PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.65K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Agrar_soha

Qishki agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Kunlar sovuq bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda tumanimiz fermerlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida qishki agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Piskent tumanida 2023 yil hosili uchun 7 ming 655 gektar maydonga kuzgi bug‘doy sepilgan. Ayni vaqtda g‘alla hosildorligini oshirish maqsadida agrotexnik qoidalarga muvofiq ekin maydonlariga mahalliy o‘g‘it olib chiqish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, tuproqqa yarim chirigan 20–30 tonna go‘ng solinganda, har kuni ajralib chiqadigan uglerod miqdori go‘ng solinmagan dalaga nisbatan gektariga 100–150 kg ko‘payadi. Bu esa ekinlardan mo‘l hosil olishda muhim omil hisoblanadi.

Hozirgacha g‘allazorlarda 1ming 489 ta handaq qazilib, 1 ming 340 tonna mahalliy o‘g‘it chiqarildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Agrar_soha
#Mavsum_yumushlari

Bahor yaqinlashmoqda. Ekin ekish mavsumi boshlanishi arafasida Piskent tumanida agrar soha mas’ullari, klaster vakillari va fermerlar ishtirokida mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman hokimi Nodirbek Yakubov qatnashdi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Agrar_soha
#Seminar

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning 15 iyul - Fermerlar kuni munosabati bilan o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Jumladan, Piskent, Navoiy va A.Do‘stbekov hududida bo‘lib o‘tgan seminarlarda soha mutaxassislari ishtirokida g‘o‘zaning mavsumiy agrotexnikasi, g‘o‘za hosiliga shikast yetkazmaslik uchun traktor va kultivatorlar baliq sirti simon qilib o‘rash amaliyotda ko‘rsatib berildi.

Seminarda viloyat hokimi 1-o‘rinbosari X.Niyozov, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, nuroniy keksalar, korxona, tashkilot, hudud rahbarlari va fermer xo‘jaligi raislari hamda mexanizatorlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga tadbirda dasturxon yozib, palov damlandi. Qur'on tilovat qilib, 2023 yil paxta hosili serhosil bo‘lishini tilab, duolar qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Agrar_soha
#Seminar

Qishloq xo‘jaligi sohasida dolzarb palla boshlandi. Bir tomondan paxta hosiliga mavsumiy agrotexnik tadbirlar, ikkinchi tomondan el rizqi bo‘lgan kuzgi bug‘doy sepadigan vaqt yaqinlashmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Piskent tumani A. Do‘stbekov hududida seminar tashkil etildi. Unda agrar sohadagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Seminarda tuman hokimi N.Yakubov rahbarligida sektor rahbarlari, klaster rahbarlari va fermer xo‘jaliklari raislari, agrar soha mas’ullari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Jarayonda kuzgi boshoqli don ekish mavsumini samarali tashkil qilish, qulay ob-havo sharoitidan unumli foydalanish, g‘o‘za parvarishidagi mavsumiy tadbirlar va oziqlantirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish to‘g‘risida so‘z yuritildi. Fermerlarga mutaxassis tavsiyalari berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi