PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Giyohvandlik_illat

Maʼlumki, 2024-yil 1-fevraldan 1-martgacha respublikamizda giyohvandlikka qarshi kurash oyligi eʼlon qilingan. Ushbu oylik doirasida maxsus ishchi guruh tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, umumtaʼlim va kasb-hunar maktablarida oʻquvchilar oʻrtasida giyohvandlikning nafaqat inson salomatligiga, balki ijtimoiy hayoti va iqtisodiy holatiga ham salbiy taʼsiri toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi