PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.65K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sport

Bugun tuman Bolalar sport maktabi hamda Nuroniylar bo‘limi hamkorligida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada tumanimiz mahallalaridan nuroniylar faol qatnashib, taxta ustida baxs olib bordilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Tashkilot xodimlari tuman hokimi kubogi uchun bellashdilar

Piskent tumani hokimi kubogi uchun voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Sport maktabida o‘tkazilgan bellashuvlarda erkaklar jamoalari o‘rtasida 1-o‘rin 5 maktab, 2-o‘rin Yoshlar ishlari agentligi, 3-o‘rinni Sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ayollar jamoalari o‘rtasida kechgan qizg‘in bahslarda 1-o‘rin Sport maktabi, 2-o‘rin 41-maktab jamoasi va 3-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

Goliblar tashkilotchilar hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасидаги йирик тадбирлар ва режалар ҳақида ахборот берилди.

Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву доложено о предстоящих крупных спортивных мероприятиях и планах по развитию сферы спорта.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #tadbirlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sport

Bugun 12-maktabda stol tennisi bo‘yicha Piskent tumani ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Piskent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on va Ohangaron tumanidan sportchi yoshlar ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra, Piskent tumani yoshlari 1-o‘rinni egallab, g‘olib bolishdi. 2-o‘rin Oqqo‘rg‘on, 3-o‘rin Ohangaron tumani sportchilariga nasib etdi.

Musobaqada faxrli o‘rinni egallagan yoshlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Piskent tumani Bolalar sport maktabida voleybol hamda basketbol boʻyicha tuman ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Voleybol oʻyinlarida tumanimizdagi mahalla jamoalari faol ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarda yigitlar oʻrtasida kuchli uchlikni Kelovchi, Navoiy va Istiqlol MFY jamoasi egalladi. Sportchi qizlar orasida esa Murotali, Istiqlol va Birlik voleybolchilariga tengi topilmadi.

Basketbol bahslari ham qizgʻin jarayonlarga boy tarzda oʻtdi. 2010-2011-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida kechgan oʻyinlarda Piskent tumani 1-oʻrin, OKMK jamoasi 2-oʻrin va “Olmaliq-3” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

VILOYATDA SPORT SOHASIGA E'TIBOR ORTIB BORMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, bu borada sportchilarga zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent viloyatida sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholi, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyatda turli xildagi ommaviy sport oʻyinlari, "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalar oʻtkazilib, sovrindorlarning mahallasiga davlat tomonidan 3 turdagi sport maydonchalari qurib berilmoqda. 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan.

Hozirda Toshkent viloyatida 65 ta zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari foydalanishga topshirilgan boʻlsa, yana 17 tasi qurilish jarayonida.

"Sevimli" telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sport #Infografika

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4 590 ta sport obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sport

SPORT MUSOBAQALARIDA VILOYAT YOSHLARI FAOLLIK KO'RSATMOQDA

Mamlakatimizda yosh avlodning sport musobaqalaridagi ishtirokini faollashtirish borasida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan. Mazkur musobaqa boʻyicha joriy yilda viloyat yoshlari respublika miqyosida 12 ta, Paraolimpiada musobaqalarida esa 2 ta faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, "DXX kubogi"ning futbol va mini futbol musobaqalari boʻyicha 2 ta kumush medal natija qayd etildi.

Viloyatda "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash" sport sinovlari oʻtkazilgan boʻlib, unda musobaqalarning ixtiyoriy talablari boʻyicha 3 125 nafar ishtirokchi topshirgan.

Xuddi shu kabi musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish viloyat yoshlarining sportga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Yoshlar oʻrtasida strеtbol sport turidan Piskent tumani birinchiligi uchun musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Musobaqalarda tumanimiz yoshlar faol qatnashib, oʻgʻil bolalar oʻrtasida
1-oʻrin Navoiy MFY
2-oʻrin Murod Ali MFY
3-oʻrin Oybek MFY

Qizlar oʻrtasida
1-oʻrin Oqtom MFY
2-oʻrin Lolaariq MFY
3-oʻrin Chimqoʻrgʻon MFY yoshlari qoʻlga kiritdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi