#Murojaat_va_natija
Suvti mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 109-uyda yashovchi Aziza Xolboyeva 24 mart kuni Piskent tumani hokimi qabuliga yordam so‘rab kelgan edi.
Turmush o‘rtog‘i 7 yil avval vafot etgan, ikki farzandini yolg‘iz ayol boshi bilan tarbiyalashga qiynalgan ayol tuman rahbaridan bolalar nafaqasi uchun yordam so‘ragan edi. A.Xolboyevaning murojaati tuman hokimi va mas’ullar bilan birga o‘rganib chiqildi.
Bugun tuman hokimi ushbu xonadonga kelib, oilaning holidan xabar oldi. Yashash uchun sharoit yaxshi emasligi sababli harbiy xizmatchilar va Obodonlashtirish bo‘limi ishchilari ko‘magida hovlisi tartibga keltirib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga A.Xolboyevaning o‘zini band qilib, daromad topishi uchun tikuv mashinasi ham beriladigan bo‘ldi.
-So‘raganimizdan ham ortiq yordam berishdi, shunchalik qadr qilishganiga ming rahmat, deydi A.Xolboyeva ko‘zida yosh bilan.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

#Seminar
Yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Piskent tumanida navbatdagi o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari Malika Qodirxonova, Qizilgul Qosimova, huquqshunos ekspertlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari, jamoatchilik kengashlari vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibida konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, referendum jarayonlarini umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga rioya etilgan holda, milliy qonunchilikka mos tarzda, uyushqoqlik bilan tashkil etish singari mavzular muhokama etildi.
Yig‘ilishda ishtirokchilari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlasharkan, Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi farovon hayot, inson qadri ulug‘langan jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini e’tirof etishdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munavvar_oqshomlar
✨Munavvar oqshomlar davom etmoqda
An’anaga ko‘ra, kecha yozgi Amfiteatrda "Yurtim munavvar oqshomlari" festivali bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan konsert dasturida yoshlar faol qatnashdi. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari, madaniyat markazlaridagi jajji raqqosalarining badiiy chiqishlari, dramma to‘garagi a’zolarining ichakuzdi hangomalari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Bu kabi ko‘ngilochar dasturlar yoz mavsumida tumanimizda har haftada o‘tkazilishi belgilangan.

#Tanlov
#Ekologiya
#Qushlarni_asraylik
❗️Tabiat resurslari vazirligi 1 aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan "Qushlarni asraylikʼʼ Respublika tanlovini e'lon qildi
📜 Tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g‘olib bo‘ling. Tanlovda ishtirok etish uchun 👉 @uzecoilm_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z iqtidoringizni namoyon eting!
🎁 Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📣 Tanlov 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
⏰Ro‘yxatdan o‘tish 30 mart kuni yakunlanadi
Tanlovning Piskent tuman bosqichi joriy yil 31 mart kuni soat 10:00da "Yoshlar bog‘i"da o‘tkaziladi.
☎️Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun +998997933459

#befarqemasman
Гавҳар Зокирова, Ўзбекистон халқ артисти:
— Бир гуруҳ ижодкорлар Москва, Санкт-Петербург, Новосибирск, Екатеринбург, Казань шаҳарларида сафарда бўлиб, у ердаги ватандошларимиз билан учрашдик, суҳбатлашдик. Улардан Ватани, давлат раҳбари хабар олаётганидан, элчихона ходимлари муаммоли вазиятларда ёрдам бераётганини билдик. Ҳар бирига ёлғиз эмаслигини, ортидан кутадиган давлати борлигини айтдик. Шу жиҳатдан мен бўлажак референдумга #befarqemasman!
@menbefarqemasman

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman
Нурулло Расулов, журналист:
— Мен ўқитувчилар оиласида туғилганман. Отам ҳам, онам ҳам ўқитувчи. Шу пайтгача ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга, пахта теримига жалб қилинганлигини ва калтакланганлигини кўрганман, эшитганман. Онам ва бошқа устозларимиз пахта теримига олиб кетилиши натижасида дарсларимиз ўз вақтида бўлмасди. Бу бизнинг билим олишимизга таъсир қиларди. Мен ўқитувчилар фарзанди сифатида ушбу муаммо барҳам топаётган конституциявий ислоҳотларга #befarqemasman!

#Bildirish
«Piskenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi ogohlantiradi!
Iste’molchilar diqqatiga!
«Piskenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi «Toshkent MGQB» ning 23.03.2023 yildagi 75-sonli xatiga asosan «Olmaliq-3 GTSH» dagi 1-tarmoq toraytiruvchi qurilmasini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 29 mart kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha Piskent tumanidagi 14524 ta aholi va 269 ta ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qiladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti me’yorida uzatiladi.
"Piskenttumangaz" bo‘limi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Каналга уланиш⤵️

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
🔰Farmonga koʻra:
🔸2023-yil 1-apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
🔸2023-yil 1-apreldan Oʻzbekiston hududida:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 soʻm;
▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 soʻm;
▫️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
▫️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
▫️1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 soʻm;
▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
▫️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;
▫️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 soʻm;
▫️oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;
▫️boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 198 000 soʻmdan qoʻshiladi;
▫️boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
🔸Shuningdek, 2023-yil 1-maydan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
🔸 2023-yil 1-maydan Oʻzbekiston hududida:
▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;
▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#bildirish
Hurmatli atrof-muhitga befarq boʻlmagan faol fuqarolar va ekovolontyorlar!
Joriy yilning 30-mart “Butunjahon chiqindisiz kun” munosabati bilan mamlakatimizda keng miqyosda ekologik aksiya oʻtkaziladi.
Shu maqsadda, viloyatda ham ertaga “Chiqindisiz shahar”, “Chiqindisiz mahalla”, “Chiqindisiz koʻcha” shiorlari ostida ekoaksiya oʻtkazilmoqda.
Shu munosabat bilan barcha mahalla faollarini, fuqarolarimizni, korxona va tashkilotlar, tashabbuskor yoshlarni oʻz hududlarini chiqindilardan tozalashda faol ishtirok etib, viloyatimiz ozodaligiga hissa qoʻshishga chorlab qolamiz.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

#Inson_qadri
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar va xotin-qizlar faollaridan iborat ishchi guruhi tuman obodonlashtirish bo‘limi hamda harbiy xizmatchilar bilan qiynalgan insonlarga yordam berishda davom etmoqda.
Kuni kecha xabar berganimizdek, Suvti mahallasida tuman hokimi Nodirbek Yakubov tomonidan o‘rganishlar va amaliy ishlarga ko‘rsatma berilgandi. Ramazonning muborak kunlarida savob ishlar davom etmoqda. Suvti mahallasida “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan bemor fuqaro N.Qoraboyeva hamda “Temir daftar”da ro‘yxatda bo‘lgan D.G‘offorovaning xonadonlarida hashar boshlab yuborildi.
Tuman hokimi topshirig‘iga asosan, uy-joylari tuzatib, ta’mirlanganidan so‘ng, biriga tikuv mashinasi, tomorqasida sharoiti bo‘lgani bois, D.G‘afforovaga issiqxona qurib beriladi.
Qishloqlardagi bunday amaliy ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad-kam ta’minlangan aholi vakillarining shart-sharoitini yaxshilash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.