#Investitsiya
Kichik sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi
Toshkent viloyati hokimi tomonidan sohalarda ishlarni samarali tashkil etish uchun haftaning ma’lum kunlari belgilangan edi. Bugun chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kunida tuman hokimining Investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Manayev Kultepa mahallasidagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda KSZda pokistonlik tadbirkorlar tomonidan chiqindini qayta ishlovchi korxona qurilmoqda.
2022 yil 24 iyundagi Toshkent viloyati "Maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha" Ma’muriy kengashi yig‘ilishining 112-sonli bayoniga muvofiq "Berkut group 0007" xorijiy korxonasi uchun Kultepa KSZning bo‘sh turgan 5-lot 0,38 gektar (bino-inshoot 540 m.kv.), 8-lot 0,29 gektar (bino-inshoot 980 m.kv.) va 9-lot 0,3 gektar (bino-inshoot 1 285 m.kv.) yer maydonlari ajratilgan.
Mazkur loyiha 4,8 mlrd so‘mni tashkil etib, zamonaviy texnologiyalar asosida tekstil chiqindilarini qayta ishlash va tozalash orqali yaroqli paxta o‘rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqaradi.
Mahsulotni Pokiston hamda Eron davlatlariga eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Buning natijasida 800-900 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirish hamda 20 dan ortiq ish o‘rinlari yaratish mumkin.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

Telegram
PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot

Forwarded from Yoshlar kundaligi | Rasmiy
#Қишлоқларимиз_тарихидан #Пискент
Жадидларни улғайтирган Мўминобод
✨"Мўминобод" маҳалласи Пискент тумани марказида жойлашган бўлиб, энг қадимий маҳаллалардан бири саналади. Тарихий манбаларда келтирилишича, 200 йил аввал бу ерда “Пискент ариғи” қазилган бўлиб, ўзбек миллатига мансуб муқим аҳоли истиқомат қилган.
⚡Маҳалланинг номланиши айрим манбаларда қуйидагича келтирилади. Қадимги ўзбек халқининг урф-одатлари, миллийлиги, мўминларга хос сифатлари сақланиб қолгани боис ушбу жой мўминлар обод қилган маъносида Мўминобод деб номланган.
📚Ўтган асрнинг машҳур шоири, жадид Абдулла Алавий, Музаяна Алавия шу маҳаллада таваллуд топган. Айни пайтда маҳаллада унинг жияни Машҳура Васлиева истиқомат қилади.
⚡Маҳалла аҳлининг асосий қисмини зиёлилар ташкил этади. Айни вақтда 52 нафар ўқитувчилар ўқувчиларга таҳсил бермоқда.
☝️Айтишларича, Пискент сўзаналари хорижда маълум ва машҳур. Ҳозиргача мўминободлик тикувчи онахонлар ёшларга миллий кашталарни тикиш сирларини ўргатиб келмоқда.
❗Ушбу ҳудуддан жудаям кўп маърифатпарвар инсонлар, жумладан жадид ва шоир Абдулла Алавий, фольклоршунос олима ,шоира Музаяна Алавия, шоир Мулла Бўри Шермуҳаммад ўғли Дилафгор, фан доктори,профессор Насриддин Шоматов, навоийшунос олим Акром Малик, тарих фанлари доктори Абдунаби Сиддиқов, физика фанлари доктори, доцент Адҳам Маматқулов, журналист Тоҳир Шомуродов, шарқ табобатининг моҳир мутахассисларидан бири Мажид Рўзиқулов каби машҳур намояндалар етишиб чиққан.
🤩 Бу ерлик ёшлар жудаям истеъдодли. Таэквандо бўйича ЕвроОсиё чемпионатида 3-ўринни қўлга киритган Нодирахон Саидмуҳаммадова, Украинада ўтказилган Ёшлар фестивалининг каштачилик йўналишида 2-ўринни эгаллаган Мунисхон Хайриллахонова шулар жумласидан.
⚡Маҳаллада XVII асрга оид “Ҳасти Бузруг” зиёратгоҳи халқ орасида алоҳида тилга олинадиган Занги бува (Зангиота) авлодларига дахлдор бўлиб, у ерда мақбара минораси мавжуд . Мазкур минора 2012 йилги ер силкиниши натижасида таъмирлашга муҳтож ҳолга келиб қолган.
✨Аҳолининг асосий даромади кўкат ва кўчатчиликни ташкил этади. Маҳаллада 14 та кўча мавжуд. 2784 нафар аҳоли истиқомат қилади. Уларнинг 712 нафари 16-30 ёшдагилар. Ҳудуд майдони – 19.2 гектар.
Айни дамда:
🔹Маҳалла раиси – Дилором Ҳакимова
🔹Ҳоким ёрдамчиси – Ёрқин Воҳидов
🔹Ёшлар етакчиси – Баҳром Ҳасанов
🔹Хотин-қизлар фаоли – Латофат Усмонова
Каналга уланиш:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi

#Qadr
3-9 oktyabrda keksalar haftaligi tashkil etilmoqda
Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qatoriga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
Haftalik doirasida mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini taqdirlash;
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtirish;
Keksalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari uyushtirish;
Keksa va yosh avlod ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbirlari tashkil etiladi.

Tuman hokimi nuroniylar holidan xabar oldi
Avval xabar qilganimizdek, yurtimizda keksalar haftaligi boshlangan.
Bugun tuman hokimi haftalik doirasida tumandagi yoshi ulug‘, nuroniy keksalar holidan xabar oldi. Rahimjon Rixsiyev va Hikmat Isamuhammedov Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi 102 yoshli urush faxriysi Anorqul ota Xotamov xonadonida bo‘ldilar. Otaxon bilan dildan suhbat qurib, duolarini olishdi. Sovg‘alar topshirildi.
Tuman hokimi haftalik doirasida har bir tashkilot va korxona rahbarlari o‘z jamoasidagi keksa xodimlar va mehnat faxriylarini e’tirof etish haqida topshiriq bergan edi.

#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Voleybol
Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida sport musobaqalari qizg‘in o‘tkazilmoqda.
Voleybol sport turi bo'yicha 4-oktabr kuni boʻlib oʻtgan bellashuvlarda Fayzobod mahallasining o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etishdi.

#Keksalar_haftaligi
Bugun Keksalar haftaligi doirasida Musiqa va san’at maktabida ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Bekobod, Mo‘minobod, Oybek, Yangiobod, Maylobod, Navoiy , Lolariq, Birlik mahallalaridan nuroniy otaxonu onaxonlar tashrif buyurdilar. Ta’kidlanganidek, yurtimizda keksalar hamisha e’zozu e’tiborda, ularning ulkan hayotiy tajribasi va o‘gitlari yoshlar va o‘rta avlod vakillariga ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Umri mehnatda o‘tgan nuroniylar konsertdan bahra olib, raqsga tushdilar.

#Ibratli
Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan. Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlar sababini so‘rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi. Agar ikkalasini baravar aylantirsam, shundagina qayiq manzilga yetadi.
Xulosa: Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun “niyat” va “harakat” birga bo‘lishi kerak.

#Murojaat
PISKENT TUMANIDA ISHBILARMONLIK MUHITI YAXSHILANADI
Prezidentimiz topshirig‘i bilan 2025 yilgacha soliq sohasidagi imtiyozlarga asosan, tumanda yer va mol-mulk solig‘idan 3014.9 million so‘m, aylanmadan olinadigan soliqlarning 2348.9 million so‘mi, foyda soliq stavkasining 50 foiz miqdorida kamaytirilganda 1600.6 millon so‘m, ya'ni jami 6964.4 millon so‘m mablag‘ xo‘jalik yurituvchi subektlarning ixtiyorida qoladi.
🔰Batafsil o‘qish

Telegraph
PISKENT TUMANIDA ISHBILARMONLIK MUHITI YAXSHILANADI
Hurmatli tadbirkorlar, ishbilarmonlar! Yurtboshimizning 22 sentyabrь kuni Toshkent viloyatiga tashrifi viloyatimiz, xususan, Piskent tumanida ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida…
#Bilasizmi
🔰 Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri maʼlumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik
▫️BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
✅ Shuningdek, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik
▫️BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Yoshlar_siyosati
VATANPARVAR-MENING TANLOVIM!
Piskent tumani XTB, Adolat SDP tuman kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Piskent tumani o‘quv sport texnika klubida “Vatanparvar-mening tanlovim!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirildi.
Yoshlarda “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati va uning imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan sektsiyalar va to‘garaklarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘quv kurslarining ko‘rgazmali namoyishlarini tashkil etish, yoshlarni tashkilot faoliyatiga hayrixohligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirga umumta'lim maktablari va kasb-hunar markazlaridan 100ga yaqin o‘quvchi yoshlar qamrab olindi.
Jarayonda 4 va 5-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari sportning texnik va amaliy turlari bo‘lgan “O‘q otish” va “Biatlon” to‘garakalarga a'zo bo‘ldilar.