PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo'nalishida tomorqa yer egalariga 3 million so'mgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;

▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;

▪️chet davlat fuqaroligini olishga;

▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;

▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🇺🇿 Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.

☑️ Davlat bayrog'ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O'zbekistonga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistonga olib kirish yoki o'tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta'til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1-sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistonga olib kirish yoki o'tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Bola 3 yoshga to'lguncha bolani parvarishlash ta'tillarida bo'lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o'z xohishiga ko'ra YIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tib, so'rovnoma to'ldiradi hamda unga zarur hujjatlarni ilova qiladi.

📝 So'rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🚫 So'rovnomani ko'rib chiqqanlik uchun to'lov undirilmaydi.

🗓 Soliq organlari so'rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilgan yoki qo'llanilmaganligi haqida QR-kodli xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.

🏢 Daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilganligi to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati qo'mitasi to'lovlarni amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishsiz va band bo'lmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yo'li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro'yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko'nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o'qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o'zida o'qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga har bir ta'lim oluvchi uchun bir oyda BHMning 4 baravarigacha (1 mln 360 ming so'mgacha) grantlar ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin