PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

🔹 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;
▫️ bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

🔹 subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
▫️yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
▫️olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinadi.

📝 Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

🗓 2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.

☑️ 2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Hayrli_tong

Tabassum qiling, chunki yangi kun boshlandi.

Inson tabassum qilganda ong buni baxt deb o‘ylab endorfin, ya’ni baxt gormonini ishlab chiqarishni boshlaydi. O‘n daqiqalik tabassum natijasida, endorfin tanaga tarqaydi va siz chindan ham o‘zingizni baxtiyor his qila boshlaysiz...

Hayrli tong, azizlar!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

🔹 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;
▫️ bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

🔹 subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
▫️yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
▫️olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinadi.

📝 Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

🗓 2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.

☑️ 2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qadr

Bajarilgan mehnat qadrlansa, ishda unum bo‘ladi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bolimi boshlig‘i M.Mirsoatova, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari paxtazorlarda bo‘lib, terimchi ayollar bilan ucrashmoqda.

Mingtepa mahallasi ko‘ngillilari paxta terayotgan "Dadamatov Jo‘ra" fermer xo‘jaligida kayvoni ayollar terimchilar bilan bir piyola choy ustida suhbat qurishdi. Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan tabriklab, tuman hokimining sovg‘alari, adras matolar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Piskent tumani hokimi yo‘llar ta’miriga e’tibor qaratmayotgani to‘g‘risida tanqidiy maqola yuzasidan tuman hokimi matbuot kotibining BAYONOTI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Bekobod mahallasida 45 nafar yigit-qizning muammosi hal etildi

🔰BATAFSIL O‘QISH

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Kuz-qish mavsumi: Maktabgacha ta'lim tashkilotlari sinov mavsumiga tayyormi?

Piskent tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i Baxtinisa Ishmuradova ishtirokidagi brifing shu mavzuga bag‘ishlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#statistika

Toshkent viloyatida aholi soni oshdi.

📌Piskent tumanida 104 ming 757 nafarni tashkil etadi.

🌐
BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Piskent tumanidagi BSK tomonidan uchta MFYdagi ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismidagi muhandislik tarmoqlari taʼmirlandi (Foto)
__________________________________

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси: Пискент туманидаги БСК томонидан учта МФЙдаги кўп квартирали уйларнинг ертўла қисмидаги муҳандислик тармоқлари таъмирланди (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
#Xayrli_tong

Yomg‘ir yog‘moqda. Uch oy jaziramada hansiragan zaminga tomgan tomchilar osmon iforini taratadi. Barglarni savalagan simtorlari ko‘ngildagi g‘uborlarni ham yuvmoqda. Yeru ko‘kni larzaga solib gumburlagan momaqaldiroq o‘zgarishlardan darak berayotgandek.

Xayrli tong! Kuningiz barakali bo‘lsin.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani hokimi yo‘llar ta’miriga e’tibor qaratmayotgani to‘g‘risida maqola e’lon qilindi.

Ushbu post muallifi bir tomonlama, yuzaki yondashgan bo‘lib, ilova qilingan fotosuratda tanqid ostiga olingan Kelovchi MFY Ulug‘bek ko‘chasi ham shag‘allashtirilganini ko‘rish mumkin.

Piskent tumani hokimi va sektor rahbarlari har haftaning juma kunlari navbatma navbat mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazib boradi. Qabullarda fuqarolar murojaatidan kelib chiqqan holda ichki yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtiriladi.

Xususan, 2022 yil davomida tuman hududidagi mavjud ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to‘g‘risida tanishishingiz mumkin:

Piskent tumanida 29 ta mahallalar hududida jami 465 ta ichki ko‘chalar mavjud. Ularning umumiy uzunligi 468 kmni tashkil etadi. 2022 yil davomida "Obod qishloq" dasturi doirasida Oqtom MFY hududidagi 1,2 km ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish hamda 3,5 km qismida shag‘allashtirish ishlari olib borilgan. Zominovul MFY hududidagi 1,8 km ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish hamda 2,2 km qismida shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, 2022 yil "Tashabbusli budjet" portali orqali 1-bosqich davomida ovoz berish yo‘li bilan Oybek MFY hududida 1,4 km, Kelovchi MFY hududida 950 m, Kultepa MFY hududida 1,4 km masofada ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari amalga oshirilgan.

Ochiq budjetning 2022 yil 2-bosqichi davomida yana Mitan MFY hududida 1,1 km, Kultepa MFY xududida 3 km ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozir loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 maydagi PQ-249-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumandagi Guliston MFY Bo‘ston ko‘chasining 1 km, Fayzobod MFY Obod ko‘chasining 700 m, Oqtepa MFY Buloqboshi ko‘chasining 1 km, Murot Ali MFY Namuna ko‘chasining 1 km, Axil MFY At-Termiziy ko‘chasining 1 km qismida beton qoplamasi bilan ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Tuman hokimligi tomonidan tumandagi mavjud tuproqli va ta’mirtalab ichki ko‘chalar 2022 yil davomida jami 43 km shag‘al va 30 km qum shag‘al aralashmasi bilan ta’minlangan.

Hozirda kuz-qish mavsumini inobatga olgan holda yil yakuniga qadar xashar yo‘li bilan mavjud 10 km tuproqli ichki yo‘llarni ham shag‘allashtirish rejaga kiritilgan.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Janubiy Koreyalik investorlar Piskentda zamonaviy uylar qurmoqchi

Tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev, hokim o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Abid ManayevVIZUAL VЕNTURЕ PLATFORM” MChJ ijrochi direktori janob Park Jung Von bilan uchrashib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilidlar.

Muloqotda har ikki tomon uchun foydali takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Mitan va G‘ayrat mahallalarida “VIZUAL VЕNTURЕ PLATFORM” MChJ tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar qurish, zamonaviy maktab va bog‘chalar, sport hamda ko‘ngilochar maskanlar barpo etish loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bo‘sh turgan obektlarni auksion savdolarida harid qilib, samarali foydalanish taklifi berildi.

Tuman hokimi R.Rixsiyev ayni vaqtda e-auksion platformasida 200 dan ortiq loyiha savdoga qo‘yilgani, bundan tashqari, kichik sanoat zonasi va "Yangi O‘zbekiston" massivida korxonalar qurish masadga muvofiq ekanligini aytib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Rasmiy

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Majlislar oʻlkasi” nomli maqola yuzasidan raddiya

🌐
BATAFSIL

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21- oktabr  - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Har bir millatning o‘z qadriyati, milliyligini namoyon qiluvchi vosita va manbalari mavjud. Til ana shunday jihatlarning eng mukammal va munosibi hisoblanadi.

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Piskent tumanidagi 6-maktabda “So‘z qudrati” deb nomlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbar‘i Surayyo Azimova, “Adabiyot ziyosi” gazetasi ijodkori, iste’dodli shoir Zohidjon Olov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist Sobirjon Inomov, AKM xodimlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, maktabning ijodkor o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ona tili — Vatanga, onaga, millatga qiyoslanadi, shular kabi ulug‘lanadi, madh etiladi. Tadbir davomida Zohidjon Olov o‘z she’rlaridan namunalar o‘qidi, o‘quvchilar ijrosida ona Vatan, ona tili kuylangan she’ru qo‘shiqlar tinglandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi