PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#mavsum_yumushlari

Piskentlik terimchilar har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olishyaptimi?

Paxta terimi uyushqoqlik bilan o'tadigan va ish bilan band bo‘lmaganlar uchun serdaromad mavsumiy yumush hisoblanadi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev piskentlik terimchilar bilan uchrashganida bu borada o'z fikr va tavsiyalarini bildirib o'tgan edi. Ayni kunlarda Piskent tumanidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida "Mingtepa" mahallasining ko‘ngilli terimchilaridan iborat 25-otryad a'zolari epchillik va ahillik bilan, kuni kecha oppoq ko'rinishdagi paxtazor hosilini yig‘ishtirib olmoqdalar.

Dehqonning maqsadi ham aslida shu, kuzning iliq kunlaridan foydalanib, paxtani tezroq omborlarga yetkazish. Mazkur otryadda jami 153 nafar terimchilar jam bo‘lgan. Ular orasida kuniga 90-100 kilogrammdan tortib, 200 kilogrammgacha hosilni yig'ib-teradigan terimchilar bor.

– Yoshim 61 da, lekin o‘zimni aslo qarigan his qilmayman, – deydi Dono Abduahadova. – Qizim va kelinim bilan birga oilaviy paxta teryapmiz. Kuniga 400-430 kilogramm hosilni terib, har besh kunda 5 million so‘mdan oshiq paxta puli olyapmiz. Bundan tashqari fermerlar har terimchiga 1 litrdan o‘simlik yog‘i ham qo‘shib berishadi. Mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapmiz. Terimchilar orasida biz kabi ilg‘orlik bilan ishlayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Zumrad Shukrullayeva, Maxsuda Abduqodirovalar ham oila a’zolari bilan birga kuniga 400 kilogrammdan ortiq paxta terishmoqda. Terim puli esa tijorat banklari tomonidan paxtazorning o‘ziga yetkazib berilmoqda.

E'tiborni tortgan yana bir muhim jihat shundaki, "Mingtepa" mahallasida xatto uy bekalari ham xonadon yumushlaridan vaqt orttirib, terim ortidan ham xirmonga, ham oilasi ro'zg'origa baraka kirityaptilar. Bir so'z bilan aytganda, "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroyli" degan naql aynan mana shu hudud ahliga nisbatan aytilgandek go'yo.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida ijtimoiy soha ob'ektlari va aholining kuz-qish mavsumini behatar va betalofat o‘tkazishi uchun Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar O‘zbekiston-24 telekanali nigohida.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Besh_tashabbus

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida yengil atletika va quvnoq startlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra,
O‘g‘il bolalar o‘rtasida🥇25-maktab
Qiz bolalar o'rtasida 🥇29-maktab
Quvnoq startlar bo'yicha🥇30-maktab jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonivorlar_muhofazasi

⚡️Jonivorlarga nisbatan shavqatsizlikni oldini olish, shuningdek, ularni asrash, kamyob va yo'qolib ketayotgan hayvonlarni muhofaza ostiga olish bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan.

Ayni shu borada, kuni kecha Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahridagi xonadonlardan birida  topilgan sher bolasi Toshkent hayvonot bog'iga topshirildi.

Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Ekologiya 24" dasturi lavhasida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzReport.news
Piskentlik terimchilar har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olishyapti

Ular mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapti.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/piskentlik-terimchilar-har-5-kunda-5-6-million-so-m-ish-haqi-olishyapti

Lotin|Кирилл
#Yoshlar_tarbiyasi

Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida 23-maktabda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili A.Jumaboyev, tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i D.Qurbonov, tuman bosh imom xatibi Z.Qudratov ishtirok etgan tadbirda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardagi zararli aloqa kanallaridan ogoh etish maqsadida zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

“Toshkent suv taʼminoti”: Piskent tumanida ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot va nazorat ishlari olib borildi.

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani 1-sektor hududidagi Suvti mahallasida viloyat hokimi 1-o‘rinbosari A.Ablullayev va tuman sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Telegram tarmog‘ida Piskent tumani o‘rmon xo‘jaligidagi dala hovlida ayolni itlar tishlagani bo‘yicha xabarlar e’lon qilindi.

Obodonlashtirish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Holat 2 oktyabrda Lolaariq MFY hududi Angren o‘rmon xo‘jaligidagi dala hovlilarda sodir bo‘lgan. Voqea bo‘yicha shu kunning o‘zida tuman FVB, IIB profilaktika inspektori va Obodonlashtirish mas'ullari  voqea joyiga borgan. Itlardan jabrlangan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, hozirda ahvoli qoniqarli. Ushbu itlar dala hovlida yashovchi fuqarolarning itlari bo‘lib, bari tekshiruvdan o‘tkazildi. Viloyat Karantin agentligi, tuman Veterinariya, SЕO va JS bo‘limi xodimlari birga hududda nazorat qilmoqda. Bu yerda itlar asosan dala hovli egalariga tegishli bo‘lib, nazoratsiz itlar tutib, topshirildi. Egalariga hayvonlarni kasallikka qarshi emlash va uyda nazoratda saqlashga topshiriq berildi. Ayolni tishlagani gumon qilingan itni egasi(qo‘shnisi) topshirishdan bosh tortgani sababli IIB orqali tegishli chora ko‘rilmoqda.
#Еʼtirof

Ta’lim tizimining fidoyi xodimlari taqdirlandi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishda o‘zining taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etayotgan, sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh soha xodimlari mehnati e’tirof etildi.

Ozoda Akbarova, 6-maktab o‘qituvchisi – Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan;
Gulchehra Abdunazarova, 6-maktab direktori – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining faxriy yorlig‘i bilan;
Abdurauf Qudratov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Baxtinisa Eshmurodova maktab jamoasi huzurida yorliqlarni o‘z egalariga tantanali topshirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg‘in davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi