PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Агар Сиз уйни иситишда меъёрий талабларга риоя этмаётган бўлсангиз, билингки, ис газидан заҳарланиш эҳтимоли юқори.

Ис гази (СО2) – жуда хавфли. Инсон нафас олганда уни сезмайди, чунки унинг ҳиди, ранги ва таъми йўқ. Ис гази инсон организмига кирганидан сўнг у қон таркибидаги кислород ташийдиган гемоглобинга бирикади ва қоннинг мияни кислород билан таъминлаш функциясини издан чиқаради.

Уйни иситишда техник талабларга тўлиқ риоя этинг ҳамда ўзингиз ва яқинларингиз ҳаётини асраб қолинг!

Заҳарланиш ҳолатлари аниқланганда қандай биринчи ёрдам кўрсатилади?

📹 Батафсил: видеода

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Rag‘bat

Yangi yil bayrami oldidan tuman Suv xo‘jaligida yil yakunlari sarhisob qilindi. Yil davomida samarali mehnat qilgan bo‘lim xodimlari rag‘batlantirilib, sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Uchrashuv

Oqtom mahallasidagi 25-maktabda "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida 71201-harbiy qism zobitlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Maqsad - yoshlarni  vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mard va jasur bo‘lib ulg‘ayishiga hissa qo‘shishdir.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

❄️Bayram yaqin. Kun sovuq bo‘lsa ham kayfiyat yuqori.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Мunosabat

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani Fayzobod mahallasida yo‘llar ta’mirtalab, degan mazmunda videolavha e’lon qilindi.

Avvalo tumanda 2022 yil davomida davlat dasturlari va Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasida ma’lumot berib o‘tamiz. “Obod qishloq” dasturi asosida 7 ta ko‘chada 3,1 km, “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida 4 ta ko‘chada 4,6 km, PQ-249-sonli qaror asosida 4 ta ko‘chada 3,4 km masofada yo‘llarga asfalt va beton yotqazilgan.

Bundan tashqari, dastur asosida 8 ta ko‘cha 5,3 km, homiylik va hashar asosida 37 ta ko‘cha jami 56,2 km shag‘allashtirildi. Bunda mahalla va qishloqlardagi xonadonlar zich joylashgan loy-tuproq ko‘chalarga asosiy e’tibor qaratilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l esa 2 tuman chegarasidagi yo‘l bo‘lib, Toshkent viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tusarrufidagi yo‘l hisoblanadi. Bu mahalladagi Navbahor, Guliston, Murabbiy, Yoshlik va Navro‘z ko‘chalarining 5,6 km qismiga shag‘al qoplangan.
#Hududlarda

Bugun tuman hokimi mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari bilan suhbat qildi

Tuman hokimi R.Rixsiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i H.Isamuhammedov hamrohligida keksalar, shu bilan birga kam ta’minlangan oilalar xonadoniga bordi. Fuqarolar murojaatini tingladi. Yosh va har jihatdan sog‘lom bo‘lsada, ishlamay uyda o‘tirgan fuqarolarga ish va amaliy yordam taklif etildi. Dehqonchilik qilish imkoniyati bo‘lgan shaxslarga esa yer maydonlari ajratilishini tushuntirdi.

Darhaqiqat, xalqimizda qo‘ldan berganga qush to‘ymas, degan maqol bejiz aytilmagan. Tuman hokimi doimiy ishga joylashgach, daromadga ega bo‘lsa, arzon uy-joylar ham ajratish mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi