PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hashar

Obodlik avvalo koʻngildan boshlanib, qolaversa xonadonlar va ishxonalar pokizaligida davom etadi.

Bugungi hasharda tuman hokimligi jamoasi ham chetda turishmadi. Hududlarda koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish barobarida xizmatchilar tomonidan hokimlik binosi va hovlisi supurib sidirildi. Hazon boʻlgan gullar oʻrniga yangilari ekildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Piskent #Hashar

Fermerlar va koʻngillilar bugun yoʻl chetlariga 5 qatordan jami 2 ming tup terak koʻchati oʻtqazishni reja qilishgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Koʻp qavatli uylar hududi obodonlashtirilmoqda

Prezidentimizning 5152-sonli Qarori 3-ilovasi asosida tumandagi 28 ta koʻp xonadonli uylarning sharoitini yaxshilash belgilangan. Bugun “Obod mahalla-yurt koʻrki” shiori ostida olib borilayotgan ishlar doirasida Furqat mavzesida ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. 

-Furqat massivida yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan uylar orasidagi ichki yoʻllarni taʼmirlab, kirish qismlariga beton qoplanadi. Ayrim uylarga yoritkichlar oʻrnatib, Maylobod, Moʻminobod va Birlik mahallasidagi uylar uchun 3 ta bolalar maydonchasi quriladi,-deydi Uy-joy kommunal boʻlimi rahbari U.Ermatov.

Ayni vaqtda hududni tozalash, chiqindilarni bartaraf etish va qurilish-taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Buning uchun "MMM servis" boshqaruv servis kompaniyasining 15 nafar ishchisi, 4 ta maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Suvti mahallasida ham hashar qizgʻin

Suvti mahallasida “Obod xonadon,obod koʻcha, obod mahalla” mezonini joriy etishda shu yerda yashovchi fuqarolarning ham hissasi boʻlishi kerak. Shu bois viloyat ishchi guruhi tomonidan targʻibot ishlari olib borildi.

Unda aholi egalariga uy-joylarini tartibga keltirish, sanitar holatini yaxshilash borasida tushuntirish berildi. Jarayonda fuqarolar tomonidan uylarning qarovsiz qismlari taʼmirlanib, xonadonning “yuzi” boʻlgan ostona va darvozalari boʻyoqlandi, devorlari oqlandi.

Hududdagi 18-maktabda “Yashil makon” loyihasi doirasida ustoz va shogirdlari tomonidan hashar qilib, maktab bogʻiga 200 tup koʻchat ekildi.

Shuningdek, Tinchlik koʻchasidan oʻtgan ariqni betonlash ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Bugungi umumxalq hasharida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, ustoz va murabbiylar ham ishtirok etishdi.

"Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki", "Yangi Oʻzbekiston-yashil makonda birlashaylik!" shiori ostidagi
ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida barcha maktab va bog‘chalar hududi obodonlashtirildi. Jami 2 ming tupga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Prokuratura va departament xodimlari "Yashil makon"ga hissa qo‘shishdi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  umumxalq xayriya hashariga bugun huquq tartibot organlari xodimlari ham oz hissalarini qoshishdi.

2-sektor shtabi binosi joylashgan Guliston mahallasida magistral yo‘l yoqasidagi 2 gektardan ortiq maydonda obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hasharda tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, majburiy ijro bo‘limi, hudud imom-xatibi va Guliston mahallasi xodimlari tomonidan 2 500 tup terak ko‘chati ekish uchun joy tayyorlandi.

Hashar ertaga ham davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Taraqqiyot mahallasida ham yoshlar ishtirokida hashar o‘tkazildi.

Hashar doirasida mahallaga iqlim sharoitiga mos terak, tol, tok ko‘chatlari ekish, 24-maktab binosi hududida, qabristonlar hamda ichki koʻchalarida obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Navoiy, Maylobod, Birlik, Mo‘minobod mahallasida joylashgan ko‘p xonadonli uylarda hashar davomida mas’ul korxonalar va boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan suv tarmog‘i tortish, oqava suv tizimini tozalash, obodonlashtirish, trotuarlar qurish ishlari olib borildi. Hasharda aholi vakillari ham faol qatnashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

"Mo‘minobod" mahallasi hududidagi 148, 150-ko‘p xonadonli uylarda bugun obodonlashtirish ishlari davom etdi. Hasharda asosan ayollar, uy bekalari faol ishtirok etdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari Mehrinisa Usmonova boshchiligida tuman hokimligi ayollari va xotin-qizlar faollari “Karimov Xolmurod” fermer xoʻjaligida hasharga chiqishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Live
#Hashar

Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" umumxalq xayriya hasharida faol bo'ling!

#Mahallauyushmasi #hashar

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar

Bugun yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq hashari boshlandi.
Hasharda Piskent tuman mahallalar uyushmasi bo‘limi hodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Hashar jarayoni tumandagi barcha mahallalarda davom etmoqda....

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube