PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Korrupsiya_illat

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish zarur

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputatlari ishtirokida korupsiya holatlarining oldini olish masalalari muhokama etildi.

Korrupsiya jamiyat illati, u bor joyda sog‘lom raqobat va rivojlanish bo‘lmaydi. Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ana shu masala kun tartibidan o‘rin oldi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, sektor rahbarlari, deputatlar ishtirok etdi. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Umarov so‘zga chiqib, o‘tgan davr mobaynida poraxo‘rlikka qarshi tuman Adliya bo‘limi va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengashga hisobot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Korrupsiya_illat

Piskent tuman hokimi N.Yakubov rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida seminar o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari va korxona, tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Tuman prokurori X.Kenjayev tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Barcha tashkilotlarda olib borilayotgan tushuntirish ishlari, mutasaddilardan kafolat xatlari olinganiga qaramay, korrupsiya iskanjasiga tushib qolish holatlari uchrab turganligini ta’kidlab o‘tdi.

Holatlar ta'lim, tibbiyot qishloq xo‘jaligi, pensiya va bank, qurilush sohasida korrupsiya holatlari kuzatilgan. Ularga jazo muqarrarligi ta'minlangan.

Poraxo‘rlik-taraqqiyot kushandasi, oqibati nafaqat jinoyat sodir etayotgan shaxsga, balki oilasi ham obro‘sizlanishiga olib keladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Korrupsiya_illat

Korrupsiya har qanday davlatning kelajagi uchun xatarli kushandadir. U iqtisodiyotga katta zarar yetkazib, mamlakat taraqqiyotini izdan chiqaradi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi korrupsiyaga qarshi kurashishga chaqiradi:

Agar Sizda pensiya ta'minoti bilan bog'liq, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to'lashda, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, pensiya bo'limiga murojaat qilganda ta'magirlik, poraxo'rlik, o'z xizmat va mansab vakolatini suiste'mol qilish kabi salbiy holatlar, umuman korrupsion vaziyatlar kuzatilganda quydagi ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so'raymiz:

➡️ - 11-40 Pensiya jamg'armasi Ijro etuvchi apparati;
➡️ - 95-340-40-18 Pensiya jamg'armasi Toshkent viloyati boshqarmasi;
➡️ - 70-545-23-81 Pensiya jamg'armasi Piskent tuman bo'limi.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Korrupsiya_illat

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini taʼminlash, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi hamda Toshkent viloyati hokimining 13-noyabrdagi 396-10-0-F/23-sonli farmoyishiga asosan, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabrdan 14-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” profilaktik tadbirlari oʻtkaziladi.

Ushbu oylik davomida jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish va minimallashtirish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazib boriladi.

Korrupsiya – jamiyat rivojiga toʻsqinlik qiluvchi illatdir. Shu bois ushbu oylikda faol qatnashing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Korrupsiya_illat

Piskent tuman hokimi N.Yakubov rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida yigʻilish oʻtkazildi. Unda hokim oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, Prokuratura, IIB, Adliya va boshqa tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, tashkilotlarda tushuntirish ishlari koʻlamini kengaytirish, poraxoʻrlik holatlariga barham berish zarurligiga eʼtibor qaratildi. Jumladan, maxsus ishchi guruh bilan korrupsiya havfi koʻproq bo‘lgan sohalarda nazorat olib borish, rahbarlari bilan matbuot anjumani va brifinglar tashkil etish, ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish, adliya organlari bilan kelishgan holda seminar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bugungi kunda korrupsiya holati maktabgacha taʼlim, tibbiyot, kadastr va bank sohasida kuzatilgan va jazo muqarrarligi taʼminlangan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi