PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

PISKENT TUMANI VA XITOYNING ZIBO SHAHRI OʻRTASIDA BIR NECHTA SHARTNOMALAR IMZOLANISHIGA ERISHILDI

Ayni damda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Zibo shahrida boʻlib turibdi. Mazkur manzilda Zibo shahri meri Li Szyunde Piskent tumani hokimi N.Yakubov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida futbolning paydo boʻlish tarixi aynan mana shu Zibo shahriga bogʻliqligi xususida taʼkidlanib, sport inventarida Zibo shahri va Piskent tumani oʻrtasida ogʻzaki hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Uchrashuvda mahalliy hokimiyat rahbarlari tomonidan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, Piskent tumani hokimi N.Yakubov tumanda Zibo shahri tadbirkorlari ishtirokida maxsus sanoat hududi tashkil etish taklifini bildirdi. Zibo shahar meri mazkur taklifni qoʻllab quvvatladi.

Piskent tumani hokimi boshchiligidagi kichik guruh ishni Bochjou shahrida shahar merining birinchi kotibi, janob Li Lei  bilan uchrashuv oʻtkazib, Xitoy xalk tabobati bozori faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladilar.

Mazkur bozor joriy yilda ishga tushirilgan boʻlib, 1,1 million kvadrat metr maydonda joylashgan.

Shu bilan birga, Piskent tumanida farmatsevtika sohasida loyiha qilish istagida boʻlgan tadbirkorlar va shahar meri bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Piskent tumanidagi "Zonitan Chemical" va Zibo shahridagi "Shangdon Zhontien technology engineering" kompaniyasi oʻrtasida Piskent tumanida natriy hamda kansongenat ishlab chiqarish boʻyicha 20 million dollarlik shartnoma imzolanishiga erishildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuv boshlandi


〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️

Ayni paytda Anxuey provinsiyasida bo‘lib turgan Piskent tumani hokimi N.Yakubov Bochjou shahri meri Chin Feng Yu xonim bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM