PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Ichimlik suvi muammosi bosqichma bosqich hal etilmoqda

Piskent tumanida so‘nggi yillargacha ichimlik suvi masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda bu masala bosqichma bosqich hal etib borilmoqda. Bugun Suvti mahallasida bo‘lgan tuman hokimligi, Suv ta’minoti korxonasi mutasaddilari aynan shu masalaga e’tibor qaratdilar.

Mahallada uch ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Ammo mahallaning yarmida ichimlik suviga ehtiyoj bor. Ya’ni aholi suvni tashib ichadi. O‘rganishlar va aholi vakillari bilan suhbatda suv bilan bog‘liq muammoni hal etish, yangi suv inshooti qurish choralari belgilab olindi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, joriy yilda yana 9 ta mahallada suv ta'minoti yaxshilanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pensiya ta’minoti tizimidagi so‘nggi yangiliklar

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshirildi.

Birgina pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi orqali Davlat pensiyalarini tayinlash imkoniyati yaratildi.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ishlagan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Mahalla kutubxonalari tashkil etilmoqda

Prezidentimizning xalqimiz va Oliy Majlisga murojaatnomasida aholining mutolaa madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Piskent tumani "Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan "Mahalla uchun kitob" loyihasi doirasida kitoblar taqdim etildi. Bunda mahallalarda kutubxonalarga asos solish orqali uyushmagan yoshlar va uy bekalarining kitobxonlikka qiziqishini orttirish, mutolaaga sharoit yaratish, zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadi mujassamdir.

Jumladan, loyiha doirasida dastlab Oybek, Mitan, Lolaariq, G‘ayrat, Oqtepa, Do‘stlik, Zominovul, Mingtepa MFYga 320 dona 40 turdagi o‘zbek va jahon adabiyotiga mansub kitoblar xayriya tarzida topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰 Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

📝 Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o'tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko'chishi va yer ko'chkisi hodisalari xavfini kamaytirish bo'yicha hukumat komissiyasi tasdiqlangan.

☑️ Hukumat komissiyasining asosiy vazifalaridan biri sel, suv toshqini, qor ko'chkisi va yer ko'chkisi xavfi mavjud bo'lgan hududlarda joylashgan aholini vaqtincha ko'chirish va keyinchalik (zarur hollarda) bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko'chirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ayollar_daftari

Yurtimizda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etishga kirishilgan

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi. Seminarda tuman hokimi qisqa muddatli ta’tilga chiqqanligi sababli o‘rinbosari M.Miryunusov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi mas’ul xodimi R.Gaziyeva, mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Jarayonda Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyatiga hamda unda belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi. "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimining 4-bosqichi uchun xatlov jarayonlarini sifatli olib borish, ko‘rsatiladigan yordamlarning haqqoniy bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
QUTURISH – YUQUMLI VA XAVFLI KASALLIK

Quturish - o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. U odamlarga asosan quturgan itlar va mushuklarning, shuningdek yovvoyi hayvonlarning tishlashi, tirnashi natijasida yuqadi.

Tuman hududida epizootik osoyishtalikni ta’minlash, insonlar va hayvonlar orasida zooantropanoz kasalliklarini tarqalishini oldini olish maqsadida bugun Piskent tumanida favqulodda vaziyatlar xizmatlari hamda tashkilotlarning hamkorlikdagi harakatlari bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, FVB, SEO va JS, tibbiyot birlashmasi, obodonlashtirish boshqarmasi va it ovlash brigadalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda amaliy choralar ko‘rib, Lolaariq mahallasida joylashgan bog‘dorchilish uzumchilik shirkatlari dala hovlilari istiqomatchilari bilan profilaktik suhbat qilindi. 30 dan ortiq qarovsiz itlar tegishli tartibda ushlandi, egalariga hayvonlarini emlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
⚡️Maktabda darslar kamayadi

AMALDAGI SANITARIYA-EPIDЕMIOLOGIK NORMALARGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI


Unga ko‘ra umumta’lim maktablarida haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:

1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.

2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);

5 — 11 sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi;

Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PISKЕNT TUMANI IIB YHXB TOMONIDAN PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI

Yo‘llarda harakatlanish qoidalari piyodalar va haydovchilarning hayoti xavfsizligi uchun ishlab chiqilgan. Ammo harakat ishtirokchilarining aksariyati yoshi katta va aqli raso insonlar bo‘lsa-da, yo‘l qoidasiga amal qilmaydi. Natijaa esa ayanchli bo‘lishi mumkin...

Raqamlarga e’tibor qaratsak, 2022 yil davomida 67 ta yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lgan. Ularda 46 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 21 nafar inson esa hayotdan ko‘z yumgan...

Hurmatli piyodalar, haydovchilar, unutmang, yo‘l qoidasi - umr foydasi!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi