#Xotira_va_qadr
#Ehtirom
Tinchlik - bebaho neʼmat. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumanimiz nuroniylari va rahbarlari tinchlik uchun kurashgan II jahon urushi faxriysi Anorqul Xotamov xonadonida boʻldilar.
1941-1945-yillarda birgina Piskent tumanidan 4 ming 530 nafar navqiron oʻgʻlon jangga otlangan. 2 ming 816 nafarigа orden va meddallar bilan ona yurtga qaytish nasib etgan.
Bugun Anorqul ota Xotamov yuz yoshdan oshgan, farzandu nabiralari ardogʻida yashamoqda. Unga munosib ehtirom koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik xati, “Registon” monumenti va 18 million soʻm bir martalik pul mukofoti hamda Piskent tumani hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Ota mehmonlarga urushning suronli yillari, tinchlikdek ulugʻ neʼmatning qadri toʻgʻrisida hikoya qilib berdilar. Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi