PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#FVB

Hamkorlikdagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha saf ko’rigi o’tkazildi

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan tumandagi hamkorlikdagi tashkilotlar va ularga tegishli bo’lgan kuch va vositalarning saf ko’rigi o’tkazildi.

Yaqinlashib kelayotgan bayramlarni va qish-bahor mavsumi davomida favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotida tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo’limi, Ichki ishlar bo’limi, tez yordam, SEO va JS, elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa xizmatlar jalb etildi. Kutilmagan vaziyatlarda harakatlanish yo’riqnomasi o’tilib, vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB_xabari

Bugun, 1 iyul kuni soat 12:08da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Piskent tumani, "Lolaariq" MFY hududida joylashgan Toshkent davlat o‘rmon ho‘jaligi "Angren o‘rmon bo‘limi"ning 1-uchastkasida quruq o‘t-o‘lanlar yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in o‘chirish texnikalari soat 12:23da yetib borib, soat 13:10da o‘rab olingan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakati bilan 5.89 gektar maydonga tarqalgan yong‘in soat 14:16da to‘liq o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish ishlariga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

R.Axrorov,
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat
#FVB

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyuldagi 473-sonli farmoyishi hamda viloyat va tuman hokimining tegishli farmoyishlariga asosan, ko‘p kvartirali turar uy va jamoat binolarining yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarida joylashgan ko‘ngilochar shohobcha, klub, bar va boshqa o‘yin-kulgi muassasalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

Nazorat tadbirlari davomida tuman hududida turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ko‘p qavatli turarjoy binolarining yerto‘la qismidan foydalanish holatlari, zarur xavfsizlik va ehtiyot choralari ko‘rilishi tahlil qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB
#Jarayon

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shtabi a’zo tashkilotlarining kuch va vositalari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot jarayonida maxsus xizmatlar xodimlariga bayramni betalofat o‘tkazish, yong‘inlarni va favqulodda vaziyatlarning oldini olish buyicha yo‘riqnoma tushuntirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Sinov mavsumi betalоfаt o‘tsin

Piskent tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023 yil 4 sentyabrdagi 145-10-142-F/23-sonli farmoyishiga asosan, tumanda 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr va gaz tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Taktik mashg‘ulotda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, FVB boshlig‘i Sa’dulla Islamov, IIB, FVB YXB otryadlari, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l qurilishi, obodonlashtirish, aloqa, SEO va JS bo‘limi mas’ullari va xodimlari ishtirok etdi. Jarayonda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar, noqulay ob-havo sharoitida kommunal sohada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning zararini kamaytirish bo‘yicha soha xodimlarining tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Xabaringiz bor, respublikamiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasiga start berilgan.

Piskent tumanida ham ushbu kampaniya doirasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Aholi yashash xonadonlari, qurilish, ijtimoiy sohalar va boshqa obyektlarda aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berilmoqda.

Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi fuqarolarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ijtimoiy soha obektlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023 yil 26 avgustdagi 360-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha maktab, bog‘cha va shifoxonalar, aholi yashash xonadonlari hamda ko‘p kvartirali uylarda fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar ham olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FVB_ogohlantiradi

Hurmatli fuqarolar!
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 12-13 oktabr kunlari ob-havoning pasayishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari
#FVB

Kuz-qish mavsumida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish va boshqa ofatlarning oldini olish maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yongʻin xavfsizligi oyligi eʼlon qilingan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda mahalla va xonadonlar, koʻp qavatli uylar, maktab va bogʻchalarda profilaktik tadbirlar, targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Bunda sovuq mavsumga tayyorgarlik bilan birga, uylarni isitish va ovqat tayyorlash jarayonida ehtiyot choralarini koʻrish, yongʻin xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida tushuntirib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar! Yongʻin xavfi sezganda zudlik bilan Piskent tumani FVBning ☎️ 70 54 53 506 raqami yoki  101, 1050 qisqa raqamlariga xabar bering.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda

Respublikamizda 15-noyabr - 15-dekabr kunlari yongʻin xavfsizligi oyligi davom etmoqda. Piskent tumani hokimining tumanda  yongʻin xavfsizligi oyligini  oʻtkazish boʻyicha 231-10-142-Q/23-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman FVB xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻquv amaliy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Unda yongʻin xavfsizligi oyligining 10 kunlik natijalari tahlil etib, aholi oʻrtasida yongʻin, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish choralari belgilab olindi.

Oylik doirasida barcha obyektlar, koʻp xonadonli uylar va yakka xonadonlar, bozor va savdo majmualari va aholi koʻp toʻplanadigan boshqa obyektlarda keng qamrovli profilaktik ishlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Sinov davri betalofat oʻtsin

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan hududlarda profilaktik tadbirlar oʻtkazib borilmoqda. Navbatdagi tadbir Doʻstlik mahallasida tashkil etildi.

Yoʻriqnomada tuman FVB boshligʻi S.Islamov, mahalla raisi va FVB xodimlari ishtirok etib, har bir xonadon hamda aholi gavjum boʻlgan maskanlarda yongʻin havfsizligi qoidalariga rioya etish, is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari toʻgʻrisida batafsil tushuntirish topshirigʻi berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Favqulodda  vaziyatlar boshqarmasi va tuman FVB, viloyat IIBB, SEO va JS boʻlimi, viloyat vaterinariya boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlarining hududiy oʻquv va taktik mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. 

Tuman Musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan  yigʻilishda Ohangaron, Bekobod, Olmaliq, Boʻka  hududlaridan  taklif etilgan vakillar, Piskent tumani mahalla raislari, epidemiologiya  shifokorlari, veterinar va obodonlashtirish boʻlimi xodimlari  ishtirok etdi.

Seminarda mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish, hayvonlar bilan bogʻliq kasalliklar, jumladan quturish profilaktikasi, emlash va qarshi kurash chora-tadbirlari, ayniqsa chekka qishloqlarda uy hayvonlarini nazoratga olish hamda hamkor tashkilotlarning birgalikda harakati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi