PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yoz_2023

79-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilari Sijjakda dam olishmoqda

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish maqsadida 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tili Bo‘stonliq tumanining so‘lim tabiati bilan mashhur Sijjak qishlog‘ida joylashgan “Kamalak” oromgohida o‘tkazilmoqda.

Ta’tilning bolajonlar uchun maroqli va unutilmas lahzalarga boy o‘tishi uchun viloyat va tuman prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida oromgohda sport o‘yinlari va musobaqalar uyushtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi tadbirkor va ishbilarmonlarga qator imkoniyatlar beradi.

🎞Batafsil videolavhada
.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Audio 13.07.2023
🟦🟦🟩🟩

Viloyat shahar va tumanlarida yoshlar muammolarini hal etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Tumanda yoshlar muammolari tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oʻrganib chiqilib, hal etish maqsadida 382 million 142 ming soʻm mablagʻ ajratildi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimi A.Rayimov “Yoshlar daftari” roʻyxatida boʻlgan, oʻzini oʻzi band qilish va tadbirkorlikni yoʻlga qo‘yish istagidagi yoshlar bilan uchrashib murojaatlarini tingladi.

🔘Zangiota tumani. Tumanda ijtimoiy koʻmakka muhtoj “ogʻir” toifadagi 14 nafar yoshlarga moddiy yordam koʻrsatilib, mavjud muammolari toʻla oʻz yechimini topdi.

🔘Toshkent tumani. Sirgʻali mahallasida istiqomat qilib kelayotgan "Temir daftar"da turuvchi oila hamda Sarke mahallasida yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan yolgʻiz onaga ijtimoiy koʻmak berildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Yoshlarning mavjud muammolari oʻrganilib, bartaraf etilmoqda. Jumladan: Doʻstlik MFYda yashovchi M.Muxtorovaga "Yoshlar jamgʻarmasi" hisobidan tikuv mashinasi ajratildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Murojaat_va_natija

Yangiobod mahallasida aholi murojaatlari ijobiy hal etilib, yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlar tuman elektr tarmoqlar korxonasi xodimlari tomonidan yangi beton ustunlarga almashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bildirish

А-373 yo‘lidagi "razvorot" joyi o‘zgaradi

Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 Sirdaryo-Bo‘ka-Piskent-Ohangaron-Angren-Andijon orqali-O‘sh xalqaro ahamiyatga ega 1-toifali  avtomobil yo‘lining  101-chaqirimida o‘zboshimchalik bilan ochilgan qayrilib olish (razvorot) joyi  yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida  Piskent tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yopildi.

Ushbu yo‘lning  99-chaqirimida  2 km oraliq masofada Piskent tumani Chimqo‘rg‘on mahallasi hududida  qayirilib olish (razvorot) uchun yengil va katta hajmli yuk transport vositalari xavfsiz harakatlanish joyi mavjud bo‘lib, transport vositalari ushbu yerdan harakatni amalga oshiradi.

Qodir Isakov, Piskent tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obodlik

⚡️Bekobod mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 140 ta beton ustunlar o‘rnatildi. Endilikda elektr simlari yangilanmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo'shgan "To'maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari a'zolari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'ining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining oliy ta'lim muassasalariga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o'qishga kirishi mumkin.

📝 Bunda tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko'p bo'lsa, ularni o'qishga qabul qilish tanlov natijalari bo'yicha to'plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari farzandlarimizga kichik yoshdan sifatli ta’lim-tarbiya berishda samara beradi.

🎞Batafsil O‘zbekiston-24 telekanali lavhasida


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi