PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg‘in davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Yaxshi dam - mehnatga hamdam. Piskent tumani Doʻstbekov hududi paxta dalalarida paxta festivali va terimchilar uchun tayyorlangan bayram dasturidan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Piskent tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Yusupov 4-sektor hududidagi paxta dalalarida bo‘lib, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni o‘rgandi.

Jarayonda X.Qodirov hududi “Ma’mur” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terim mavsumida peshqadam bo‘lib kelayotgan 102-otryad paxtakorlari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotdan so‘ng terimchilar uchun osh tortildi, ilg‘or paxtakorlarga sektor rahbarining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Piskent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Xolmurod Kenjayev sektor hududidagi paxta maydonlarida bo‘ldi.

Nazorat davomida Qirqqizobod hududida paxta yetishtirgan “Azamat Abdukarimov” va “Abdubakir Abdusiddiq” fermer xo‘jaliklarida terim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ushbu fermer xo‘jaliklarida 52-otryadning yuz nafardan ortiq terimchilari paxta yig‘im-terimi mavsumida qatnashmoqda. Tuman prokurori ular bilan suhbatlashib, terim pullarining o‘z vaqtida berilishi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi. Shundan so‘ng ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 31-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektorda kuz-qish mavsumi uchun gazlashmagan hududlar aholisiga suyultirilgan gaz va koʻmir yetkazishni tez muddatda hal etish vazifasini qoʻyilgandi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash, sinov mavsumini betalofat oʻtkazishga tayyorgarlik, gazlashmagan hududlar aholisini arzonlashtirilgan narxda koʻmir bilan taʼminlash maqsadida Piskent tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

29 ta mahalladan 17 tasida koʻmirga ehtiyoji boʻlgan 2 ming 349 ta xonadon roʻyxati shakllantirildi. Unga koʻra, 4 ming 707 tonna koʻmir yoqilgʻisiga talab “Oʻzbekkoʻmir”AJ Toshkent viloyati filialiga yuborildi.

Arzonlashtirilgan narxda koʻmir olishga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar Oʻrta Chirchiq tumani (Chigʻiriq)dagi ombordan (1 tonna - 303 soʻmdan) 2 tonnagacha koʻmir harid qilish imkoniyati mavjud.

Bugungi kunga qadar jami 795 ta xonadonda 1 ming 616 tonna koʻmir zaxirasi yaratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Bugun Piskent paxta tozalash zavodida agrar soha xodimlari uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda respublika Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddi vakillari, tuman hokimligi Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari, agrar soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, oʻsimliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish, dala madaniyatiga rioya qilish, kuzgi shudgorlash, toʻqsonbosti ekinlari ekish singari masalalar keng muhokama qilindi.

Shundan soʻng, dala maydonlari chetiga ekish maqsadida ekilishi rejalashtirilgan 50 ming tup terak koʻchati keltirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Kuz-qish mavsumiga hozirlik koʻrilmoqda

Piskent tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish borasidagi ishlar qizgʻin davom etmoqda. Xususan, hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, xususan maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalarida mavsum oldidan koʻrik oʻtkazilmoqda.

23-oktyabr-13-noyabr kunlari davomida 4 ta ishchi guruhi tomonidan 29 ta mahallada, 44 ta koʻp qavatli uylar, 2 ta kasb-hunar maktabi, 42 ta maktab hamda 21 ta bogʻcha, 8 ta davolash profilaktika muassasasi oʻrganib chiqildi. Mavsumiga tayyorgarlik borasida aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda.

Hususan, Oybek mahallasida joylashgan 54-uyning 1000 m2 qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 22 ta koʻp qavatli uylarning yoʻlak qismlari taʼmirlab, beton qoplamasi yotqazildi. Tungi yoritkich chiroqlari oʻrnatiladi. Shu bilan birga, uylar romlariga (framuga) oyna hamda eshiklar oʻrnatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Yilning sinov fasli boʻlgan kuz-qish mavsumini betelofat oʻtkazish maqsadida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani hokimligida tashkil etilgan kuz-qish shtabi huzuridagi ishchi guruhi tomonidan barcha maktab va bogʻchalarda, tibbiyot muassasalarida oʻrganishlar olib borildi. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, milliy gvardiya, kommunal soha xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etib borilmoqda.

Hususan, 2 ta kasb-hunar maktabi, 42 ta maktab, 21 ta bogʻcha, 8 ta davolash-profilaktika muassasasida sovuq mavsumga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kesirilish natijasida 1 ta maktabning tom qismi, 2 ta taʼlim muassasasining iisitish tizimi, 11 ta muassasada koʻmir qozonlari bilan bogʻliq muammolar hal etib, taʼmirlash ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari
#FVB

Kuz-qish mavsumida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish va boshqa ofatlarning oldini olish maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yongʻin xavfsizligi oyligi eʼlon qilingan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda mahalla va xonadonlar, koʻp qavatli uylar, maktab va bogʻchalarda profilaktik tadbirlar, targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Bunda sovuq mavsumga tayyorgarlik bilan birga, uylarni isitish va ovqat tayyorlash jarayonida ehtiyot choralarini koʻrish, yongʻin xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida tushuntirib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar! Yongʻin xavfi sezganda zudlik bilan Piskent tumani FVBning ☎️ 70 54 53 506 raqami yoki  101, 1050 qisqa raqamlariga xabar bering.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Zahmatkash dehqon va fermerlar qish kunlarida ham tinim bilmay mehnat qilishadi.

Ayni kunlarda fermer xoʻjaliklarida suv yoʻllarini taʼmirlash, ichki ariqlarni betonlab, mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, behuda isrof boʻlishining oldini olish maqsadida joriy yilning dekabr oyida 3 km, kelgusi yanvar, fevral va mart oylarida jami 81 km suv yoʻllari betonlashtirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Dehqon va fermerlarga qish faslida ham yetarlicha yumush topiladi.  Zero, yozdagi toʻkin-sochinlik hozirgi mehnat samarasidir.

Ayni vaqtda mavsumiy yumushlar avj pallasida olib borilmoqda. Piskent tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini oziqlantirish uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, xandaq va oʻralar qazish, bugʻdoyzorlarni gʻoʻzapoyadan tozalash singari ishlar bajarilmoqda.

Tumanda joriy yilda jami 8 ming gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Gʻallaning boʻliq yetilishi uchun 40 ming tonna mahalliy oʻgʻit zarur boʻladi. Qish mavsumida fermerlar tomonidan kuniga 650 tonna, mavsum boshidan buyon 35 ming tonna oʻgʻit chiqarildi. 1 ming 454 ta xandaqlar qazib, sugʻorish mavsumiga tayyorlab qoʻyildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari X.Niyozov, respublika prokuraturasi masʼul xodimi A.Nabirayev Piskent tumani hokimi oʻrinbosari S.Tulepov hamrohligida tumanda agrar sohada amalga oshirilayotgan mavsumiy yumushlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish jarayonida paxta va gʻalla ekin maydonlarida mavsumiy agrotexnik tadbirlar, shuningdek, kollektorlar hamda ariqlarni betonlash ishlari koʻzdan kechirildi. Hozirda suv yoʻllarini taʼmirlash-mustahkamlash ishlari qizgʻin davom etib, irrigatsiya boʻlimining ishchilari va texnika vositalari jalb etilgan.

Shundan soʻng masʼullar mashina traktor parklarida boʻldi. Ayni vaqtda bu maskanda oʻrim-yigʻim mavsumi uchun texnika vositalarini sozlash ishlari olib borilmoqda. X.Niyozov mavsumiy yumushlar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Qish fasli qor bilan tarovatli. Tun boʻyi maydalab yoqqan qor koʻchalarni oqartirdi. Erta tongdan ishga, oʻqishga qatnovchi tumandoshlarimizga qulaylik boʻlishi uchun tuman Obodonlashtirish xodimlari ham ishga kirishganlar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Mahallalarda qishdan zerikkan odamlar asta-sekin koʻklam yumushlariga bel bogʻladi.

Tuman Mahallalar uyushmasi boshligʻi H.Isamuhammedov bugun Istiqlol mahallasida boʻlib, koʻchaboshilar bilan hashar yumushlarini taqsimladilar. Mahallada bugungi kunda oʻzbek, tojik, qozoq millatiga mansub aholi ahillik va hamjihatlikda yashab kelmoqda.

Hashar boshida mahalla kayvonilari doshqozon osib, sumalak saylini ham boshlab yuborishdi. Eng avval yurtimizga tinchlik va farovonlik, elimiz ahilligiga koʻz tegmasin, deya duolar qilindi.

Suratlarda: Istiqlol MFYdagi jarayonlar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

DEHQONLAR UCHUN SINOVLI DAVR BOSHLANDI

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ilmiy tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

«Oxunboboyev» hududidagi «Abdunabiyev Iskandar» fermer xo‘jaligi dala maydonlarida o‘tgan seminarda «zang»ga qarshi kurashishning zamonaviy ilg‘or usullari mirishkorlarga tushuntirildi, ko‘rsatib berildi.

Bahoriy seryog‘in kunlar, ob-havoning o‘zgarib turishi bug‘doy poyasida «zang» kasalligi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Agar shu paytda muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasa, hosil nobud bo‘lishi xavfi mavjud. 

Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari kasallikni oldini olish, zararlangan maydonlarda unga qarshi kurashish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.

Seminarda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etdi.

😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

DEHQONLAR UCHUN SINOVLI DAVR BOSHLANDI

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ilmiy tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

«Oxunboboyev» hududidagi «Abdunabiyev Iskandar» fermer xo‘jaligi dala maydonlarida o‘tgan seminarda «zang»ga qarshi kurashishning zamonaviy ilg‘or usullari mirishkorlarga tushuntirildi, ko‘rsatib berildi.

Bahoriy seryog‘in kunlar, ob-havoning o‘zgarib turishi bug‘doy poyasida «zang» kasalligi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Agar shu paytda muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasa, hosil nobud bo‘lishi xavfi mavjud. 

Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari kasallikni oldini olish, zararlangan maydonlarda unga qarshi kurashish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.

Seminarda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|