PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ob-havo haroratining pasayishi respublikada boʻlgani singari Piskent tumanida ham kommunal sohada bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kuz-qish shtabi tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligini haʼminlash, gaz va elektrdagi muammolarning hal etilishi yuzasidan tuman hokimining matbuot kotibi M.Rustamova axborot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Harorat pasaygani sari tuman rahbarlari zimmasida masʼuliyat ortib bormoqda.

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov 12-dekabrdan 13-dekabrga oʻtar kechasi bolalar yashab taʼlim oluvchi 79-maktab internatida boʻldi. Masʼullar hamrohligida muassasa yotoqxonasining issiqligi, dars xonalaridagi sharoit, internat hududining qordan tozalanib, muzlamalarni bartaraf  etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

Ertaga, 14 dekabr kuni soat 15:00da tuman hokimi, 1-sektor rahbari Nodirbek Yakubovning Do‘ngqo‘rg‘on mahallasi aholisi uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Qabul vaqti: 14 dekabr
Manzil: 19-maktab

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Muammolar tizimli hal etilmoqda

Piskent tumani 1-sektor hududidagi Chimqoʻrgʻon mahallasi 20-maktabda gaz bosimi pasayib ketgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan edi. Tuman hokimi 1-sektor rahbari Nodirbek Yakubov erta tongdan 20-maktabga bordi. Тaʼlim tizimi masʼullari va kommunal soha vakillari hamrohligida maktabdagi muammo oʻrganildi. Tuman hokimi topshirigʻi bilan “Piskenttumangaz” filiali xodimlari jalb etilib, maktabning gaz taʼminoti yaxshilanmoqda.

Shundan soʻng Nodirbek Yakubov Chimqoʻrgʻon mahallasidagi ayrim xonadonlarga ham kirib, gaz va elektr taʼminoti holatini koʻrib chiqdi. Hozirda ushbu hududda bu borada muammolar aniqlanmadi.

Tuman hokimining keyingi manzili Gʻayrat mahallasidagi 39-maktab boʻldi. Maktab rahbariyati bilan suhbatda tegishli vazifalar topshirildi. Maktabda elektr bilan bogʻliq masala Elektr taʼminoti korxonasi avariya brigadasi tomonidan tezlikda bartaraf etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

Chimqo‘rg‘on MFYda joylashgan 163-sonli transformatorning 0,4 kVt taqsimlash shitini joriy taʼmirlash uchun qisqa muddatga elektr energiyasi oʻchiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Piskent TETK.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Oqtepa mahallasi 50-sonli oilaviy shifokor punktida gaz bosimi pasayib ketgani toʻgʻrisida murojaat yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari D.Abdazimov va “Piskenttumangaz” filiali xodimlari borib oʻrganishdi. Mutaxassislar tomonidan gaz bosimi yaxshilandi.

Shu bilan birga hududdagi 12-sonli maktab issiqligi va shart-sharoit mahalla raisi J.Sheronov tomonidan koʻzdan kechiildi. Maktab koʻmir bilan isitilib, mavsumga yetarli koʻmir zahirasi yaratilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi