PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_yumushlari

Dehqon va fermerlarga qish faslida ham yetarlicha yumush topiladi.  Zero, yozdagi toʻkin-sochinlik hozirgi mehnat samarasidir.

Ayni vaqtda mavsumiy yumushlar avj pallasida olib borilmoqda. Piskent tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini oziqlantirish uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, xandaq va oʻralar qazish, bugʻdoyzorlarni gʻoʻzapoyadan tozalash singari ishlar bajarilmoqda.

Tumanda joriy yilda jami 8 ming gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Gʻallaning boʻliq yetilishi uchun 40 ming tonna mahalliy oʻgʻit zarur boʻladi. Qish mavsumida fermerlar tomonidan kuniga 650 tonna, mavsum boshidan buyon 35 ming tonna oʻgʻit chiqarildi. 1 ming 454 ta xandaqlar qazib, sugʻorish mavsumiga tayyorlab qoʻyildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ijro hujjatlari bo'yicha sotuvga chiqarilgan mulklarni sotib oling!

"E-auksion" platformasida ijro hujjatlari bo'yicha mulklar 2017-yildan buyon realizatsiya qilinmoqda. 2023-yilda 1,25 trln so'mlik 3213 ta mol-mulk sotildi. Shundan 594 ta mulk davlat daromadiga olish yo'nalishida, 2098 tasi garovga qaratilgan mulklardir.

Bugungi kunda 533 ta avtomototansport vositalari, 921 ta ko'chmas mulklar hamda 154 ta maxsus texnikalar e-auksion.uz saytida turibdi. Istalgan shaxs ushbu mulklarni ochiq auksionda ishtirok etgan holda sotib olishi mumkin.

ESLATMA: Musodara qilingan maishiy texnika va boshqa tovarlar "E-auksionshop" elektron savdo do'konida sotiladi!

Mulklarni ko'rish ➡️https://e-auksion.uz/home

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya uchun zararsiz: Oʻzbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan endi yurtimizda chiqindi tashishda elektrda yurishga moʻljallangan texnika vositasidan foydalaniladi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Jarayon

Xotin-qizlarning murojaatlari joyiga chiqib oʻrganilmoqda

Piskent tumani hokimi oʻrinbosari-Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Xilvatullayeva qiyin turmush sharoitida boʻlgani sababli murojaat yoʻllagan ayollarning xonadonida boʻldi.

Mustaqillik va Mingtepa mahallasida boʻlib oʻtgan oʻrganish jarayonida murojaatchi ayollar bilan suhbat qilinib, ularning yashash sharoiti, ishlashga istagi yoki oʻzini band qilishga shart-sharoiti borligi, oilaviy holati oʻrganildi. “Ayollar daftari” va qonunchilikda belgilangan tartibda muammolari hal etilishi bildirib oʻtildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o'z xohishiga ko'ra YIDXP (my.gov.uz) orqali ro'yxatdan o'tib, so'rovnoma to'ldiradi hamda unga zarur hujjatlarni ilova qiladi.

📝 So'rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🚫 So'rovnomani ko'rib chiqqanlik uchun to'lov undirilmaydi.

🗓 Soliq organlari so'rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilgan yoki qo'llanilmaganligi haqida QR-kodli xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.

🏢 Daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanilganligi to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati qo'mitasi to'lovlarni amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Nazorat

Bugun tuman markazida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi.

Nazorat tadbirlarida Davlat soliq inspeksiyasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi, Sanitariya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi, “Toza hudud” DUK masʼullari qatnashishdi.

Jarayonda markaziy Amir Temur va Bobur koʻchalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning sanitariya qoidalariga rioya etishi, yigʻilgan qattiq va maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi, 2024-yil uchun shartnomalar imzonanishi singari jihatlar tanqidiy oʻrganildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

Musiqa va sanʼat maktabida Oybek va Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy  tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, yozuvchi S. Inomov, maʼnaviyat targʻibotchilari aʼzolarining maʼruzalari tinglandi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Huddi shunday tadbir Murotali madaniyat markazida ham tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi