PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.45K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Agrar_soha
#Seminar

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning 15 iyul - Fermerlar kuni munosabati bilan o‘tkazgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Jumladan, Piskent, Navoiy va A.Do‘stbekov hududida bo‘lib o‘tgan seminarlarda soha mutaxassislari ishtirokida g‘o‘zaning mavsumiy agrotexnikasi, g‘o‘za hosiliga shikast yetkazmaslik uchun traktor va kultivatorlar baliq sirti simon qilib o‘rash amaliyotda ko‘rsatib berildi.

Seminarda viloyat hokimi 1-o‘rinbosari X.Niyozov, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, nuroniy keksalar, korxona, tashkilot, hudud rahbarlari va fermer xo‘jaligi raislari hamda mexanizatorlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga tadbirda dasturxon yozib, palov damlandi. Qur'on tilovat qilib, 2023 yil paxta hosili serhosil bo‘lishini tilab, duolar qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Shtat qisqarishi natijasida xodimni ishdan bo'shatishdan avval unga boshqa ish taklif qilinishi kerak

🔰 Xodim ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatilganda ishdan bo'shatish asoslangan bo'lishi kerak, YAngi Mehnat kodeksida quyidagi sabablar bo'lsa, ishdan bo'shatish asosli deb topilishi belgilangan:

🔸 korxona tugatilganligi (ta'sischilar yoki vakolatli organ qarori asosida);
🔸 texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishi, ishlar hajmining qisqarishi oqibatida xodimlar soni yoki shtat o'zgarganligi;
🔸 xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
🔸 xodim o'z mehnat majburiyatlarini muntazam buzganligi;

Mehnat majburiyatini muntazam buzish deganda xodim avval intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoki qandaydir boshqa ta'sir chora qo'llanilgandan keyin 1 yilda yana takroran intizomiy nojo'ya harakat sodir etishi tushuniladi.

🔸 xodim mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzganligi.

Mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzish holatlari (masalan, ishga 1 soat kech kelish, spirtli ichimliklar ichib kelish, korxona mulkiga qasddan zarar yetkazish va h.k.) aniq belgilangan bo'lishi kerak, mazkur holatlar ichki mehnat tartibi qoidalarida, mehnat shartnomasida intizom to'g'risidagi ustavlar hamda nizomlarda belgilanadi.

🔸Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa sabablar (asoslar).

Xodim shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli bo'lmagani uchun ishdan bo'shatilayotganda, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq boshqa ishga o'tkazishni, bunday ish bo'lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo'lgan boshqa har qanday ishni taklif etishi shart.

➡️ Xodim taklif etilgan ishni rad etsa, ish beruvchida boshqa ish bo'lmasa, shundan so'ng xodim ishdan bo'shatiladi.

⚠️ Kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda grantda o'qigan OTM bitiruvchilari o'qishni tugatganidan 3 yilda birinchi bor ishga kirganda ularni ish beruvchi tashabbusi bilan 3 yil ichida ishdan bo'shatish mehnat organlarini xabardor qilish bilan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jarayon

Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosati nafaqat faol va tashabbuskor yoshlarni, balki hayotda adashgan yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangani sababli tengdoshlaridan ortda qolayotgan yohud ehtiyojmand oilada voyaga yetayotgani bois qiyinchilikka uchragan yigit-qizlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Piskent tumanida ham bir guruh yoshlar mutasaddi rahbarlarga biriktirilib, ularning bandligi, salomatligi va boshqa muammolari birma-bir yechim topmoqda. Tuman hokimining 1-o‘rinbosari A.Manayev kuni kecha Suvti, Murotali, Maylobod va Ko‘lota mahallasida yashovchi ana shunday yoshlar xonadonida bo‘ldi. Ularning holidan xabar olish barobarida oziq-ovqat mahsulotlari ham taqdim qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IIB_kubogi

Piskent tumanida IIB boshlig‘i kubogi uchun voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#statistika

Viloyatda tibbiyot sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni qanchaligini bilasizni?

  2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 866 tani tashkil qildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki:     

- 94,5 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
    
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni  jamiga nisbati 3 foiz; 

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,6 foizni tashkil etаdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Dolzarb_30_kun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi "Respublika hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirini joriy etish to‘g‘risida"gi  418-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 10 iyul kunidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda "Piskenttumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tuman hududida joylashgan korxona va tashkilotlar xodimlari, aholi xonadonlarida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib  borildi. Jarayonda yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar, sabab va oqibatlari, oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha batafsil tushuntirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent hayoti 28 сон.pdf
9.3 MB
#Matbuot

"Piskent hayoti" gazetasining navbatdagi soni nashr etildi.
Ushbu sonda


O‘zbekiston kelajagi iqtidorli yoshlar qo‘lida

Koinotga odam uchirayotgan... farrosh

Muammolar yechim topmoqda

Qarzdorlik bartaraf etiladi

Qo‘li gul hunarmand

Onaning so‘nggi iltimosi


Va boshqa maqolalarni mutolaa qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi