PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sessiya_74

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining yetmish toʻrtinchi sessiyasi oʻz ishini boshladi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin olgan:

1. 2023-yil tuman mahalliy budjetining ijrosi toʻgʻrisida.

2. Tuman mahalliy budjetining 2024-yil yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida.

3. Tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2023-yilda amalga oshirgan ishlari haqidagi axboroti.

4. Tuman prokurorining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti.

5. Tuman hududida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot.

6. Tumanda yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini oʻrganish, bu borada tuman Kengashi tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida.

7. Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti.

8. Tuman SEO va JS boʻlimi tomonidan 2023-yil 12 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.

9. Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni yil yakuniga koʻra “Ayollar daftari”dan chiqarish toʻgʻrisida.

10. Tumanda Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.

11. “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiya” raisining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida.

12.  Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi