PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kun_qahramonlari

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bugungi qor-qirovli kunlarning asosiy qahramonlaridir.

Ularning mehnati bilan maktab va bogʻchalar, shifoxonalarga olib boruvchi yoʻllar, odam gavjum maskanlar atroflari muzlamadan tozalanib bormoqda. Koʻchalarga tuz-qum aralashmasi sepilmoqda.

Buning uchun kunu tun navbatchilik tartibida ishlavchi 60 nafar ishchi, 5ta texnika vositasi jalb etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
⚡️Elektr taʼminoti tiklandi

Elektr taʼminoti korxonasi avariya brigadasi tomonidan Chimqoʻrgʻon mahallasida taʼmirlash jarayonlari yakuniga yetkazildi va isteʼmolchilarga elektr taʼminoti tiklandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼtibor

Qattiq sovuq kunlarda odamlar imkon boricha oʻzini ichkariga olgan bir vaqtda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari qor-yomgʻir demasdan tumandoshlarimiz qiynalmasdan yurishi uchun mehnat qilishmoqda.

Bugun tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xolmurod Karimov tomonidan ana shu fidoyi insonlar uchun dasturxon yozildi. Katta qozonda palov damlab, ishchilarga tushlikka tarqatildi.

Bunday sinovli kunlarda qilingan xayrli ishlar davom etsa, homiylik va savob amallar koʻpaysa, nafaqat tanga, inson koʻngliga ham iliqlik yuguradi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

“Piskenttumangaz” filiali dispetcherlik xizmati orqali 12-13-dekabrda 47 ta murojaatlar qabul qilingan. Murojaatlarning 24 tasi hal etilgan. Tuman hokimining topshirigʻi asosida tabiiy gaz bosimi pasaygan va ayrim qisman gazlashmagan hududlar aholisi uchun “Piskenttumangaz” tuman filiali tomonidan shartnoma asosida suyultirilgan gaz yetkazish choralari koʻrilmoqda.

Suratlarda: Doʻstlik mahallasiga suyultirilgan gaz tarqatish jarayoni.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi