PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Tadbir

Maktablarda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

Nuroniylar kengashi va maktablar hamkorligida taʼlim muassasalarida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Unda mahallalardagi nuroniy, katta hayot tajribasiga ega boʻlgan otaxonu onaxonlar maktab oʻquvchilari bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega davra suhbatlari olib borishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Fidoyi va nuroniy mahalla faollari e'tirof etildi

Piskent tuman hokimligi tomonidan bugun “Lola” tantanalar majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumki, Piskent tumani pilla va g‘alla mavsumini muvaffaqiyatli yakunladi. Kuni kecha shukronalikda Qurbon hayiti nishonlandi. Mana shunday fayzli kunlarda tuman hokimi Nodirbek Yakubov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirga 29 ta mahalladan 300 dan ortiq nuroniylar, faollar va ko‘chaboshilar taklif etildi.

Sektor rahbarlarining e’tibori va e’tirofi, to‘kin dasturxon va musiqiy dastur yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, elimiz dasturxoniga to‘kinlik, yaxshi kunlar ko‘p bo‘lishini tiladilar. Doshqozonlarda palov damlab, tortildi.

Tadbir so‘ngida barchaga tuman hokimligi va “Mahalla” jamg‘armasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugun "Yoshlar bog‘i" da sport va ko‘ngiochar tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida bog‘dagi amfiteatr maydonida Muhammad Ali Iskandariyning "Men terrorchi emasman" nomli hujjatli filmi ham namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida ma’rifat kunlari o‘tkazilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Yoshlar bog‘ida "Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda" mavzusida "ma’rifat kuni" tashkil etildi.

Navbatdagi ma’rifat kunida faxriy jurnalist Sayyora Yo‘ldoshevaning 70 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi. Tadbirda S.Yo‘ldoshevaning farzandlari, shogirdlari, jurnalistlar, adabiyot ihlosmandlari qatnashishdi. Tadbir davomida adibaning "Bedor qalb tuxfalari" nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ona Vatan, yurt tinchligi mavzularidagi she’ru qo‘shiqlar, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining badiiy chiqishlari tadbirga fayz qo‘shdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir
#Suvti_MFY

Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oilalar mustahkamligi, xonadonlar tinchligi va obodligida oila a’zolarning hayotiy tajribalari va ma’naviyati ham katta ahamiyat kasb etadi. Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan tadbirlar doirasida 18-maktabda “Uch avlod uchrashuvi” uyushtirildi.

Tadbirda respublika ishchi guruhi a’zolari, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Mirgaziyeva, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi rahbari S.Fayziyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat rahbari A.Nosirov, turli sohalarda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan suvtilik mehnat faxriylari, mahalla faollari va yoshlari ishtirok etishdi.

Samimiy muloqot chog‘ida nuroniylar yoshlarga o‘z hayotiy tajribalaridan so‘zlab berishdi. O‘z navbatida yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar kayfiyatini xushnud etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni munosabati bilan Piskent tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolalarga bering dunyoni" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, ota-onalar ishtirok etishdi. Bolajonlar bog‘cha opalari bilan birgalikda tayyorlagan kuy-qo‘shiq va raqslarni yig‘ilganlarga namoyish qildilar. Tadbir so‘nggida bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

Piskent tumani hokimligi tomonidan nogiron va imkoniyati cheklangan insonlar uchun tashkil etilgan bayram tadbiridan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Piskent tumani fermerlari, paxtakor, g‘allakor va pillakorlari, agrar soha fidoyilari uchun tashkil etilgan bayram tadbiridan videolavha.

Каналга уланиш⤵️

https://t.iss.one/piskenthоkimligi
#Tadbir

Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!

Piskent tumani mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida maʼnaviy-marifiy va madaniy tadbirlar davom etmoqda. “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida bugun Guliston, Yangiobod, Oqtepa va Suvti mahallasida tashkil etilgan tadbirga jami 600 nafarga yaqin aholi qamrab olindi.

Bayramona ruhda oʻtgan tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va  bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, faxriylar, yozuvchi va shoirlar ham jalb etildi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sobirjon Inomov soʻzga chiqib, bugun yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar hamda ularning tumanimizdagi ijrosi, tumandoshlarimizning hissasi toʻgʻrisida soʻzladi.

Tadbirlar barcha mahallada davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Mustaqillik, Maylobod va Kelovchi mahallasida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, bir necha kundan buyon tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun Mustaqillik, Maylobod va Kelovchi mahallasida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Unda mahalla faollari bilan birga respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, Madaniyat boʻlimi vakillari, ijodkorlar hamda katta hayotiy tajribaga ega nuroniylar ishtirok etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

Musiqa va sanʼat maktabida Oybek va Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy  tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, yozuvchi S. Inomov, maʼnaviyat targʻibotchilari aʼzolarining maʼruzalari tinglandi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Huddi shunday tadbir Murotali madaniyat markazida ham tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Piskent tumani hududida joylashgan 50-sonli jazoni ijro etish manzil koloniyasida “Yurt tinchligi va farovonligiga barchamiz masʼulmiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Zikrillo Neʼmat Vafoiy, muassasa tarbiyaviy ishlar boʻlinmasi boshligʻi O.Abdiyev, katta inspektori N.Aliyev, jazoni ijro etish mussasasida muddatini oʻtayotgan mahkumlar ishtirok etdi.

Jarayonda taʼkidlanganidek, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro Vatan taraqqiyoti va tinchligi uchun oʻz hissasini qoʻshishga burchlidir. Bu singari maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar, suhbatlar hayotda adashgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida mahallalarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Navoiy mahallasi 7-maktabda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yili munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlari mujassam. Tadbir davomida maktabning ijodkor oʻquvchilari tomonidan ona Vatan, tinch va osoyishta hayot kuylangan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tumani boʻlinmasi tomonidan “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” haftaligi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, 1-IDUMda bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda oʻquvchilarga ushbu maktab direktori, “Doʻstlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibasi M.Qurbonova hamda faxriy oʻqituvchi M.Otaxonova bilim va sabr bilan hayotda erishgan muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida hikoya qilib berishdi. Oʻz navbatida xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar kelajakdagi orzulari toʻgʻrisida soʻzlab berishdi. Tadbir doirasida “Balli, qizlar” viktorinasi oʻtkazildi va gʻoliblarga kitoblar sovgʻa qilindi.

Shuningdek, Tibbiyot birlashmasida ayollar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Z.Xilvatullayeva, RMMM tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, IIB katta inspektori R.Yakubova qatnashib, tushuntirish ishlari olib borishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tadbir

Maktablarda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

Nuroniylar kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida taʼlim muassasalarida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari oʻtkazilmoqda. Unda mahallalardagi nuroniy, katta hayot tajribasiga ega boʻlgan otaxonu onaxonlar maktab oʻquvchilari bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega davra suhbatlari olib borishdi.

Samimiy muloqot chog‘ida nuroniylar yoshlarga ona Vatanga mehr, sadoqat, oilaga muhabbat, insoniylik tuyg‘ulari hayotiy muvaffaqiyatlarga asos bo‘lishi to‘g‘risida tajribalari bilan so‘zlab berishdi. O‘z navbatida yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar kayfiyatini xushnud etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube