PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Rasmiy
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani fermerlari nomidan deya murojaat e’lon qilindi. Unda bir guruh fermerlar nomidan hokimning og‘zaki ko‘rsatmasi bilan urug‘lik don ololmayotgani, paxta rejasi oshirib qo‘yilgani to‘g‘risida iddao qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida jismoniy shaxsning ism-familiyasi va yashash manzili ko‘rsatilmagan ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan... murojaatlar anonim murojaat ekanligi; 29-moddasida esa anonim murojaatlar ko‘rilmay qoldirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ta'kidlash kerakki, agroklasterlar faoliyati hokimlik faoliyatidan butunlay mustaqil yuritiladi va klasterning fermerlar bilan munosabatlariga aralashilmaydi. Shu bois,
tumanda kuzgi g‘alla ekilishi holati yuzasidan keltirilgan noto‘g‘ri ma’lumot borasida “Mirzaobod parranda asl”MCHJ g‘allachilik klasteri rahbari U.G‘ulomov aniqlik kiritib, ma’lumot berdi:

Mirzaobod parranda asl”MCHJ g‘allachilik klasteri tomonidan Piskent tumanidagi 177 ta fermer xo‘jaligi bilan 7 ming 655 gektar yerda g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Murojaatda yozilganidek, urug‘lik berilmay, g‘alla ekilmay qolmagan. Bugungi kungacha 167 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6 ming 771 gektar maydonga kuzgi g‘alla sepildi. Buning uchun fermerlarga Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan berilgan sertifikatlarga asosan tayyor yer maydonlariga zarur mahsulotlar-gektariga 250 kgdan urug‘lik don, 200 kg dan ammafos, 50 kgdan kaliy mineral o‘g‘itlari, o‘rtacha 42 litr yoqilg‘i-moy bilan ta’minlandi. Klasterda 2023 yil uchun zarur mahsulotlar zahirasi mavjud.
Qolgan 10 ta fermer xo‘jaligining 8 tasi bilan klaster o‘rtasidagi shartnoma shartlari bajarilmaganlik holati yuzasidan sud jarayoni olib borilmoqda.”

Shuningdek, “Real agro kotton” MCHJ paxta klasteri boshqaruvchi o‘rinbosari Z.Dadayev bergan ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlar bilan 23 ming 885 tonna paxta yetishtirish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ammo bahorda tabiiy ofat natijasida Do‘sbekov va Oxunboboyev hududlarida 1000 gektar maydonda g‘o‘za nihollarining do‘l urishi oqibatida qariyb 1200 tonna hosil yo‘qotildi, tumanning umumiy paxta xirmoniga zarar yetdi. Shu bois, hosilning yetmagan qismini tumanning boshqa hududlaridagi serhosil maydonlardagi paxta hisobiga to‘ldirish maqsadida dalalardagi bor paxta hosilini terib topshirish uchun takliflar berilgan.

E’tiborga loyiq jihati, respublika va viloyatda o‘rtacha hosildorlik 34-35 sentnerdan bo‘lib turgan vaqtda tumandagi ilg‘or fermerlar -“Eshbekova Ma’suda” f/x rahbari B.Eshbekov, “Ismatov Islom” f/x rahbari M.Ismatov, “Ulug‘bek Piskent agro”f/x rahbari Ya.Yo‘ldoshev, “Topilova Hakima”f/x rahbari H.Topilova, “Jahongir”f/x rahbari J.Isoqov, “Avazova Muhabbat” f/x rahbari M.Avazov, “Jamshid” f/x rahbari N.Xojiyev, “Baxt Alpomish”f/x rahbari B.Abralov singari fermerlar tumanimiz mirishkorlari hosildorlikni 31 sentnerdan ko‘tarishini ta’kidlab, tashabbus ko‘rsatishdi. Yog‘ingarchilik to‘xtagach, dalalardagi ming mashaqqat evaziga yetishtirilgan hosilni so‘nggigacha terib olish va 96,5% lik rejani 100%ga yetkazish bo‘yicha munosabat bildirganlar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Piskent tumani hokimligi Axborot xizmati rahbarining “Do‘stlik” mahallasidagi holat yuzasidan BAYONOTI.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani I.Haydarov qishlog‘i ko‘chalari ta’mirtalab ekanligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi.

Murojaatdagi hudud Kelovchi MFY bo‘lib, 2-sektor hududida joylashgan. 2022 yil ta’mirlash dasturi asosida shu mahalladagi A.Navoiy ko‘chasi 1000 m, Ogahiy ko‘chasi 700 m qismi asfalt qilinishi belgilangan va to‘liq bajarilgan.
Sektor rahbari tashabbusi bilan murojaatdagi Istiqlol, Obod va Ulug‘bek ko‘chalarini aholi bilan hashar qilib shag‘allashtirish kelishilgan bo‘lib, Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan 3noyabrda Istiqlol ko‘chasiga 6 mashina, 17 noyabrda Obod ko‘chasiga 29 mashina shag‘al yetkazib berilgan. Ulug‘bek ko‘chasiga ham shag‘al yetkazish rejalashtirilgan.
Ammo yetkazilgan shag‘al haligacha ushbu ko‘chalarda yashovchi aholi tomonidan yoyilmagani suratlardan ham ko‘rish mumkin. Sinov davri bo‘lgan kuz-qish mavsumida biroz mehnatdan qochmasdan, ahillikda shag‘alni yoyib qo‘yilsa, fuqarolarga ham foyda bo‘ladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Bugun "Real agro cotton" UK tomontdan paxta tozalash zavodi ishchilariga oylik ish haqlari vaqtida berilmayotgani haqida murojaat e’lon qilindi.

Holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

"Real agro cotton" UK paxta tozalash zavodining 37 nafar ishchi xodimlari oylik ish haqi o‘z vaqtida berilmayotgani to‘g‘risidagi 12 dekabr kuni
arizalarini tuman prokuraturasiga taqdim etishgan. Bugun Paxta tozalash korxonasi rahbari P.Esonov ishtirokida ushbu holat bo‘yicha tushuntirish olindi. P.Esonov tomonidan 3 kun ichida ishchilarga oylik ish haqi to‘lab berilishini ma’lum qilingan.
Vaziyat tuman prokuraturasi nazoratiga olingan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#bayonot

Toshkent viloyatida shu kunga qadar “DOK-1 MAKS” dorisidan oʻlim holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan
bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq orqali Piskent tumani, Muratali maхallasi Ziyolilar ko‘chasi, 83-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Shakiravadan murojaat yo‘llangan. Unda necha yillardan buyon ushbu manzilda yashovchi Sh.Shakiravaga uy-joy so‘rab qilgan murojaatlari hal etilmagani qayd etilgan.

Murojaat yuzasidan quyidalarni bayon qilamiz:

1.Piskent tumanida uy-joy sharoitini yaxshilash istagi bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida G‘ayrat mahallasida 19 gektar maydonda 5-7 qavatli 2-3 xonali arzon xonadonlar(kvartira) qurilishi boshlangan bo‘lib, 20 yil muddatga imtiyozli kredit asosida harid qilish imkoniyati mavjud. Fuqaro Sh.Shakirava ham ushbu xonadonlardan harid qilishiga xech qanday to‘sqinlik yo‘q.

2.Murojaat yuzasidan Murotali MFY tomonidan berilgan ma’lumotnomagan ko‘ra, fuqaro Sh.Shakirava “Temir daftar”ga ro‘yxatda turganligi uchun yashayotgan xonadoni qurilishi uchun 3 mln so‘m, 260 kg un, oziq-ovqat maxsulotlari, Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan 600 ming so‘m mablag‘ “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan ajratilgan. Tegishli yordam ko‘rsatilgan.

3.Olmaliq shahri Kimyogar MFY tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro Sh.Shokirova ayni bir vaqtning o‘zida Olmaliq shahri Kimyogar MFY, Extirom ko‘chasi 8-uy, 53-xonadonda ham yashashi, “Ayollar daftari”ga 3-toifa “ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayol”toifasiga kiritilib, ish o‘rinlari taklif etilgan bo‘lsada, ishni rad etgan, o‘zini band qilib, daromad topishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi olganligi ko‘rsatilgan.

Xulosa qilib aytganda, ushbu fuqaro davlatimiz tomonidan berilgan barcha ijtimoiy yordamlardan to‘liq foydalanib kelmoqda.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Majburiy ijro byurosi:
Qarzdor korxonadan undirilgan mablag‘lar belgilangan navbat bo‘yicha taqsimlanadi

Joriy yilning 31 yanvar kuni YouTube ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Sarbon” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga qarzdorlik mablag‘lari undirib berilmayotganligi haqidagi xabarlar joylashtirildi.

Majburiy ijro byurosi Piskent tumani bo‘limi bu haqda bayonot berdi

Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 2023 yil 11 mart kuni soat 14:13 larda Piskent tumani IIB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Piskent tumani “Lolaariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Ohangaron daryosi qirg‘og‘idagi maydonda yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlangan. Natijada taxminan 1 gektar maydonda jing‘il va qurigan o‘t-o‘lanlar yongan.

Yong‘in FVB o‘t o‘chirish brigadasi tomonidan bartaraf etildi. Yong‘in bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma Piskent tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga yuborildi.

Hozirgi vaqtda FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Piskent tumani FVB.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

G‘ayrat mahallasida kanalizatsiya muammosi - Pudratchi korxona mutasaddisi bayonot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumanida ichimlik suvi ta’minoti darajasi past, tuman hokimligi holatga panja orasidan qaramoqda, degan mazmundagi tanqidiy material yuzasidan BAYONOT

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

You tube tarmog‘ida "Piskent tumanini unutib qo‘yishdimi?" sarlavhali material yuzasidan BAYONOT

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq orqali Piskent tumani Oqtepa mahallasi aholisi “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgani, lekin ijrosi paysalga solinayotgani to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilindi.

Piskent tumani Oqtepa mahallasi fuqarolar “Tashabbusli budjet” loyihasida 2023 yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan. “Mening yo‘lim” loyihasida mahallaning Navro‘z ko‘chasi 2 kilometr qismi to‘liq asfalt qilindi.

Murojaatda ko‘rsatilgan loyiha, ya’ni gaz ta’minotini yaxshilash uchun ulanish nuqtalarini o‘zgartirish tashabbusi ham Xalq deputatlari tuman kengashida ma’qullangan. Pul mablag‘i hokimlikka kelib tushmagan, aksincha hokimlik mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismidan shu loyiha uchun ajratilgan.  Hozirgi vaqtda qurilishni amalga oshiruvchi  pudrat tashkilotini tanlovi bosqichida turgan bo‘lib, loyihada g‘olib bo‘lgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Telegram tarmog‘ida Piskent tumani o‘rmon xo‘jaligidagi dala hovlida ayolni itlar tishlagani bo‘yicha xabarlar e’lon qilindi.

Obodonlashtirish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Holat 2 oktyabrda Lolaariq MFY hududi Angren o‘rmon xo‘jaligidagi dala hovlilarda sodir bo‘lgan. Voqea bo‘yicha shu kunning o‘zida tuman FVB, IIB profilaktika inspektori va Obodonlashtirish mas'ullari  voqea joyiga borgan. Itlardan jabrlangan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, hozirda ahvoli qoniqarli. Ushbu itlar dala hovlida yashovchi fuqarolarning itlari bo‘lib, bari tekshiruvdan o‘tkazildi. Viloyat Karantin agentligi, tuman Veterinariya, SЕO va JS bo‘limi xodimlari birga hududda nazorat qilmoqda. Bu yerda itlar asosan dala hovli egalariga tegishli bo‘lib, nazoratsiz itlar tutib, topshirildi. Egalariga hayvonlarni kasallikka qarshi emlash va uyda nazoratda saqlashga topshiriq berildi. Ayolni tishlagani gumon qilingan itni egasi(qo‘shnisi) topshirishdan bosh tortgani sababli IIB orqali tegishli chora ko‘rilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ob-havo haroratining pasayishi respublikada boʻlgani singari Piskent tumanida ham kommunal sohada bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kuz-qish shtabi tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligini haʼminlash, gaz va elektrdagi muammolarning hal etilishi yuzasidan tuman hokimining matbuot kotibi M.Rustamova axborot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Sovuq ob-havo sharoitida tuman shtabi hamda korxona va tashkilotlarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shu haqda Piskent tumani hokimining matbuot  kotibi M.Rustamova bayonot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Piskent tumanida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tuman hokimligida tuzilgan maxsus SHTABning joriy yil 14-15-dekabr sanasidagi faoliyati yuzasidan tuman hokimining matbuot kotibi M.Rustamovaning axboroti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Piskent tumanida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tuman hokimligida tuzilgan maxsus SHTABning 15-16-dekabr sanasidagi faoliyati yuzasidan tuman hokimining matbuot kotibi M.Rustamovaning bayonoti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Kultepa mahallasida parrandachilik fermasida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish harakatlari olib borilmoqda. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Piskent tumani FVB.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

⚡️Bugun, 18-yanvar kuni erta tongda (soat 04-22) Doʻngqoʻrgʻonda podstansiyasida avariya ( L Quruqsoy yacheykasida) sodir boʻlgan. Natijada Oqtom, Taraqqiyot, Murotali, Saidobod, Ahil, Kultepa mahallasining katta qismida elektr energiyasi taʼminoti uzilib qolgan.

Ayni vaqtda avariya brigadasi jalb qilingan. Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tez fursatlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi