PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.43K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_bozori
#Ayollar_daftari

Mehnat bozorida tekstil korxonasi 800 ayolga ish taklif etdi

Tuman hokimligi va sektorlar hamkorligida “Ayollar daftari”dagi va ishsiz ayollar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada tumandagi 64 ta korxona va tashkilot mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Mehnat  bozorida 17 nafar ayolga ishga joylashish uchun yo‘llanma, 10 nafar yoshlar hamda 12 nafar xotin-qizga munosib ish topildi. 21 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligiga oid maslahatlar, kasb-hunar markazi bitiruvchilariga esa sertifikatlar topshirildi.

Ahamiyatlisi, yarmarkadan so‘ng ish izlovchi ayollar uchun avtobus tashkil qilib, tuman hokimi o‘rinbosarlari M.Miryunusov va M.Mirsoatova boshchiligida 800 ta xotin-qizga ish taklif etayotgan “MARK FORMELLE IT” MChJ tekstil korxonasiga borishdi.Korxonada bo‘lgan xotin-qizlar yaratilgan shart-sharoit, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7👏1
#Ayollar_daftari

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Mirsoatova boshchiligida “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlar turmushi o‘rganildi.

Jarayonda Birlik mahallasi raisi B.G‘aniev bilan birgalikda shu mahallada yashovchi M.Bo‘ronova, A.Mo‘minjonova hamda D.Azimovaga ro‘zg‘origa yordam sifatida 50 boshdan tovuq 1 oylik yemi bilan birga topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6
#Ayollar_daftari

Yurtimizda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etishga kirishilgan

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi. Seminarda tuman hokimi qisqa muddatli ta’tilga chiqqanligi sababli o‘rinbosari M.Miryunusov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi mas’ul xodimi R.Gaziyeva, mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Jarayonda Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyatiga hamda unda belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi. "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimining 4-bosqichi uchun xatlov jarayonlarini sifatli olib borish, ko‘rsatiladigan yordamlarning haqqoniy bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍6
#Ayollar_daftari

Tumanimizda “Ayollar daftari” to‘rtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlari mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari ishtirokida olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, "Ayollar daftari" — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan xatlov natijasida 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar sharoiti o‘rganilib, ularga tegishli mezonlar asosida yordam ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍71
#Ayollar_daftari
#Xatlov

Piskent tumanidagi to‘rtta sektorda 2023-yil 4-bosqich "Ayollar daftari"ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida mahalladagi xotin-qizlar faollari hamda mutasaddi tashkilotlardan biriktirilgan ishchi guruh tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8
#Sektorlar_faoliyati
#Ayollar_daftari

Piskent tumanidagi 4 ta sektor shtablarida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tomonidan "Ayollar daftari" 4-bosqichini shakllashtirish boʻyicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashdan biriktirilgan masʼul xodim R.Gaziyeva hamda tuman hokimi orinbosari M.Usmonova, sektor mas'ul kotiblari, xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Jarayonda "Ayollar daftari"ning 4-bosqichini toʻliq shakllantirish, soʻrovnoma va individual anketalarni toʻldirish tartiblari yuzasidan maʼlumotlar berildi. Mahallalarda ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍8🙏1
#Ayollar_daftari

Hech bir ayol e'tibordan chetda qolmaydi

Piskent tumanida
-“Ayollar daftari”da turuvchi 9 nafar xotin-qizlarga davolanish va dori-darmon harajatlariga jami 90 mln 611,0 ming soʻm;
-Bir martalik moddiy yordam 1986 nafar xotin-qizlarga jami 1 mlrd 761 mln 320,0 ming soʻm;
-Ehtiyojmand 35 nafar xotin-qizlarga uy joylarini taʼmirlashga va boshqa harajatlariga jami 131mln 773, ming soʻm;
-“Ayollar daftari”da turuvchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 7 nafar xotin-qizlarga bir martalik kontrakt toʻlovlariga jami 26 mln 240,0 ming soʻm;
-Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar xotin-qizlarga ijara toʻlovlariga jami 11 mln 500,0 ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilgan.

🌐BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
👍7🙏2🔥1🎉1