PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.46K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Diqqat_e'lon

⚡️⚡️⚡️Hurmatli tadbirkor va eksportyorlar!

Tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilayotgan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul joriy yilning 25 mart kuni soat 10:00da Piskent tumanida bo‘lib o‘tadi.

Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Najmiddinxodja Sharipov boshchiligida viloyat va tuman mutasaddilari, xususan, mazkur masalaga bevosita dahldor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etiladi.

Muloqotga barcha tadbirkor va eksportyorlarni taklif etamiz.

Eslatma: sayyor qabul Piskent tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi

☎️Murojaat uchun telefon:

+998908088989, +998997966061.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi