PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.73K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Munosabat

Ayni vaqtda dalalarda g‘alla o‘rimi jarayoni qizg‘in, issiq ob-havo hamda qurigan somonpoyalar yong‘in xavfini oshiradi.

Tumanimizning ayrim hududlarida esa g‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqib yuborish holatlari uchramoqda. Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Piskent, Oxunboboyev, Qirqqizobod, Haydarov hududlari fermerlari bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarni peshma-pesh shudgorlash, somonpoyalarni yoqib yuborishning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bug‘doy o‘rilgan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oybek MFY To‘maris ko‘asida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani to‘g‘risida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Piskent tumani Oybek mahallasi To‘maris ko‘chasida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagani va bu aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilindi. Ushbu holat “Zangiota obodon” MCHJ ishchilari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani markaziy ko‘chalarida suv quvuri yorilib, ichimlik suvi isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy material e’lon qilindi.

"Toshkent suv ta’minoti" MCHJ tuman filiali avariya bartaraf etish brigadasi tomonidan ushbu ichimlik suv tarmoqlarida vujudga kelayotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Shu bilan birga tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida "Toshkent dengizi" va "Hamkor" suv inshootlariga yangi ichimlik suvi nasoslari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

"Toshkent suv ta’minoti" korxonasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani Mo‘minobod MFY Muqimiy ko‘chasida suv quvuri teshilib, suv isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy material e’lon qilindi.

Yuzaga kelgan holat bo‘yicha "Toshkent suv ta’minoti" MCHJ Piskent tuman filiali mas’ullari joyiga chiqib o‘rgandilar va avariya tiklash brigadasi xodimlari tomonidan nosozlikni barataraf etish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Telegram tarmog‘i orqali Piskent tumani G‘ayrat mahallasi hududida yangi qurilgan uy-joylar kanalizatsiyasi suv o‘zaniga tozalanmasdan oqizilmoqda, degan mazmunda murojaat e’lon qilindi.

Bu borada quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Piskent tumani G‘ayrat mahallasi hududida yangi qurilgan uy-joylar suv tozalash inshooti “David Invest qurilish” MCHJ tomonidan qurilgan bo‘lib, aholi murojaatlariga sabab bo‘lgan holat Piskent tumani mutasaddilari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Atrof tabiiy muhitga yetkazayotgan zararidan kelib chiqib, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, hozirga vaqtda sudga oid jarayon ketmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida  Birlik mahallasi Gulshan mavzesida ko‘p qavatli uylar chiqindisi vaqtida olib ketilmagani bo‘yicha murojaat yo‘llangan.

Piskent tumanida chiqindilarni yig‘ish va chiqarib tashlash bo‘yicha "Zangiota obodon" MCHJ faoliyat olib boradi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuzasidan so‘nggi vaqtlarda ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Korxona balansida 8 ta chiqindi yig‘ish texnikasi va 25 ta xodim ishlaydi. Ammo bu tumandagi 29 ta mahallani to‘liq qamrab olishga yetishmayapti. Shu bois, mazkur "Zangiota obodon" MCHJ faoliyati natijadorligi Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdagi sessiyasida muhokamaga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga tez muddatda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

Respublika ishchi guruhi Koʻlota mahallasida istiqomat qiluvchi Madumarovlar oilasidagi 3 nafar farzandining sogʻligida muammolari hal etilmayotgani tanqid qilgan edi.

Holat yuzasidan Piskent tumani hokimining 1-oʻrinbosari A.Manayev va mutasaddi rahbarlar bilan muammoni bartaraf etish choralari belgilandi. Yurtimizda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligi taʼkidlanib, Koʻlota mahalla raisi va hokim yordamchisiga xatlovda har bir fuqaro, ayniqsa, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand insonlarning muammolariga eʼtibor berib yechimi bo‘yicha hokimlikka taklif kiritish topshirildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari M.Qodirova imkoniyati cheklangan bu fuqarolarni tegishli tartibda nogironlik nafaqasiga chiqarish ishlarini nazoratga olgan boʻlib, endi oilaning 3 a'zosiga nafaqa toʻlanadi. Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Maxmudov, M.Miryunusov va masʼullar ushbu xonadonda bo‘lib, oziq-ovqat va sovgʻalar topshirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from MINENERGY.UZ
#munosabat

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ shuni ma’lum qiladiki, mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.

Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.

Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz.

AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Energetika vazirligi Axborot xizmati,
“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Munosabat

Bugun telegram ijtimoiy tarmogʻida Piskent tumanida daydi itlar koʻpaygani toʻgʻrisida tanqidiy material eʼlon qilindi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bu borada quyidagilarni maʼlum qiladi:

Darhaqiqat, birgina Piskent tumanida emas, boshqa hududlarda ham itlar koʻpayib bormoqda. Hozirda ushbu holatni bartaraf etish boʻyicha Obodonlashtirish boshkarmasi tomonidan doimiy 2 smenada ishlar tashkil etilgan va holat nazoratga olingan.

Ammo aniqlanishicha, itlarning aksariyati egali boʻlib, fuqarolar oʻzi parvarish qilayotgan itlarni nazoratsiz qoldirayotgani  salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Vazirlar Maqkamasining 202-sonli qarorida ham fuqarolarning uy hayvonlarini saqlash va boqish bilan bogʻliq qoidalar keltirilgan.

Yuqoridagi murojaat yuzasidan it ovlash brigadasi tomonidan markaziy koʻchalardan va aholi yashash punktlaridan, koʻp qavatli uylar hududidan dekabr oyida jami 85 ta qarovsiz itlar tutib, oʻrnatilgan tartibda maxsus it saqlash punktlariga topshirilgan.

Shu o‘rinda tumanimiz fuqarolaridan itlarni boqish va saqlash, oʻz vaqtida emlatish qoidalariga amal qilish toʻgʻrisida eslatib oʻtamiz.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishda soʻzlagan nutqiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Piskent tuman boʻlinmasi rahbari Surayyo Azimova munosabat bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat

4R-20 Toshkent-Bekobod yoʻlining Piskent tumanidan oʻtgan qismida avtohalokat sodir boʻlgan. Yoʻl transport hodisasida Kamaz yuk mashinasi va Damas avtomashinasi toʻqnashuvi natijasida yongʻin chiqqan. Hodisa joyiga IIB YHXB, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va tibbiyot birlashmasi xodimlari yetib borgan. Yong‘in o‘chirilgan.

Holat yuzasidan va jabrlanganlar to‘g‘risida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat
#Muammo_va_yechim

Oqtom yoʻllariga shagʻal yetkazib berildi                    

"Milliy" TV orqali Piskent tumani Oqtom mahallasida yoʻllar taʼmirtalab ekanligi toʻgʻrisida tanqidiy material eʼlon qilindi. Ushbu videomaterialning oʻzidayoq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Vositxon Otaxonov munosabat bildirib oʻtgan.

Oqtom mahallasi 2022-yilda “Obod qishloq” dasturi asosida yoʻl, elektr va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasida ishlar olib borilgan. Tanqid qilingan koʻchada esa ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari natijasida 2023-yilda shunday loygarchilik yuzaga kelgan.

Muammoni hal etish maqsadida hozirda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shagʻal yetkazib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumani “Lolaariq” mahallasining ichki yoʻllari taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Yakuniy natijalar yuzasidan maʼlumot beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube