PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтаётган видеоселектор йиғилишида қишга тайёргарликда йўл қўйилган камчиликларни ҳал этиш масалалари танқидий таҳлил қилинмоқда.
– Менга баландпарвоз гаплар ва рақамлар керак эмас. Жойлардаги раҳбарларнинг ишлари натижасига ижтимоий тармоқларда халқимиз ўзи холис баҳо бермоқда, – деди Шавкат Мирзиёев.
Энергия ресурслари таъминотини яхшилаш чоралари белгиланди, талон-тарожликларга қарши курашиш масалалари муҳокама қилинмоқда.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева проходит видеоселекторное совещание по вопросам устранения недостатков, допущенных при подготовке к зиме.
- Мне не нужны высокопарные слова и цифры. Наш народ сам в социальных сетях дает объективную оценку работе руководителей на местах, - сказал Шавкат Мирзиёев.
На совещании определяются меры по улучшению энергоснабжения, обсуждаются вопросы противодействия хищениям энергоресурсов.

#Mirziyoyev #videoselektor #qish #tahlil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Maktabgacha_ta'lim
#Tahlil

MAKTABGACHA TA'LIM: PISKENTDA QAMROV DARAJASI QANDAY?
#Maktabgacha_ta'lim
#Tahlil

MAKTABGACHA TA'LIM: PISKENTDA QAMROV DARAJASI QANDAY?

Farzandga tarbiya berish, avvalo, oiladan boshlanadi. Lekin bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassasalari ham muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan yurtimizda kelajagimiz egalarini maktabgacha ta’limga qamrab olishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratiladi.

Piskent tumanida 2021 yilga qadar bolalarning bog‘chaga qamrovi 57 foizni tashkil etar edi. 2021 yil davomida 3 ta davlat va 15 ta oilaviy bog‘cha qurildi. 2022 yilda esa 4 ta davlat muassasasi va 2 ta oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida bog‘chalar foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda Piskent tumanida 7079 nafar bog‘cha yoshidagi bola bo‘lib, ularning 4349 nafari maktabgacha ta’limga qatnaydi. Muassasalarda bolajonlar ta'lim-tarbiya olishi uchun zarur barcha shart-sharoit yaratilgan.

Bundan tashqari, ayni vaqtda Oybek mahallasida 90 o‘rinli, Taraqqiyot mahallasida 150 o‘rinli, G‘ayrat mahallasida 120 o‘rinli, Zominovul mahallasida 90 o‘rinli davlat muassasalari qurilishi davom etmoqda.

Sohada tadbirkorlar ulushining ortishi va oilaviy bog‘chalar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim tizimida raqobat muhitini yaratib, rivojlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tumanda mavjud 47 ta bog‘chaning 21 tasi davlat, 23 tasi oilaviy hamda 3 tasini davlat xususiy sheriklik asosidagi muassasalar tashkil etadi. Olis mahallardan bo‘lgan Oqtom mahallasida tadbirkorlar Rohila Soliyeva 25 o‘rinli, Sanobar Ibragimova 50 o‘rinli, Ko‘lota mahallasida Sanobar Manazarova 100 o‘rinli, Chimqo‘rg‘on mahallasida Manzura Darmonova 100 o‘rinli bog‘chalarning qurilishida tashabbus ko‘rsatishgan.Hozirда qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Natijada 2022 yil yakuniga qadar bolalarning bog‘chaga qamrovi 75 foizdan ortadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tahlil

Piskent tumanida joriy yil boshidan “Onlayn mahalla” platformasi orqali jami qiymati 31 mlrd 363 mln so‘m bo‘lgan 939 ta loyiha uchun arizalar kelib tushgan.

- Hokim yordamchilari tomonidan qiymati 13 mlrd 298 mln so‘m bo‘lgan 402 ta loyihaga ijobiy tavsiyanomalar berilgan.

- 254 ta loyihaga 7 mlrd 126 mln so‘m kredit ajratilgan.

Shundan
- 15 tasi xotin-qizlar uchun - 357 mln so‘m

- 100 tasi yoshlar uchun 2 mlrd 830 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan.


Suratda: Piskent tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi