#Hosil_bayrami
Serhosil kuz faslida hosil bayramlari nishonlash anʼanaga aylangan. Mehnat ortadan rohat kelishi, tinch va toʻkin hayot shukronasi kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan bu tadbirlar taʼlim dargohlarida ham katta tantana bilan oʻtkaziladi.
Piskent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 9-maktabda ham “Mehrjon” hosil bayrami oʻtkazildi. Oʻquvchilar milliy kiyimlar hamda meva-sabzavot ekinlariga mos obrazlarda sahna koʻrinishlari, qoʻshiq va raqslar namoyish etdilar. Maktabdagi pazandachilik va karvin sanʼati toʻgaraklarida oʻrgangan hunarlarini ishga solib, mevalar hamda poliz mahsulotlaridan kompozitsiyalar yaratishdi.
-Maktabimizda 180 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda,-deydi maktab rahbari K.Mirsoatova.-Hosil bayramida oʻquvchilarimiz oʻz tomorqalarida yetishtirilgan meva va sabzavotlar bilan ishtirok etishdi. Birgalikda maktab bogʻiga mevali koʻchat va gullar ekdik. Bu esa bolalarni mehnatsevarlikka oʻrgatadi.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi