PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tomorqa_xazina
#Seminar

Yerni boqsang, yer seni boqadi

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi va Piskent tuman kengashi tomonidan hokim yordamchilari va tomorqa yer egalari ishtirokida Navoiy mahallasida amaliy seminar tashkil etildi.

Piskent tumanida aksariyat mahallalar “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashgan boʻlib, Navoiy mahallasi aholisi asosan issiqxonalarda bulgʻor qalampiri yetishtiradi.

Seminarda Choʻlpon koʻchasi 47-uy egasi Yorqin Rahmonov yigʻilganlarga oʻz tomorqasidan samarali foydalanib qurgan 8 sotix issiqxonasini koʻrsatib berdi. Unda bulgʻor qalampiri va garmdori ekilgan boʻlib, salmoqli daromad koʻrib kelmoqda. Seminar davomida “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni sohibi oʻz tajribasi boʻyicha ishtirokchilarga mahorat darsi ham oʻtkazib berdi.

Shu koʻchadagi 43-xonadon sohibi Asrorxon Abdujabborov esa Kengash huzuridagi jamgʻarma kredit mablagʻi hisobiga tashkil etgan issiqxonada gidroponika usulida qulupnay ham yetishtirib kelmoqda. Choʻlpon koʻchasida yashovchi Sayburxonov, Qoirovlar oilasi ham namunali tomorqachilar hisoblanadi. Ushbu hovlilarda yetishirilgan ertaki mahsulotlar nafaqat mahalla, tuman bozorlarini ham sara meva-sabzavot bilan taʼminlab kelmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi