#Savodxonlik_bayrami
Maktabda olingan bilim va taʼlim-tarbiya insonning hayotda yetuk shaxs boʻlib yetishini taʼminlaydi.
Yangi yil bayrami yaqinlashib kelayotgan ayni kunlarda tumanimizdagi 41 ta umumtaʼlim maktabida 2023-2024-oʻquv yilida 1-sinfga borgan 1726 nafar bolajonlar oʻzlarining savodxonlik bayramini nishonlamoqda.
Aniq fanlarga ixtisoslashgan 5-IDUMda ham 6 ta 1-sinflarda “Savodxonlik bayrami” yuksak saviyada, koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtkazilmoqda.
-Joriy oʻquv yilida maktabimizga 203 nafar oʻquvchi 1-sinfga qabul qilindi,-deydi 5-IDUM oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Surayyo Badalova.-Taʼlimga ilgʻor usullarning joriy etilishi bugun oʻz samarasini bermoqda. Bugun 1“D”-sinfida oʻtkazilgan savodxonlik bayramida qatnashib, jajji bolalarning zukkoligiga, oʻzbek va ingliz tillarida sheʼru qoʻshiqlarni tutilmay yod aytishiga guvoh boʻldik. Kelajakda ular Vatanimiz koriga yaraydigan insonlar boʻlib yetishiga ishonamiz.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi