PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tabrik

Bugun Piskent tumani hokimligi Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Ulugʻbek Qodirovning tugʻilgan kuni.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi jamoasi nomidan Ulugʻbek Qodirovga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, ishlarida omad hamda oilaviy baxt tilaymiz!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё вилоятига келиб, буюк олим Ҳаким ат-Термизий мақбарасини зиёрат қилди. Қуръон оятлари тиловат этилиб, Аллоҳдан юртимизга тинчлик, халқимизга фаровонлик тилаб дуо ўқилди.

По прибытии в Сурхандарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей великого богослова Хакима ат-Термизи. Были прочитаны аяты из Корана, дуа с просьбой к Всевышнему ниспослать мир и благополучие нашему народу.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Сариосиё тумани Боғистон маҳалласида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Тўпаланг сув омборидан ичимлик суви билан таъминлаш лойиҳаcининг биринчи босқичини ишга тушириш маросими бўлди.

В махалле Богистон Сарыасийского района с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония запуска первой очереди проекта по питьевому водоснабжению из Тупалангского водохранилища.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ichimliksuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sport #Infografika

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4 590 ta sport obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Ijtimoiy_himoya
#Seminar

Joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 596-sonli qarori eʼlon qilindi.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Pensiya jamgʻarmasi Piskent tuman boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida Moʻminobod hamda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Jarayonda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy himoyaga qamrab olish, nafaqalarni manzilligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamda Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbarlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Infografika

-Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam qanday ajratiladi?
-Murojaatlar qanday koʻriladi?
-Mezonlar qanday tekshiriladi?
-Ariza qachon rad etiladi?
-Rasmiy daromad talab qilinadimi?


Ushbu savollarning barchasiga yuqoridagi infografikalardan batafsil javob olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi