PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Jarayon

Suvtiliklar hursand

-Mahallamizga ikki oy oldin hokim va hokimiyat vakillari, mahalla faollari kelib, xonadonlaringizni, mahallangizni obod qilinglar, biz yordam beramiz, deganlarida rosti, ishonmagandik,-deydi Suvti mahallasi Tinchlik koʻchasi 50-uyda yashovchi Sayyora aya Abduqodirova.

Mana, berilgan vaʼdalar bajarilganini, mahallamiz eʼtibor markazida ekanligini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Davlat tashkilotlari bilan birga mehnat qilishdik. Yoʻllarimiz ravon, koʻchalarimiz charogʻon boʻldi. Nevaralarim tep-tekis koʻchadan maktabga borishyapti. Hammasi uchun rahbarlarimizga rahmat!

Sayyora aya hozir kelini Gulandom bilan ertangi kunga katta hozirlik koʻrmoqda. Gullar uzib, shirmoy nonlar yopib, taomlar tayyorlab, hovlida mehmon kutishga tayyorgarlik koʻrilyapti.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
ДИҚҚАТ, СЎРОВНОМА НАТИЖАЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГ!

‼️ Энг фаол маҳалла етакчилари ўртасида ўтказилган cўровнома ўз якунига етди.

🔰30 ноябрь куни соат 17:00 даги натижаларга кўра, энг кўп овоз тўплаган номзодлар қуйидагилар:

🥇 Низомиддин Муҳиддинов – 2200 та овоз;
🥈 Ҳалима Раимбердиева – 1761 та овоз;
🥉 Толибжон Турсунбоев – 1281 та овоз.


📌 Абдумажид Деҳқонов, Санжар Кочеров, Хусниддинхон Рустамов каби етакчилар эса охирги ўринларни банд қилишди.

🎁 Эслатиб ўтамиз, сўровномалар ғолиблари йил якунида тақдирланади.

Сўровномаларимиз эса давом этади.

Yoshlar kundaligi
#Profilaktika

Piskent tumanida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Gaz taʼminoti korxonasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻquv amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari huzurida oʻtkazilgan mashgʻulotda xizmatda va uy sharoitida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish va boshqa noxush voqealar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, ogoh boʻlish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish choralari eslatib oʻtildi. Favqulodda vaziyatlar boʻlganda harakatlanish qoidalari oʻrgatilib, targʻibot materiallari tarqatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Avtobus_yoʻnalishi #Yangilik

O'zbekiston Respublikasi PQ-59-sonli qarori bo'yicha Toshkent  viloyatining Angren shahar "Bunyodkor" ko'chasi bo'ylab hokimiyat oldidan 5/5 dahasigacha 1.23 yo'lning belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun yo'l yotiq chiziqlari chizildi hamda harakatlanish tasmasi 1.1 o'q chiziqlar bilan ajratildi.

Shu bilan birga, chorraxalarda burilish tasmasiga yetmasdan, tutashmalarga kirish va chiqish joylarida 1.1 o'q chizig'iga qo'shimcha tarzda 1.5 yo'l yotiq chiziqlari chizildi, 5.10.3 yo'l belgilari o'rnatildi.

Eng asosiysi, Angren shahrida mazkur yo'llarda avtobus harakatlanish yo'nalishini bildiruvchi "A" avtobus belgilari chizildi.

Ushbu belgilar yaqin kunlar ichida Olmaliq shahrida ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Piskent tumani Suvti mahallasida bayram tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Bayram dasturidan
-Sport marafoni
-Yangi mahalla binosining ochilishi
-Yangi tibbiyot punktining ochilishi
-Obod xonadon, obod koʻcha va obod mahalla mezonlari asosida taqdirlash marosimlari
-Estrada xonandalari va madaniyat xodimlari ishtirokida musiqiy dastur
-Sport musobaqalari tashkil etiladi.

Tadbirlar 2-dekabr, soat 9:00 da boshlanadi.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

📣 ДИҚҚАТ, ДИҚҚАТ! СУВТИДАН ГАПИРАМИЗ!

🎉 Эрталабдан Пискент туманидаги "Сувти" маҳалласида байрамона кайфият ҳукмрон.

🔰 Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев бошчилигидаги вилоят фаоллари ҳам шу ерда.

🤔 Сувтида нималар бўляпти? Бу ҳақида Мирзоозод Мирзонеъматов лавҳасидан билиб олинг. Воқеалар ривожини эса биз билан кузатиб боринг.

Yoshlar kundaligi