PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев муқаддас Макка шаҳрига борди ва умра амалларини бажарди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил главную святыню ислама – город Мекку и совершил обряды Умры.

#Mirziyoyev #tashrif #SaudiyaArabistoni #umra

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yoz_2023

Bolalarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida 6 ta maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat olib bormoqda.

6-maktabda tashkil etilgan oromgohda Sport maktabi bilan hamkorlikda sport musobaqasi uyushtirildi. Bellashuvda g‘olib bo‘lgan eng chaqqon va epchil ishtirokchilar taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Mahalla “beshligi” xalqqa hisobot bermoqda

Piskent tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorlari 2023 yil 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida kengash vakillari hamda ularning a’zolari oldida hisobot bermoqda.

Suratlarda: Guliston mahallasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Hurmatli fuqarolar!

Yana bir bor Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanganini eslatib o‘tamiz.

1️⃣bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Elektr taʼminotida yirik hajmdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida koʻrilayotgan vaqtinchalik choralar keng koʻlamli muammolar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi

Maʼlumki, shu kunlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari jarayonida ayrim hududlardagi elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratib turiladi va ana shu jarayonda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tarmoqlar orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Bundan tashqari, havo haroratining keskin isishi natijasida elektr qurilmalarining haddan tashqari qizishi hamda isteʼmolning ortishi energotizimda katta hajmdagi avariyaviy oʻchishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr taʼminotini yaxshilash uchun muayyan vaqt (bir kun yoki undan koʻproq) talab etishi mumkin.

Asosan, ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Bundan tashqari, ayniqsa, kunduz kunlari elektr uzatish tarmoqlarining nosoz holatga kelishiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi ham taʼsir qilmoqda.

Oddiy aytganda, oʻzi oftobning tigʻi ostida tashqaridan qiziy boshlagan kabel yuklamaning ortishi, son-sanoqsiz konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitqichlar, boylerlar va boshqa elektr texnika jihozlarining bir vaqtda tarmoqqa ulanishi tufayli ichidan ham qizib, asta-sekin tutay boshlaydi.

Ana shu vaziyatda energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar koʻradi.

Masalan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik (ogʻir) darajaga yaqin boʻlgan hollarda, ayrim turarjoy binolari va sanoat obyektlari elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼkidlash kerakki, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda.

Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanligini tushunishlarini va qoʻllab-quvvatlashlarini soʻraymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
MAHALLADAN XONADONGACHA OBOD BO‘LSIN

Piskent tuman hokimi Nodirbek Yakubov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, 29 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Eʼlon

Hurmatli fuqarolar!
Siz dehqon xo‘jaligi tashkil etishni istaysizmi? Unda imkoniyatni qo‘ldan bermang
.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-373-sonli qaroriga asosan Piskent tumanida 2022-2023 yillarda jami 1210 gektar yer maydoni e-auksion.uz platformasi orqali 30 yil muddatga fuqarolarga ajratib berish rejalashtirilgan.

Bugungi kun holatiga
- 1210 gektar yer maydoni ochiq tanlovga chiqarilgan.
- 1128 gektar yer maydoni auksion savdolarida g‘olib topilib, egalari aniqlangan.
- 82 gektar (402 ta lot ) yer maydonlari uchun 2023 yil 24 iyul kuni e-auksion.uz platformasi orqali ochiq tanlovda o‘ynaladi.

Auksion savdolarida qatnashing va o‘z yeringizga ega bo‘ling.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi