumanlarida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish" investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Shuningdek, mazkur qarorda nomlari keltirib oʻtilgan tumanlar hududida elektr energiyasini saqlash tizimi, elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olish hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritish vazifasi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Toshkent, Piskent va Oʻrta Chirchiq tumanlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Jumladan, Toshkent tumanida boʻsh turgan va tegishli hujjatsiz foydalanilayotgan 74,73 gektar, Piskent tumanidagi 111,70 gektar hamda Oʻrta Chirchiq tumanida zaxiraga qaytariladigan 93,74 gektar fermer va qishloq xoʻjaligi yerlari mavjudligi belgilandi. Mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyiha menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 2024-yil 1-aprelga qadar ularga ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tuziladi.

Joriy yil 1-iyulga qadar mazkur vazifa egalari faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishi tajriba-sinov tariqasida, yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish choralari koʻriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimi takomillashtiriladi

Jamoat transportida yoʻlkira tushumlari toʻliq yigʻilganini tahlil qilish, yoʻlovchi tashishni moliyalashtirishning shaffofligini taʼminlash choralari koʻriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Joriy yil 1-iyunga qadar jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi.

Shuningdek, 1-iyuldan boshlab Toshkent viloyati markazlarida muntazam 21 ta shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil qilish va moliyalashtirish tizimini joriy qilishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatining bir qancha hududlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Xususan, Yangiyoʻl tumanida 108,6 va 105,52 gektar, Boʻka tumanida 113,28 gektar, Qibray va Piskent tumanlarida uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM